1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli



Yüklə 64,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix22.03.2024
ölçüsü64,3 Kb.
#168877
1   2   3   4   5   6
1-Mavzu

Universiallik

ya‘ni konkret ob‘yektni modeli boshqa o’xshash ob‘yektlarga 
qo’llanishi uchun yetarli darajada universal bo’lishi kerak. Bu degani real ob‘yektni 
matematik modeli boshqa o’xshash ob‘yektlarga juda kam o’zgartirishlar orqali 
qo’llash uchun yetarli darajada umumiy bo’lishi kerak. 
2.
Kompaktlik

Model shunday qurilishi kerakki, uni deyarli o’zgartirishsiz 
o’zidan yuqori darajali modelga model osti sifatida kiritish mumkin bo’lsin. Masalan, 
daraxtni matematik modeli o’rmon ekosistemasi modelining bir bloki sifatida 
qo’llanilishi. Fotosintez jarayonining matematik modeli daraxt matematik modelini 
bir bloki sifatida ishlatilishi mumkin bo’lsin. 
3.
Soddalik. 
Ya‘ni, matematik modelni qurishda ikkinchi, uchinchi darajali 
faktorlar hisobga olinmasligi lozim. Bu faktorlarni hisobga olish matematik modelni 
murakkablashtiradi. Misol: epidemiyani tarqalishi jarayoni matematik modelida 
shamol tezligini hisobga olish modelni ancha murakkablashtiradi. Ammo atrof – 
muhitni ekologiyasini o’rganishda shamol tezligini va yo’nalishini hisobga olmaslik 
mumkin emas. Suv quvuridagi suvni harakatini o’rganayotganda oyning tortishish 
kuchini hisobga olmasa ham bo’ladi. Ammo, dengiz va okeanlardagi suv toshqinlarini 
o’rganayotganda oyning tortishish kuchini albatta hisobga olish lozim. Bu toshqinlar 
oyning tortishi natijasidir. 
4.
Sezgirlik darajasi 
past bo’lishi lozim. Matematik modelni qurishda hisobga 
olinishi zarur bo’lgan asosiy faktorlarga nisbatan modelni sezgirlik darajasi past 
bo’lishi lozim. Ya‘ni real ob‘yektni o’rganayotgan paytda o’lchashlar ko’p hollarda 
xatolik bilan bajariladi. Ayrim hollarda modelda ishtirok etayotgan asosiy faktorni 


aniq o’lchashni imkoni bo’lmaydi. Masalan, ob – havoni bashorat qilish haligacha 
taxminiy, paxta maydonidagi hashoratlar sonini aniq o’lchash mumkin emas. 
Agar matematik modellar hisobga olinayotgan faktorlarni qiymatini o’lchashda 
yo’l qo’yilgan xatoliklarga nisbatan sezgir bo’lsa, ushbu matematik model 
mukammal bo’lmaydi, Ya‘ni hech qachon bu model orqali o’rganilayotgan ob‘yekt 
to’g’risida qoniqarli natijalar olib bo’lmaydi. Shu sababli hisobga olinayotgan 
faktorlarga nisbatan matematik model qo’pol bo’lishi, Ya‘ni faktorlarning qiymatiga 
sezgir bo’lmasligi kerak. Ammo, bu talab faqatgina tabiiy jarayonlar uchungina 
o’rinli. Ishlab chiqarishda yoki texnologik jarayonlarda bu talab o’rinli emas. 
Masalan, avtomobil ishlab chiqarilishda. 
5.

Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə