1-Mavzu: Model va modellashtirish tushunchalari. Bilish jarayonida va insonning amaliy faoliyatida modellashtirishning roli


Model va jarayon orasidagi muvofiqlik



Yüklə 64,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix22.03.2024
ölçüsü64,3 Kb.
#168877
1   2   3   4   5   6
1-Mavzu

Model va jarayon orasidagi muvofiqlik

Ma‘lumki, model o’rganilayotgan 
jarayonning sodda ko’rinishidir. Model hamma vaqt real jarayondan farq qiladi. 
Matematik modellashtirish boshqa modellashtirishlarga nisbatan ustunliklarga ega 
bo’lsada, hech qachon jarayonni to’la akslantira olmaydi. 
Matematik model va uning real jarayon orasidagi muvofiqlik deyilganda jarayon 
va uning matematik modeli dinamikalarining sifat jihatdan o’xshashligi va yaqinligi 
tushuniladi. 
Agar jarayon va uning matematik modelining dinamikalari orasida o’xshashlik, 
ya‘ni muvofiqlik bo’lmasa, bu muvofiqlikni o’rnatishning bir nechta usuli mavjud: 
1.
Matematik modelda ishtirok etayotgan o’zgarmas kattaliklarni qaytadan baholash. 
2.
Matematik modelni yozishda qabul qilingan ishchi gipotezalarni qaytadan ko’rib 
chiqish. 
3.
Real jarayon haqida qo’shimcha ma‘lumotlar yig’ish. 
4.
Yangi yig’ilgan ma‘lumotlar asosida modelni qaytadan ko’rib chiqish. 
Jarayon va uning matematik modeli dinamikalari sifat jihatdan o’xshash bo’lib, 
miqdor jihatdan farqli bo’lsa, u holda muvofiqlashtirishning birinchi usulidan 
foydalanish lozim. Aks holda muvofiqlashtirishning 2-4 usullarning har biridan ayrim 
– ayrim foydalanish kerak. Qaysi biridan foydalanish jarayon va uning modeli 
dinamikasini farq qilish darajasiga bog’liq. 
Matematik modelni real jarayonga muvofiqlashtirish ko’p hollarda real jarayonga 
nisbatan o’tkazilgan tajriba, eksperiment natijalaridan foydalaniladi va bu natijalar bir 
necha marta solishtiriladi. Bu jarayon matematik model real jarayonga yetarli 
darajadagi aniqlikda yaqinlashgancha davom ettiriladi. 
Kompyuter vositasida modellashtirish maqsadlari va asosiy qadamlari tahlilini 
ko’rib chiqamiz. Buning uchun hisoblash eksperimenti va modelni o’z ichiga olgan 
kompyuter vositasida modellashtirish jarayoni tadqiq qilinadi va u quyidagi 


sxemada keltiriladi (rasm 1.1.). 
Boshlang’ich qadam – modellashtirishning maqsadlarini aniqlash [8]: 

Yüklə 64,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə