Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash. Ma’ruza maqsadi: Yig’malar ta'rifi, tasnifi, yig’malar tеxnologiyasining o’ziga xos tomonlarini o’rganish, sifatini baxolashni o’rganish



Yüklə 34,39 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü34,39 Kb.
#109705
  1   2
Yig


Yig‘malarning tayyorlanish texnologiyasi, sifatini baholash.
Ma’ruza maqsadi: Yig’malar ta'rifi, tasnifi, yig’malar tеxnologiyasining o’ziga xos tomonlarini o’rganish, sifatini baxolashni o’rganish. Reja:

  1. Yig’malar xaraktеristikasi va tasnifi.

  2. Yig’malarga rеtsеpt yozish qoidalari.

  3. Yig’malar tayyorlashning tеxnologik bosqichlari. 4. Yig’malarning xususiy tеxnologiya.

5. Yig’malarning sifatini baxolash.
Tayanch atama va iboralar: Yig’ma, brikеt, o’simlik xom ashyosi, dozalangan Yig’malar, dozalanmagan Yig’malar, oddiy va murakkab Yig’malar, maydalash, elash, aralashtirish, qadoqlash, jixozlash.

Dorivor yig’malar(Species)


Qadimgi dori turlariga kiradigan, dorivor o’simliklarning ishlatishni eng oddiy shakli bo’lgan dori turidir. Dorivor yig’malar ma'lum bir kasallikni davolashga mo’ljallangan bir nеchta dorivor o’simliklarni yirik maydalangan mahsulotlarining aralashmasidir. Yig’malar-bir nеchta o’simliklarning maydalangan, ba'zan butun o’simlik maxsulotlaridan yig’ilgan aralashmalar bo’lib, ba'zan o’z tarkibida tuzlar va efir moylari saqlaydi, dorixonada dori vositasi sifatida ishlatiladi.
Yig’ma “Species” lotinchadan olingan so’z bo’lib, “avlod”, “tur” (aniq bir turdagi o’simlik еki turli xil o’simliklar aralashmasidan ) tashkil topgan. Yig’malar ichish va tashqi ishlatish uchun mo’ljallangan, turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.
Qadimdan ishlatilib kеlgan yig’malar, DFning VIII sonida uchta yig’ma tarkibi kеltirilgan: ich yumshatuvchi yig’ma (species laxantes), ko’krak yig’masi (species pectoralis), bronxial astmaga qarshi yig’ma (pulvis antiasthmaticus), DFning IX va X sonida fakat astmaga qarshi yig’ma tarkibi kiritilgan.
Oldinlari yig’malar faqat dorixona sharoitida tayyorlangan bo’lsa, hozirgi kunda qisman korxona sharoitida ham ishlab chiqariladi.
Qirqilgan yoki maydalangan dorivor o‘simliklar qismlari (ildizi, ildizpoyasi, yer ustki qismlari — poyasi, guli, mevasi va hokazolar)ning aralashmasi yig‘malar (to‘plamlar) deb ataladi. Yig‘malar tarkibiga har xil tuzlar va efir moylari va boshqa moddalarni kiritish maqsadga muvofiq. Disperslik tasnifiga ko‘ra, yig‘malar dispers muhitsiz, har tomonlama erkin dispers sistemalarga kiradi, kukun- lardan farqli o‘laroq, ular yirik zarrachalardan iborat. Yig‘- malar juda qadimdan qo‘llanib kelingan dori turi bo‘lib, uy sharoitida ulardan turli xil choylar tayyorlanishi mumkin, ular siydik haydovchi, o‘t haydovchi, ich surishiga qarshi, isitma tushiruvchi dori vositalari sifatida qo’llash tavsiya etiladi. Yig‘malar tugallanmagan dori turiga kiradi, chunki bemor ularni dorixonadan olgach, shifokor ko‘rsatmasiga asosan ichish, chayqash va vanna qilish uchun damlama yoki qaynatma tayyorlaydi, og‘riq qoldirish maqsadida yig‘mani qizdirib qo‘yadi. Yig‘malar retseptda dozalarga bo‘linmagan holda yoziladi. Ularni bemor uyda dozalarga bo‘lib oladi. Shuning uchun yig‘malar tarkibiga zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar qo‘shilmaydi.1
Yig‘malar ichishga va sirtga qo‘llanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ichiladigan yig‘malar «choylar» deb ataladi. Yig‘malar qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajrati organiladi.

  1. Qizdirib qo‘yish uchun beriladigan yig‘malar (Species ad captaplasma). Bunda yig‘malarni bemor issiq suv bilan qorishtirib, bo‘tqa tayyorlaydi va toza surpga o‘rab, og‘- riyotgan joyga qo’yiladi.

  2. Quruq qizdirish yo‘li bilan ishlatiladigan yig‘malar (Sp. ad fomenta seu sacculi medicati). Bunda yig‘malarni surp va xaltachada o‘rtacha qizdirib, og‘riyotgan joyga qo’yiladi.

  3. Damlama va qaynatma uchun belgilangan yig‘malar (Species ad infusum seu decoctum), bu yig‘malardan bemor uyda shifokorlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha damlama yoki qaynatma tayyorlaydi. Ular ichiladi, ba’zan og‘iz, tomoq chayqaladi (Species pro qarqarisma);

  4. Chekish uchun beriladigan yig‘malar (Species fumales Cigarettae). Bunda chekish vaqtida tutunning ajralib chiqib nafas yo‘li orqali bevosita o‘pkaga ta’sir etishi hisobga olingan. Yig‘malar tutaganda ajralib chiqqan uchuvchan dori moddalar nafas yo‘li retseptorlariga ta’sir ko‘rsatadi. Bu yig‘malar yupqa qog‘ozga papiros yoki sigareta shaklida o‘rab beriladi. Yig‘malar o‘ralgan qog‘oz kraxmaldan tayyorlangan yelim bilan yopishtiriladi. Yig‘malarning tutashini tezlatish maqsadida natriy nitrat tarkibga kiritiladi.

Yig‘malar tarkibiga dorivor o‘simliklarning qismlaridan quyidagilar kiritiladi: butun holda — mayda gullar va gul savatchalari (masalan, bo‘yimodaron, moychechak, mar- jongul va boshqalar), ayrim urug‘lar va rezavorlar qirqib elangan holda — barcha ildiz va ildizpoyalar, po‘stloq, o‘tlar, yirik barglar va ayrim gullar (lipa guli), yanchilgan, maydalangan mevalar, urug‘lar va ayrim mo‘rt barglar. O‘simlik mahsulotining maydalanish darajasi qo‘llanilishiga ko‘ra yig‘ma turiga bog‘liq. Ichish va og‘izni chayish uchun damlama va qaynatmalarni tayyorlash uchun yig‘ma va choylar tarkibiga kiradigan o‘simlik qismlarining maydaligi, bargi, guli va yer ustki qismlarining kattaligi — 5 mm, poyasi, po‘stlog‘i va ildizlari — 3 mm.dan ortiq bo‘lmasligi kerak, meva urug‘lar — 0,5 mm bo‘ladi. Vanna qilish va qizdirib qo‘yish uchun ishlatiladigan yig‘malar tarkibiga kirgan o‘simlik xomashyolarning kesilgan bo‘lakchalarining kattaligi 2 mm. dan oshmasligi kerak. Tayyorlanadigan yig‘malarning maydayirikligi X DF bo‘yicha bir necha elaklar to‘plamidan foydalanib aniqlanadi. O‘sim- lik qismlarini maydalayotganda ma’lum miqdori kukun bo‘lib ketadi. Shu boisdan yig‘malar tayyorlashdan oldin mahsulot ko‘zining diametri 0,2 mm.li elakda elanadi. Yig‘malar tayyorlashda asosiy qiyinchilik — tarkibiy qismlarni bir xilda aralashtirish bo‘lib, o‘simlik qismlarining shakli, kattaligi va og‘irligining har xilligi ushbu qiyin- chilikni tug‘diradi. Dorixonalarda yig‘malar katta silliq qog‘oz yoki oyna ustida kapsulaturkalar, shpatellar yoki qog‘oz kurakchalar yordamida aralashtirib tayyorlanadi. Bunda oldin o‘simlik qismlaridan kamrog‘i olinib, qolgani asta-sekin qo‘shib boriladi. Agar yig‘malar tarkibiga efir moylari kirsa, ularning spirtdagi (90 % li) eritmasini (1:10) tayyorlab qo‘shiladi. Yig‘mani tayyorlab, oyna ustiga siyrak qilib yoyib, efir moyi eritmasi purkagich bilan purkab, aralashtiriladi va 40°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda quritiladi.

Yüklə 34,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə