Yilarda o’zbekistondagi vaziyat Reja


Muammoning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 5,79 Mb.
səhifə2/7
tarix27.09.2023
ölçüsü5,79 Mb.
#124278
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekistonda sovet

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Mavzuga doir adabiyotlarni xronologik jihatdan quyidagi ikki guruxga ajratish mumkin. 1. Sovet xukmronligi davrida chop etilgan adabiyotlar. 2. Mustaqillik davrida yaratilgan adabiyotlar.Birinchi guruxga kiruvchi adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistondagi 1920-1930 yillardagi aholini ko‘chirish siyosati mavzusi sovetlar davrida alohida tadqiqot obyekti bo‘lmagan bo‘lsada, yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, irrigatsiya qurilishi, paxtachilik, kolxozlashtirish tarixi bilan o‘zviy bog‘liqligi tufayli ana shunday jarayonlarni yoritib beruvchi asarlarning ayrimlarida bu masala eslatib o‘tilgan.Aholini ko‘chirish siyosati haqidagi dastlabki ma’lumotlarni 1925-41-yillar oralig‘ida e’lon qilingan qonun xujjatlaridan, gazeta va jurnallardagi chaqiriq-tashviqot xarakteridagi maqolalardan olish mumkin. Eng avvalo, Y.Oxunboboyev, A.Ikromov, F.Xo‘jayev kabi partiya va davlat arboblarining nutqlari, risolalarida1 aholini ko‘chirish masalasi u yoki bu darajada aks etgan. Mualliflar aholini ko‘chirish tadbirlarini amalga oshirishda bevosita ishtirok etganliklari sababli, ularning bergan ma’lumotlari targ‘ibot hamda axborot xususiyatiga ega bo‘lgan. Umuman olganda, XX asr 20-30 yillarida yangi yerlarning o‘zlashtirilishi, aholi zich joylashgan hududlardan dehqon xo‘jaliklarning aholi siyrak joylarga ko‘chirilishi, paxtachilikni rivojlantirish ijobiy jarayon sifatida talqin qilingan, aholini ko‘chirish siyosati va amaliyoti kommunistik partiya va sovet davlati qo‘llagan ijobiy tadbirlar qatoriga kiritilgan. Ushbu bilan bir qatorda, Mazkur jarayonning salbiy jihatlari bo’lganmi, bu haqda sovet tarixshunosligi sukut saqlagan.Bu davrda nashr etilgan xujjatlar to’plamlarida ham aholini ko‘chirish siyosatiga taalluqli ayrim xujjatlar uchraydi. Masalan, xujjatlar to’plamlarining biridan 1928 yil 15 dekabrda SSSR Markaziy Ijroiya Komitetining 1V-chaqiriq 4-sessiyasida qabul qilingan "Yer tuzish va yerdan foydalanishning umumiy asoslari haqida"gi qarori joy olgan. Uning 4-bandida aholini ko‘chirish siyosatining maqsad va vazifalari, ko‘chirish tadbirlarining tashkiliy jihatlari, ko‘chirilganlarga beriladigan imtiyozlar, ularga yer ajratib berish tartibi va meyori ko‘rsatilgan.Boshqa bir xujjatlar to’plamidan esa, "Paxtakorlar ustidan to‘qima-chilarning otaliq ishlariga yordam ko‘rsatish komitetining bahorgi ekish kampaniyalari davrida otaliq ishlari olib borish usullari haqida" deb nomlangan 1930 yil 6 yanvardagi qarori o‘rin olgan. Unda ko‘chirish rayonlari yo’nalishi bo’yicha 100 ta yordamchi yuborilsin deyilgan, biroq ko‘chirish rayonlari nimadan iborat ekanligi haqida hech narsa aytilmagan."
O.B.Jamolov tahriri ostidagi xujjatlar to’plamida 1927 yil 8-10 oktabrdagi "Qishloqlar va ovullar masalasi haqida"gi VKP(b) Markaziy Komiteti O’rta Osiyo byurosi qarorining xulosa qismida agrar zichlikni tugallash maqsadida olib borilayotgan tadbirlar tizimida yangi yerlarning o‘zlashtirilishi hayotiy zarurat ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan1 .
Aholini ko‘chirish siyosatiga taaluqli bu kabi hujjatlar sovet davrida biron bir tadqiqotchining e’tiborini tortmagan hamda kelgusidagi kengaytirilgan tadqiqotlarga sabab bo‘lmagan.O‘zbekistondagi aholini ko‘chirish sovetlarning umumittifoq aholini ko‘chirish siyosatini tahlil etishga bag‘ishlangan 1950-1980 yillar oraligida yaratilgan qator asarlari ham qoniqarli yoritilmagan. Bunday tadqiqotlar jumlasiga N.Vishnevskiy, V.Yepanshikov, A.I.Volkov, I.V.Pavlov, D.I.Shindjikashvili, A.A.Tverdov, N.I.Platunov asarlarini kiritish mumkin2. Kommunistik mafkura ruxida yaratilgan Mazkur risolalarda sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati umumiy tarzda ko‘rib chiqilgan, ayrim respublikalardagi, xususan, O‘zbekistondagi aholini ko‘chirish jarayoni ularda deyarli aks etmagan. Shunga qaramay, ushbu asarlar ilmiy-nazariy ahamiyatga ega bo’lib, O‘zbekistondagi sovetlarning aholini ko‘chirish siyosatini o‘rganishga yordam beradi.N.Vishnevskiy va V.Yepanshikovlarning hammualliflikdagi risolasi qishloq xujalik banki xodimlariga, ko‘chiriladigan aholini moliyalashtirish, kredit bilan ta’minlash, ularning xujalikni tashkil etish ishlariga yordam berish bilan shug’ullanadigan xodimlar uchun muljallangan bo’lib, unda ko‘chirish tadbirlarini moliyalashtirish, kredit bilan ta’minlash, tasarruf etiladigan mablag’ni nazorat qilish shartlari va tartiblari zikr etilgan.A.I.Volkov, I.V.Pavlovlarning asarida aholini ko‘chirish siyosatining maqsad va vazifalari, asosiy tamoyillari, aholini ko‘chirish tadbirlarini rejalashtirish, moliyalashtirish va kreditlar bilan ta’minlash, ko‘chiriluvchilarni saralash va rasmiylashtirish, ular uchun belgilangan imtiyozlar, ko‘chiriluv-chilarning xo’jalik yuritishlari uchun davlat tomonidan ko‘rsatiladigan yor-damlar, tabiiy ofat yuz bergan hollarda ularga kompensatsiya to’lash shartlari va tartiblari xususida so‘z boradi. Ushbu asarda 1930 yil 28 mayda O‘zSSR MIQ va XKS tomonidan qabul qilingan "Ko‘chiriluvchi xo’jaliklar va ko‘chirish kolxozlarini* mustahkamlash chora tadbirlari hamda ko‘chirish fondlarini* to’la o‘zlashtirish to‘g‘risida" deb nomlangan qarorning mazmuni keltirilgan. O‘zbekistondagi ko‘chirish kolxozlarining tarkibiga boy-quloq, xujaliklarning suqilib kirish holatlari, ularni kolxozlardan chiqarib tashlash va qarzlarini undirib olish kerakligi masalalari kun tartibiga qo‘yilgan.
A.A.Tverdovning risolasida ko‘chiriladigan aholi uchun belgilangan imtiyozlar, ko‘chirish kolxozlariga tegishli ko’chmas mulklarni topshirish tartiblari, ko‘chirilganlarni boshpana bilan ta’minlash kabi masalalar yoritilganS.I.Platunovning tadqiqot ishida ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davrdagi sovetlarning aholini ko‘chirish siyosatini kompleks ravishda yoritishga harakat qilingan. Jumladan, tadqiqotda qadimdan chorvachilik bilan shug’ullanib kelgan O’rta Osiyo va Qozog’iston xalqlarining o’troq hayot tarziga o’tishlari, Mirzachulni o‘zlashtirishga qo‘shgan xissasi to‘g‘risida e’tiborli ma’lumotlar qayd etiladiTanlangan mavzuning tarixshunosligi shuni ko‘rsatadiki, aholining ko‘chirilishi tarixi sovet davlati va jamiyati tarixining ajralmas tarkibiy qismi bo’lsada, sovet davrida yaratilgan bironbir tadqiqot ishida O‘zbekistonda amalga oshirilgan sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati tarixi ilmiy jihatdan o‘rganilmaganIkkinchi guruxga kiruvchi adabiyotlarni mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy nashrlar tashkil etadi. Istiqlol yillarida XX asrning ikkinchi choragida O‘zbekistonda agrar sohada yuz bergan o‘zgarishlarni xolisona tahlil kilib beruvchi yangi konseptual-metodologik tamoyillarga asoslanib yozilgan tadqiqotlar yaratildi.
Ammo bunday tadqiqotlarda yer-suv isloxoti, kollektivlashtirish quloqlashtirish, surgun jarayonlari mohiyatini yanada chuqurroq tushunib yetishga yordam beradigan aholini ko‘chirish siyosati e’tibordan chetda qolaverdi. Masalaning ayrim jihatlarigina ba’zi asarlarda tilga olingan.Qatag’on yillarida O‘zbek qishlog’ining ayanchli qismatini ro’yi-rost ochib ko‘rsatishga bag‘ishlangan R.T.Shamsutdinovning asarida 1929-30-yillarda birgina Andijon okrugidan 6820 ta xo’jalikning boshqa hududlarga ko‘chirilganligi, shundan 1500 ta xo’jalikning Ozarbayjon va Tojikiston respublnkalariga ko‘chirilganligi, ko‘chirilganlarning Yangi yerlarda og’ir ahvolda qolib yana avvalgi yashash joylariga ko’chib kelganliklari hamda ularga nisbatan jazo choralari qo‘llanilganligi haqida ma’lumot berilgan.M.Abdullayev va Sh.Asqarovlarning hammualliflikdagi maqolasida aholini ko‘chirish siyosatini alohida ilmiy muammo sifatida o‘rganishga harakat qilingan. Maqolada dehqon xo’jaliklarining Farg’ona vodiysi rayonlaridan Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Tojikiston ASSR, Kavkaz ortiga ko‘chirilishi, aholini ko‘chirish siyosatining huquqiy-meyoriy asoslari, mexanizmi, oqibatlari masalasi qisqacha yoritilgan.Shunday qilib, mustakillik davri ilmiy nashrlarida sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari masalasi haqida uning barcha jihat va muammolarini o‘zida aks ettiruvchi yaxlit ilmiy tadqiqot hanuzgacha yaratilmadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlardan qo‘yidagi xulosalarga kelish mumkin:
• sovet davlatining aholini ko‘chirish siyosati va amaliyoti masalasi O‘zbekiston misolida bugunga qadar maxsus tadqiqot obyekti bo’lmagan
• tadqiqot mustaqillik yillarida O‘zbek dexqonlarining totalitar o’tmishdagi taqdiri to‘g‘risidagi tarixiy haqiqatni tiklash imkonini beradiBMIning maqsad va vazifalari. Muammoning ilmiy-nazari dolzarbligi, uning o‘rganilganlik darajasidan kelib chiqqan holda hozirga qadar ilmiy iste’molga kiritilmagan xujjatlar asosida milliy istiqlol mafkurasiga tayanib, XX asrning ikkinchi choragida O‘zbekistonda amalga oshirilgan sovetlarning aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish, tahlil etishdan iborat maqsad belgilandi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:

Yüklə 5,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə