Yilarda o’zbekistondagi vaziyat Reja


-1941-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholini ko‘chirish



Yüklə 5,79 Mb.
səhifə3/7
tarix27.09.2023
ölçüsü5,79 Mb.
#124278
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekistonda sovet

1.1925-1941-yillarda O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholini ko‘chirish


O‘zbekistonda sovetlarning aholini ko‘chirish siyosatidan ko‘zlan-gan maqsadi mustamlakachilik mohiyatini ochib berish;

  • aholini ko‘chirish tadbirlarining huquqiy-meyoriy asoslari, mexa-nizmi yo‘nalishlari, bosqichlari, ko‘lami va o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish;

  • ko‘chirilganlar hayoti va mehnat faoliyatini, ularning taqdiriii manbalar asosida yoritish;

  • aholini ko‘chirish siyosatinins ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy oqibatlarini ilmiy tahlil qilish;

  • mavzuga oid manbalarni o‘rganish va tahlil etish natijasida tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalar berish.

Ilmiy bilishning dialektik uslubi hamda milliy istiqlol mafkurasi va milliy g’oyaning tayanch tamoyillari ishning nazariy va uslubiy asoslarini tashkil etadi.Ishning metodologiyasi va majmuasini ishlab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida, nutq va maqolalarida ilgari surilgan g’oya va fikrlar, konseptual ko‘rsatmalar muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Voqea hodisalarni xolisona tahlil qilish, ilmiylik, tarixiylik kabi tamoyillar ham tadqiqotning metodologik asosida yetakchi urin egalladi. Ularda tarixiy xotirani tiklash va yangi tarixni yaratish konsepsiyasi ishlab chiqilgan, sovet rejimining mustamlakachilik xarakteri ochib berilgan. Shuningdek, tanlangan mavzuni ochib berishda tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimlilik, sivilizatsiyey yondashuv usullari muhim rol o’ynadi. avvalo, sovetlarning O‘zbekistonda aholini ko‘chirish siyosatining kelib chiqish sabablari, mazmun-mohiyati, amalga oshirilishi va ijtimoiy oqibatlari milliy tarixshunoslikda tadqiq qilinayotgani bilan belgilanadi. Ishda sovet rejimining aholini o‘zlashtirilmagan hududlarga ixtiyoriy-majburiy ko‘chirish siyosatini tadqiq etish orqali sovetlar davri tarixining yana bir o‘rganilmagan sahifasi yangi ma’lumotlar asosida yoritilggan.
faktik materiallar ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida sovet davri bo‘yicha yangi tadqiqotlar olib borish uchun ma’lumotlar zaxirasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Malakaviy ish natijalaridan eng avvalo, oliy o‘quv yurti talabalari, magistrantlari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga ijtimoiy-gumanitar sohalarda ma’ruza o‘qishda va maxsus kurslar olib borishda, viloyatlardagi o’lkashunoslik muzeylari fondlarini yangi materiallar bilan boyitishda keng foydalanish mumkin.
.

Yangi yerlarni o‘zlashtirish, paxta mustaqilligini ta’minlash, demografik keskinlikni yumshatishga qaratilgan aholini ko‘chirish siyosati g‘oyasi Rossiya imperiyasi davridayoq vujudga kelgan edi, ammo uni ro’yobga chiqarish ulkan sarf-xarajatlar bilan bog‘liqligi tufayli amalga oshmadi. Oktabr to‘ntarishidan so‘ng bir qator sohalarda o‘zini avvalgi tuzumning vorisi sifatida namoyon etgan sovet hukumati ushbu g‘oyani amalga oshirish maqsadida aholini zichligi yuqori bo‘lgan hududlardan yangi yerlarga ommaviy ravishda ko‘chirishni, ularning mehnati hisobiga o’sha yerlarni o‘zlashtirishni rejalashtirdi. Unga ko‘ra Samarqand, Toshkent viloyatlaridan, Farg‘ona vodiysidan 1925 yildagi hisob-kitobga ko‘ra ortiqcha hisoblangan 53.3 foiz aholini ko‘chirish kerak edi. Aholi zichligi yo’qori, yer yetishmovchiligi muammosi o‘tkir bo‘lgan hududlar orasida Farg‘ona vodiysi birinchi o’rinda turgan. Shu bois, ko‘chirish siyosatiga ko‘proq vodiy aholisi tortilganligi aniqlangan. Farg‘ona aholisining ko‘chirish siyosatida tutgan yana bir alohida va muhum o’rni bor ediki, bu uning paxta mustaqilligini ta’minlash uchun nihoyatda zarur dehqonchilik, jumladan, paxtachilikda katta tajribaga ega ekanligi bilan bog‘liq edi, Farg’ona vodiysi aholisi ko‘chirish fondlarida tub aholiga bu borada ustoz bo‘lishlari ko‘zda tutilgan.


"Meros" xalqaro ilmiy-amaliy ekspeditsiya xayriya jamg‘armasi tomonidan 2004 va 2008 yillarda Jizzax, Samarqand, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari bo‘ylab ilmiy safar uyushtirildi, vodiyliklar aholini ko‘chirish. siyosati davomida barpo kilgan bir qator qishloqlar aniqlandi.1 Tub aholi "farg‘onachilar" deb nom bergan vodiyliklar bu yerga sovet hukumati tomonidan ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda "paxta ustozi", "paxta ustasi", yoki "tajribakorlar" sifatida ko‘chirib keltirilganliklari haqida ma’lumot berdilar.
Aholini ko‘chirish siyosati natijasida hal etiladigan masalalardan yana biri respublikadagi qirg‘iz, qozoq, turkmanlarning ko‘chmanchi qismini o’troqlashtirish masalasi bo‘lgan. Shuningdek, aholini ko‘chirish siyosati davomida kolxozlarning sonini ko‘paytirish orqali kollektivlashtirish siyosatini amalga oshirilishiga ham ko‘maklashish rejalashtirilgan edi.
Aholini ko‘chirish siyosatiga 1925 yil 10 apreldagi «SSSR MIQ qoshida Butunittifoq Ko‘chirish Qo‘mitasini tashkil etish haqida»gi SSSR MIK Prezidiumi qarori hamda 1927 yil 21 fevraldagi O‘zSSR MIQ va XKSning «O‘zSSRda aholini ko‘chirishni respublika bo’ylab rejali o‘tkazilishi haqida»gi qarori asos bo‘lgan. Bu qarorlarda Butunittifoq Ko‘chirish Komitetining funksiyalari va uning O‘zbekistondagi aholini ko‘chirish buyicha vazifalari, maqsadlari va ko‘chiriladigan xo‘jaliklar uchun imtiyozlar belgilab beriladi. O‘zbekistonda aholini ko‘chirish ishlari Yer ishlari xalq komissarligi, uning qoshidagi ko‘chirish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘chirish tadbirlariga bevosita rahbarlik O‘zSSR MIK raisi Yo‘ldosh Oxunboboyev zimmasiga yuklatiladi.
"Meros" jamg‘armasi ekspeditsiyasining Surxondaryoga safari chog‘ida o’sha yerda turg‘un bo‘lib yashab qolgan vodiyliklarning "bizni Oxun­boboyev ko‘chirgan", degan fikrni aytganliklari ham buning ifodasidir.Rejalilik, ixtiyoriylik, tashkiliylik, ko‘chirilganlarga imtiyozlar berish, aholini ko‘chirishda milliy, xo‘jalik turmush shart-sharoitlarini hisobga olish kabi qoida tamoyillar aholiii ko‘chirish siyosatiga asos qilib olinadi.
Aholini ko‘chirish ishlari uch bosqichda amalga oshirilgan. Birinchi bosqich 1926-1928 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda aholini ko‘chirishning huquqiy negizi va mexanizmi yaratiladi, aholi, asosan, o‘zlari yashaydigan okruglar ichkarisidagi bo‘sh yerlarga ko‘chiriladi. Ikkinchi bosqich 1929-32 yillarni tashkil etadi. 1929 yildan respublikaning okruglari aro hamda respublika tashqarisiga ommaviy ravishda aholini ko‘chirishlar boshlandi. Uchinchi bosqich 1932 yildan keyingi yillar bo‘lib aholini ko‘chirish siyosati avvalgi tartib va yo‘nalishlarda davom etadi.Xullas, XX asrning ikkinchi choragida O‘zbekistonda amalga oshirilgan aholini ko‘chirish alohida siyosat bo‘lgan. Uning ittifoqdosh respublikalardagi ko‘chirish siyosatidan farqli tomonlari bo‘lgan. Ular bu siyosatning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan. Aholini ko‘chirish siyosatining dastlabki bosqichida uning huquqiy-meyoriy asoslari va mexanizmi yaratilgan. Ko‘chirish ishlari O‘zbekistan SSR Yer ishlari xalq komissarligi va okruglardagi ko‘chirish bulimlari tomonidan amalga oshirilgan. Ko‘chirish shartlari va tartiblariga ko‘ra, birinchi navbatda zichlik yuqori bo‘lgan Farg‘ona vodiysidan tashkiliy ravishda aholining ko‘chirilishi boshlangan. Aholini ko‘chirish siyosati davomida uning dinamikasida o‘zgarishlar ruy berdi.1 Birinchi bosqichda aholini ko‘chirish siyosati kichik xajmda amalga oshirilgan. Ikkinchi bosqich esa aholini ko‘chirish siyosatining eng shiddatli davri hisoblanadi. Bu davrda aholini ko‘chirish jarayoni o‘zining yuqori nuqtasiga ko‘tarilgan. Uchinchi bos­qichda ham aholini ko‘chirish tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Lekin vaqt o‘tishi bilai sekin-asta o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradi. Shunday qilib, aholini ko’chirish siyosati O’zbekistonda sobiq ittifoq manfaatlaridan kelib chiqib o’zlashtirilmagan hududlarni xo’jalik muomilasiga kiritish maqsadlarini o’z oldiga qo’ygan edi.


  1. Yüklə 5,79 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə