3-sinf ona tili Mavzu: Sifat so’z turkumi Darsning maqsadi



Yüklə 22,42 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü22,42 Kb.
#167954
3 sinf ona tili dars ishlanma. sifat





O‘zbekiston Respublikasi
Xalq ta’limi vazirligi
Namangan viloyati
Norin tumani XTB ga qarashli
16- o‘rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Jo’rayeva Karimaning
3-sinf uchun
o na tili fanidan bir soatlik

3-sinf ona tili
Mavzu: Sifat so’z turkumi
Darsning maqsadi: O’quvchilarning yozma nutqini o’stirish

  1. Ta’limiy maqsad: Sifat so’z turkumi haqida bilimlar berish mohiyatini ochib berish

  2. Tarbiyaviy maqsad: Sifat so’z turkumiga qiziqishlarni kuchaytirish, so’z turkumiga hurmat ruhida tarbiyalash

  3. Rivojlantiruvchi maqsad:O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini rivojlantirish mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish

Dars uslubi: Tushintirish savol javob, ko’rsatmalilik
Dars jihoz: So’z turkumi haqida ko’rgazma,tarqatma,testlar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism A) Salomlashish
B)Tozalikka e’tibor berish
C) Davomatni aniqlash
O’tgan mavzuni so’rash
Ma’naviyat daqiqasi

  1. O’zbekiston Respublikamiz qachon mustaqillikka erishdi

2.Bu yil necha yilligini nishonladik
3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon tasdiqlangan
4.O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’I qachon tasdiqlangan va necha xil rangda
5.Yaqin qanday bayramni nishonladik
6.Febral oyida qanday bayramni kutib olamiz
O’quvchilar bugungi darsimizda musobaqa tarzida olib boramiz.O’quvchilar ikki guruhga bo’linamiz.1-guruh
“G’uncha” 2-guruh “ Boychechak” nomli bilan ataymiz.Ikkala guruh o’quvchilari bir-biriga savollar beriladi.
1.Gap deb nimaga aytiladi?
2.Gap bo’laklariga nimalar kiradi?
3.Gap tuzib bosh bo’laklarini aniqlang?
“ Boychechak “ guruhiga savollar

  1. Gapda so’zlar qanday bog’lanadi?

  2. Nutq deb nimaga aytiladi?

  3. Jarangli va jarangsiz undoshlarni ayting?

O’tilgan mavzuni mustahkamlashda har ikkala guruhlar bergan javoblarni aniqlab, qaysi guruh lo’nda javob berganini aytib izohli baholayman. G’olib guruhni e’lon qilaman.
Yangi mavzu: Sifat so’z turkumi 244-246-mashqlar Narsa va shaxs belgisini bildirgan so’zlar sifat deb ataladi. Sifat qanday? Qanaqa? So’rog’iga javob bo’ladi.
Masalan: qanday gul-qizil gul qanday bino- baland bino
244-mashq
Go’zal tabiat, oq, sariq,qizil gullar, mayin shamol, yoqimli ovoz, ko’rkam fasl.
245-mashq
Qorli tog’, keng vodiylar, kumush dalalar, yashil bog’lar,keng daryolar, bugun o’zgacha.
O’quvchilarga test tarqataman. Guruhlarga beraman.
.Zafar 1Diyor bolalarining sevimli shoiridir.
Ushbu gapdagi ot so’z turkumini toping.
a)sevimli
b)bolalarning
c) Zafar Diyor
2.O’quvchilar shanbalikda faol qatnashdi.
Gapdagi sifatni toping.
a)O’quvchilar
b)faol
c)qatnashdi
3. Tilla sandiq ochildi,ichidan zar sochildi.
Fe’l so’z turkumini toping.
a)tilla
b)sandiq
c)ochildi ,sochildi
Ikkinchi guruhga:

  1. Marjon –marjon yumaloq yaproqlari shapaloq.

Maqoldagi sifatni toping

  1. Marjon- marjon , yumaloq

  2. Yaproqlar

  3. Shapoloq

  1. Mohira 1-“D” sinfda o’qiydi.

Sonni toping
a)Mohira
b) 1”D”
c) o’qiydi
3. O’lkamizga bahor kirib keldi.
Fe’lni toping.
a)bahor
b)o’lkamizga
c)kirib keldi
Ikkala guruhga savol-javoblarini tinglab, g’olib guruhni rag’batlantiraman.
Uyga vazifa: 246-mashq
Yüklə 22,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə