Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə10/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138567
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Sinkveyn tuzish tartibi:
1. Birinchi qatorda mavzuga oid bosh g’oya (tayanch tushuncha) bir so’z (ot) bilan qayd etiladi.
2. Ikkinchi qatorda bosh g’oya ikki sifat bilan ifodalanadi.
3. Uchinchi qatorda mavzuga oid tushunchalar uch so’z bilan bayon qilinadi.
4. To’rtinchi qatorda mavzuga oid fikr (nazariya, fakt)lar tshrtta so’zdan iborat bo’lishi lozim.
5. So’nggi qatorga mavzu mohiyatini oydinlashtiradigan (yoki ma’no jixatidan yaqin bo’ladigan) bitta so’z yoziladi bu ketma-ketlikni quyidagi chiziqlar bo’yicha loyihalash mumkin.
1.______________________________ topshiriq
2.____________ _____________ ___________
3. ____________ _____________ ___________
4.__________ ________ _________ ___________
5.______________________________________ natija
Odatda sinkveyn mavzu bo’yicha biror muammoli vaziyatli yechish yoki alohida o’quv elementlarini mukammalashtirishda talaba tafakkurini charxlash uchun tuziladi agar birinchi qatordagi mavzu so’z turkumi – ot orqali ifodalansa, ikkinchi qatorda topshiriqning muhim hossalarni belgilovchi bir juft sifatni o’quvchi o’ylashi ko’p variantli javoblardan eng maqulini olishi lozim.
Aqliy hujum usuli
Dars jarayonda “Aqliy hujumdan” maqsadli foydalanish ijodiy andozasiz tafakkurlashni rivojlantirish manbai hisoblanadi. Aqliy hujumni uyushtirish sodda bo’lib, undan ta’lim mazmunini o’zgartirish jarayonida,ishlab chiqarish muammolarini yechimini topishda ham foydalanish mumkin. Dastlab guruh yig’ilib, ular oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammo yechimi to’g’risida ishtirokchilar o’z fikrlarini bildirishadi bu bosqichda hech kimning o’zgalar g’oyasiga hujum qilishi yoki baholashga haqqi yo’q. Demak, aqliy hujumda qisqa vaqtda o’nlab g’oyalarning yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo’ladi. Aslida g’oyalar soni maqsad emas, ular muammo yechismi uchungina asos bo’ladi. Bu metodlar shartlaridan biri qatnashuvchilarning har biri tashqi ta’sirsiz faol ishtirokchi bo’lishi kerak.
Shunday qilib, aqliy hujum qoidalarini quyidagicha belgilash mumkin:

  • olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;

  • ish sifatga emas, songa qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa,shuncha yaxshi;

  • istalgan g’oyani mumkin qadarmukamallashtirish va rivojlantirish mumkin;

  • muammo yechimidan g’oyalar ham qo’llab-quvvatlanadi;

  • barcha g’oyalarning asosiy mavzulari (farazlari) yozib olinadi;

  • “hujum” vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;

  • savollarga qisqacha (asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutiladi.

Vazifasi. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, muammoni chegarasini kengatstirishga, fikrlar xilma-xilligiga erishishga va tafakkur doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi,muammoni yechish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya) yanada jipslashadi.
Ob’ekti. Qo’llanish maqsadiga ko’ra, bu metod universal hisoblanib, tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o’qitish jarayonida (o’quv materiallarini tezkor o’zlashtirishga qaratiladi),fikrni mustahkamlashda (o’z-o’zini boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə