Yo`nalishi 3-kurs talabalari uchun



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə12/36
tarix28.11.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#138567
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
4-O\'quv materiallari, ma\'ruzalar matni

Qo’llash usuli
1. Faoliyatni tanlash. Mavzuga oid muammo shunday tanlanadiki, natijada o’quvchi-talabalar uni o’rganish (bajarish) uchun ijodiy faoliyat ko’rsatishlari zarur bo’ladi va vazifalar belgilab olinadi.
2. Zaruriy asos yaratish. O’quvchi-talabalar kichik guruhda qatnashishlari uchun tanlangan faoliyat bo’yicha yetarli bilim, ko’nikmaga ega bo’lishlari kerak.
3. Guruhni shakllantirish. Odatda, har bir guruhda 3-5 talaba bo’ladi (ba’zan, kam yoki ko’p bo’lishi mumkin). Agar guruhda ishlash ma’lum yozma hujjat tayyorlashni talab etsa, 2-3 kishilik guruh tuzilgani ma’qul. Guruh tarkibi masalaning muhimligi, auditoriyadagi o’quvchi talabalar soni, ularning bir-biri bilan o’zaro harakatiga bog’liq holda o’zgaradi. Eng yaxshisi, “getrogen” guruh tashkil etishdir. (jinsi, o’zlashtirish darajasi va boshqa belgilar asosida).guruhda ishlash talabalar o’rtasida vazifalarni aniq taqsimlashga asoslanadi. (Misol uchun, bir o’quvchi-talaba munozarani boshqaradi, ikkinchisi yozib boradi, uchinchisi spiker (sardor) rolini o’taydi va hokazo). Auditoriyani guruhlarga ajratish, taklif yoki hisob bo’yicha amalga oshiriladi.
4. Aniq yo’l-yo’riqlar ko’rsatish. Talabalarga faoliyatni bajarish uchun ixcham tarzda aniq tushuntirish beriladi. O’qituvchi guruhlarning ishlash tezligi turlicha bo’lishini inobatga olgan holda vaqt chegarasini aytadi. Guruhlar kerakli material va axborot bilan ta’minlanadi. Talabalar ish boshlashlari uchun vazifalarini tushunib yetganligi tekshiriladi.
5. Qo’llab quvvatlash va yo’naltirish. O’quvchi guruhlar to’g’ri ishlayotganligini qayd etadi, ularga zarurat tug’ilsa yordam beradi, guruhlarga tazyiq o’tkazilmaydi.
6. Muhokama qilish va baholash. Guruhlarda ish yakunlangach, uning natijalari bo’yicha axborot beriladi. Buning uchun har bir guruh o’z sardorini belgilaydi. Zarurat tug’ilsa, faoliyat natijalari bo’yicha fikrlarni o’qituvchi yozib boradi. Muhimi, guruh yechimining asoslanishini aniqlashtirib olishdir. Agar vaqt yetarli bo’lsa, muayyan fikrni asoslashda guruhlar bir-biriga savol berishlari mumkin, uning natijalari o’qituvchi tomonidan baholanadi. Bunda faoliyatni to’g’ri va aniq bajarish, vaqt sarfi asosiy mezon hisoblanadi.
Menyu” usuli
Yakka tartibda yok kichik guruhlar bilan ishlashni xoxlagan o’qituvchiga “Menyu” metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda kichik guruh (talab)ga aniq topshiriq beriladi. Misol uchun, “Milliy mafkuraning asosiy g’oyalari” o’qituvchi har bir guruh uchun alohida topshiriq tayyorlaydi:
1. Vatan ravnaqi
2. Yurt tinchligi
3. Xalq farovonligi
4. Komil inson
5. Ijtimoiy hamkorlik
6. Millatlararo totuvlik
7. Dinlararo bag’rikenglik
Har bir guruh topshiriq oladi va 3 minut davomida muhokama qilishadi, so’ngra guruh vakili o’qituvchi stoliga kelib, tayyor “Menyu”ni olib qaytadi. Bu uzun qirqilgan qog’oz – “tillar” bo’lib, ularda xilma-xil huquq asoslari bayon qilingan. Guruh vakili “tillar”dan birini tanlab oladi va o’z guruhiga qaytadi. Boshqa o’quvchi-talaba ham shu ishni bajaradi va zaruriy materiallar yig’ilguncha bu holat davom etadi. 10 minut davomida topshiriq muhokama qilinadi va rasmiylashtiriladi. Bu metoda javoblar og’zaki bo’lishi mukin. Boshqa guruh vakillari savollar berishadi, o’qituvchi esa guruh ishlarini, sardor faoliyatini baholab boradi.
Debatlar” usuli
“Debatlar” asosida darsni tashkil etishdan asosiy maqsad muammo yechimini topishda talaba o’z yondashuvining to’g’riligiga o’zgalarni ishontirishdir. O’z fikrlarini aniq va lo’nda bayon etish, buning uchun to’g’ri dalil va xulosa topish ko’nikmasini shakllantirishda “debatlar” samarali metod hisoblanadi.

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə