Yondashuvlar


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#153264
1   2   3   4   5   6   7
bo-lajak-o-qituvchilarni-tayyorlashda-zamonaviy-yondashuvlar

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Hozirgi kun o‘qituvchisiga doimiy o‘zgaruvchan sharoitlarda ish olib borishga 
to‘g‘ri kelmoqda, bu o‘z navbatida uning kasbiy sifatlari takomillashtirilishini talab 
qiladi. Pedagogik nazariya va metodikalarning doimiy rivojlanishi, pedagogik 


SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 176
amaliyotga o‘qitish va tarbiyalashning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish hamda 
ularni joriy qilish hozirgi kun o‘qituvchisining ta’lim texnologiyalari sohasida 
qo‘shimcha tayyorgarlikka ega bo‘lishi zarurligini ko‘rsatmoqda [1-5].
Mamlakatimizda ta’limni rivojlantirishning maqsadli dasturiga muvofiq ta’lim 
tizimii 
modernizatsiyalash, 
kadrlarni 
qayta 
tayyorlash, 
o‘quv 
jarayonini 
axborotlashtirish, axborot makonlarini yaratish kabilarni amalga oshirish zarur. Sanab 
o‘tilgan talablar yangi milliy ta’lim tizimining shakllanishiga, inson kapitalining 
rivojlanishiga, mamlakatimiz iqtisodiyotiing mustahkamlanishiga olib keladi. 
Pedagog kadrlarning bilimlarini, kompetensiyalarining doimiy yangilash va butun 
ta’lim tizimini takomillashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish lozim. Ta’lim 
jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishi ta’lim oluvchilarni dolzarb 
bilimlar bilan ta’minlash uchun o‘z kasbiy faoliyatiga yangi yondashuvlarni olib kirish 
va ularni o‘zlashtirishi darajasining ortishiga imkon beradi. Ta’lim tizimini 
modernizatsiyalash ta’lim oluvchilarning ham ta’lim olish faoliyatidagi o‘zgarishlarni 
ko‘rsatadi [6-11]. 
MUHOKAMA
Bugungi kunda kompetentli yondashuvga tayanib, bu yondashuv nafaqat kasbiy 
faoliyat kometensiyalarining shakllanishini, balki bo‘lajak mutaxassisning shaxsiy 
sifatlari yuzaga chiqarilishini ham ko‘zda tutadi. Oliy ta’lim standartida bo‘lajak 
mutaxassisga mehnat bozoridagi raqobatbardoshlilik, o‘z kasbini erkin egallaganlik va 
faoliyatning turdosh yo‘nalishlarida yo‘nalishni topa olish imkoniyatlari haqida talablar 
qo‘yiladi – bularning barchasini kompetentli yondashuv sharoitlaridagina yuzaga 
chiqarish mumkin. 
“Kompetensiya” tushunchasining ta’riflaridan kelib chiqib (bu tushuncha esa o‘z 
navbatida hamma tomonidan bir xilda talqin qilinavermaydi), ko‘pchilik mualliflar uni 
mutaxassisning o‘zi olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishga tayyorligi, boshqalari 
esa muammolarni hal qila bilish qobiliyati tarzida ta’riflaydilar.
Lotinchadan tarjima qilinganda “kompetensiya” so‘zi kishi biron-bir masala 
doirasida yaxshi xabardor ekanligini bildiradigan, tajribaga ega ekanligini ko‘rsatadigan 
tushunchani ifodalaydi. Oliy ta’lim bo‘yicha DTS ga muvofiq kompetensiya – bu 
ma’lum bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun bilim, mahorat va shaxsiy 
sifatlarni qo‘llash qobilyatidir. Kompetentli yondashuv muammosiga murojaat qilish 
“kompetensiya” va “kompetentlilik” tushunchalarining bir-biridan ajratilishini talab 
qiladi, chunki, ularning pedagogik adabiyotlarda [6]. Yetarlicha ko‘p ishlatilishiga 
qaramasdan mazkur tushunchalarni hozirgi vaqtlargacha bir xil ma’noda talqin qilish 
variantlari mavjud emas. 
“Kompetentlilik” tushunchasi (lotincha sompetentia, compete – 
birgalikda 
erishaman, uddalayman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman
ma’nolaridagi so‘zidan hosil 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə