Yondashuvlar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix19.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#153264
1   2   3   4   5   6   7
bo-lajak-o-qituvchilarni-tayyorlashda-zamonaviy-yondashuvlar

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 178
Modernizatsiyalash davrida o‘qitishning amaliy-yo‘naltirilgan jarayonini shunday 
tarzda tashkil etish dolzarb bo‘lib qoladiki, bunda ta’lim natijasi talabalarda 
o‘qitishning, fikrlashning, tasavvurning, ijodiy qobiliyatlarning, bilishga barqaror 
qiziqishning o‘z ichki motivatsiyasi shakllanishida namoyon bo‘lishi kerak. Hayotiy 
muhim, amaliy jihatdan kerakli bilim, mahorat va amaliy tajribalar tizimini 
shakllantirish zarur bo‘lib, bu bo‘lajak bitiruvchilarga hayotga yengil moslashish va 
unga faol, ijodiy munosabatda bo‘lishga imkon beradi. Amaliy-yo‘naltirilgan 
o‘qitishning mohiyati ta’lim jarayonining yo‘nalishini mazmun komponentlari – 
umumiy va kasbiy kompetensiyalarning, yangi bilim, mahoratni egallashning va hayotiy 
muhim vazifa hamda muammolarni hal qilishda ulardan foydalanishning amaliy 
tajribalarii shakllanishining yaxlitligi asosida tuzishdan iborat bo‘ladi. Amaliy-
yo‘naltirilgan ta’lim asosida fundamental ta’lim va kasbiy-amaliy tayyorgarlikning 
oqilona uyg‘unlashtirilishi yotadi. Amaliy-yo‘naltirilgan o‘qitish - bu o‘qitishning bir 
turi bo‘lib, uning asosiy maqsadi bo‘lib ta’lim oluvchilarda bugungi kunlarda ish 
beruvchilar talabi mavjud bo‘lgan amaliy ishning kasbiy kompetensiyalarini 
shakllantirish, shu jumladan, olingan kompetensiyalardan amaliyotda qanday qilib
qaerda va nima uchun foydalanilishi lozimligini tushunishning shakllantirilishi 
hisoblanadi [25-28]. O‘qitishning kasbiy-yo‘naltirilgan texnologiyalarining joriy 
etilishini eng samarali usuli bu talabalarda ularning kelgusi kasbiy faoliyatlarida 
ahamiyatli bo‘lgan shaxsiy sifatlarning, shu jumladan, tanlab olingan mutaxassislik 
bo‘yicha funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishini ta’minlaydigan bilim, mahorat 
va ko‘nikmalarning shakllanishiga yordam beradi. Amaliy-yo‘naltirilgan ta’limning 
yuzaga kelishini kasbiy yo‘nalishli va kasbiy yo‘nalishga ega bo‘lmagan o‘quv fanlarini 
o‘rganishning kontekstli imkoniyatlaridan foydalanish bilan bog‘lanadi. Ta’lim 
jarayonida amaliy-yo‘naltirilgan texnologiyalardan foydalanish o‘quv faoliyatidagi 
urg‘uni o‘zgartiradi, ta’lim oluvchilarni reproduktiv faoliyatning ulushi qisqarishi 
hisobiga intellektual rivojlanishga undaydi. Amaliy-yo‘naltirilgan o‘qitish doirasida 
ta’lim oluvchilarnng ichki motivatsiyasi rivojlanadi, chunki muhokama qilinayotgan 
muammoning hal qilinish usullarini erkin tanlab olish imkoniyati paydo bo‘ladi; ta’lim 
oluvchilar o‘z kompetentliliklarini his qiladilar; o‘z mustaqilliklarini boshdan 
kechiradilar [5]. Bilim, mahorat, kasbiy kompetensiyalarni izlab topish, egallash 
jarayonining intensifikatsiyalashuvi amaliy-yo‘naltirilgan o‘qitishning maqsadi bo‘lib 
hisoblanadi. Amaliy faoliyata o‘zi egallagan kompetensiyalardan foydalana oladigan 
mutaxassis amaliy-yo‘naltirilgan yondashuvning natijasi bo‘lib hisoblanadi [29].

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə