Yorug‘likning sochilishi Reja: Yorug‘likning sochilish hodisasi va Tindal tajribasi



Yüklə 133 Kb.
səhifə6/8
tarix21.12.2022
ölçüsü133 Kb.
#97525
1   2   3   4   5   6   7   8

Biz yuqorida aytgan ma’noda xira deb atash mumkin bo‘lmaydigan muhitlar bilan ish ko‘riladigan hollar, ya’ni muhit aralashma yoki boshqa jinslardan yaxshilab tozalangan suyuqlik (yoki gaz) dan iborat bo‘lgan hollar ancha katta qiziqish uyg‘otadi.

Bunday muhitlarda yorug‘lik sochiladi, optik jihatdan bir jinslimaslik paydo bo‘lishiga olib keladigan fizik sabab bor (L.I.Mandelshtam, 1907 yil). Ideal toza muhitlarda optik bir jinslimaslik yuzaga kelishining fizik sababi birdaniga topilgani yo‘q. Juda muhim bo‘lgan bir xususiy holda bir jinsllilikni buzilishiga olib keladigan sababni M.Smoluxovskiy (1908 yil) ko‘rsatib berdi. Gaz yoki suyuqlikning kritik temperaturasida yorug‘lik intensiv ravishda sochilishi (kritik opalessensiya) ko‘pdan beri ma’lum edi. Smoluxovskiy kritik temperaturada muhitning siqiluvchanligi juda katta ekanligiga diqqat qildi (kritik nuqtada nazariy tomondan ifoda cheksizlikka intiladi). Bunday sharoitlarda kichikroq hajmlarda o‘rtacha zichlikdan sezilarli chetlanishlar paydo bo‘lishi mumkin, chunki siqiluvchanlikning katta bo‘lishi issiqlik harakati kichik hajmlardan zichlikning sezilarli variatsiyalarini (zichlik fluktatsiyalari) yuzaga keltirishga qodir ekanligini bildiradi. Optik bir jinslilikning buning oqibatida bo‘ladigan buzilishi yorug‘likning ko‘p sochilishiga sabab bo‘ladi. Smoluxovskiy kritik opalessensiya hodisasini izohlab berib, shu bilan yorug‘likning umuman sochilishiga olib keladigan bir jinslilikning buzilish sababini qayerdan izlash kerakligiga ko‘rsatma berdi, u quyidagicha: muhit molekulalarining issiqlik harakati statistik harakterda bo‘lgani tufayli muhitda zichlik fluktuatsiyalari paydo bo‘ladi, bu fluktuatsiyalar ayniqsa kritik nuqta sohasida katta bo‘ladi. Zichlikning fluktuatsiyasi sindirish ko‘rsatkichining fluktuatsiyasiga yoki dielektrik singdiruvchanlikning fluktuatsiyasiga sabab bo‘ladi, bu esa aslida optik bir jinslimaslikdan iborat. Kritik nuqtadan uzoqda fluktuatsiyalar kritik nuqta sohasidagidek uncha katta bo‘lmasada har qalay bo‘ladi va toza moddada yorug‘lik o‘sha fluktuatsiyalar tufayli sochiladi.


Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə