Yorug‘likning sochilishi Reja: Yorug‘likning sochilish hodisasi va Tindal tajribasi



Yüklə 133 Kb.
səhifə3/8
tarix21.12.2022
ölçüsü133 Kb.
#97525
1   2   3   4   5   6   7   8

Ko‘zga ko‘rinadigan yorug‘lik to‘lqinining uzunligiga nisbatan kichik bo‘lgan zarralarda yorug‘likning sochilishini laboratoriya sharoitida birinchi bo‘lib Tindal kuzatgan (1869 yil). Turli burchaklar hosil qilib sochilgan yorug‘lik dastlabki oq yorug‘likdan ko‘k bo‘lishi bilan farq qilishini to‘shayotgan yorug‘lik yo‘nalishiga nisbatan burchak hosil qilib sochilgan yorug‘lik to‘liq yoki deyarli to‘liq chiziqli qutblanishini ham Tindal payqagan. Tindal osmonning zangori bo‘lib ko‘rinishiga Quyosh yorug‘ligining er atmosferasida chang zarralarida sochilishi sabab bo‘lsa kerak, deb taxmin qilgan.

Ko‘p hollarda tabiiy ravishda paydo bo‘lgan optik bir jinslimasliklar tufayli yorug‘lik intensiv ravishda sochiladi. Optik bir jinslimasligi oshkor bo‘lgan muhitlar xirа muhitlаr deyiladi. Xira muhitlar jumlasiga tutun (gazdagi qattiq zarralar) yoki tuman (havodagi suyuqlik tomchilari, masalan, suv tomchilari) kiradi.

Bu hollarning hammasida xira muhit yorug‘likni birmuncha ko‘p sochib yuboradi, bu hodisa odatda Tindal hodisasi deyiladi.

Zarralarining o‘lchami to‘lqin uzunligiga nisbatan kichik bo‘lgan xira muhitlarda yorug‘likning sochilishini o‘rganish natijasida Tindal va undan keyingi tadqiqotchilar tajribada kashf etgan va nazariy jihatdan Reley asoslab bergan ba’zi umumiy qonuniyatlar topildi. Bu qonuniyatlar to‘g‘risida quyidagi tajribada tasavvur hosil qilish mumkin. To‘g‘ri burchakli kyuveta to‘la suvga bir necha tomchi sut tomizib suv xiralashtiriladida, unga intensiv yorug‘lik dastasi yuboriladi. Suvda yorug‘lik dastasining izi aniq ko‘rinib turadi. Yon tomonidan turib A yo‘nalishda kuzatganda sochilgan yorug‘lik S manbadan kelayotgan yorug‘likka qaraganda zangoriroq bo‘ladi, qalinligi etarlicha bo‘lgan kyuveta orqali В yo‘nalishda o‘tib uzun to‘lqinli nurlarga boyigan yorug‘lik qizg‘ish bo‘ladi. Sochilgan yorug‘likni dastlabki dastaga nisbatan 90 burchak ostida N qutblovchi orqali kuzatganda S dan kelayotgan dastlabki yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bo‘lsa ham sochilgan yorug‘lik chiziqli qutblangan ekanligi ko‘rinadi. Turli yo‘nalishlar bo‘ylab sochilgan yorug‘likning intensivligi taqsimotini ko‘rsatuvchi grafik sochilish indikatrisasi deyiladi. Tushayotgan yorug‘lik tabiiy yorug‘lik bo‘lganda sochilish indikatrisasi 17.2-rasmda ko‘rsatilgandek bo‘lib,


Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə