Yorug‘likning sochilishi Reja: Yorug‘likning sochilish hodisasi va Tindal tajribasi



Yüklə 133 Kb.
səhifə2/8
tarix21.12.2022
ölçüsü133 Kb.
#97525
1   2   3   4   5   6   7   8

(17.1)

munosabat orqali bog‘langan. Muxitning qutblanishi, ya’ni muhitning birlik hajmining tashqi E maydon ta’siri ostida oladigan elektr momenti ga teng, bu yerda N – birlik hajmdagi molekulalar soni, p – bu har bir molekulaning elektr momenti. Bu moment kattaligi tashqi elektr maydon kuchlanganligiga to‘g‘ri proporsional. Bunda qutblanuvchanlik koeffitsiyenti deb atalib, molekulaning tuzilishini xarakterlaydi. Birlik hajm uchun yozsak:

(17.2)

Elektrostatikadan ma’lumki

(17.3)

yoki

.

(17.4)

Sindirish ko‘rsatkichining o‘zgarmas bo‘lishi chiziqli o‘lchamlari to‘lqin uzunligiga nisbatan uncha kichik bo‘lmagan teng hajmlar uchun N ko‘paytma muhitning turli joylarida bir xil bo‘lishini bildiradi. Agar optik jihatdan bir jinsli bo‘lgan muhit mutlaqo bir xil molekulalardan tashkil topgan ( o‘zgarmas) bo‘lsa, u holda N ham o‘zgarmas bo‘lishi, ya’ni muhitning zichligi hamma yerda bir xil bo‘lishi kerak; agar muhit har xil molekula yoki guruhlardan tashkil topgan bo‘lsa, u holda sindirish ko‘rsatkichini o‘zgarmaydigan qilish uchun N bilan ni tegishlicha tanlab olish kerak. Masalan, benzol bilan uglerod sulfidning keraklicha qilib olingan aralashmasiga shisha parchalari botirilganda bu aralashma bir jinsli muhit bo‘ladi: shisha bilan suyuqlik orasidagi bo‘linish chegarasi sezilarli bo‘lmay qoladi.


Yüklə 133 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə