Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash-xalqimiz tarbiyaviy



Yüklə 394,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix11.12.2023
ölçüsü394,5 Kb.
#145391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
274 | 
P a g e
 
bebaho ma’naviy boylik hisoblanadi. Millatning asosiy belgilaridan biriga aylangan 
odatlarni asrash va kamol toptirish har bir avlodning muqaddas burchi bo‘lib 
qolyapti.
An’analar barhayot bo‘lishi uchun, eng avvalo, uni kelajagimiz bunyodkorlari 
yoshlar egallashi lozim. Ana’anaviy xalq bayramlarining tiklanishi o‘zbek 
madaniyati tarixida muhim voqea bo‘lib qolmoqda. Chunki bayramlar hayotning 
eng yaxshi tomonlarini o‘zida mujassamlashtirgan madaniyatning yirik va muhim 
shakli hisoblanadi. Shu yo’l bilan azaliy bayramlarning tiklanishi bilan xalq 
madaniyatining eng qimmatli tomonlarini jonlantirishga zamin yaratildi. Xalq 
an’analarining tiklanishi borasida so‘z borganda, yoshlar kamolotida muhim o‘rin 
tutadigan xalq o‘yinlariga alohida to‘xtalish lozim [2:499]. Ajdodlarimizning eng 
qadimiy an’anaviy, ko‘pgina madaniyat shakllari raqs, teatr va sportga xos 
marosimlar shu o‘yinlar zaminidan kelib chiqqan va tarixiy jarayonda avlod 
ajdodlarimizning sog‘lomlashtiruvchi vositasi bo‘lib kelgan.
Ravshanki, ko‘ngilda vatanga muhabbat jo‘sh urib turmasa, unga oshuftalik qalbni 
qaynatmasa, vujudingda Vatanga farzandlik burchi mas’ullik torlarini harakatga 
keltirmasa, harchand “Vatanim sajdagohim, iqbol maskanim” [3:488] deyilgani 
bilan bizdagi mehr-u sadoqat qandaydir mavhumiylikka moyil hisga o‘xshab 
qolaveradi. Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz yoshlarimizning 
baxtu-saodati ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, 
bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki 
butun jamiyatning eng katta boyligidir. 
Barkamol shaxsni tarbiyalashda milliy qadriyatlar va urf-odatlardan foydalanish
bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayoni oldida turgan eng dolzarb vazifalaridan
biri hisoblanadi. Shu boisdan ham mamlakatimizda yaratilgan bu betakror
an’ana va marosimlar, milliy qadriyatlar va urf-odatlarni o‘rganish hamma 
davrlarda ham olimlar oldiga bir qator muhim vazifalarni bajarish zaruratini
qo‘ygan. Bu borada J.Hasanboyev, M.Turopova, O.Hasanboyeva, A.Mavrunov, 
U.Qoraboyev va boshqalarning ilmiy ishlari va maqolalarini eslatib o‘tish maqsadga
muvofiqdir. Shuningdek, xalq pedagogikasining ta’lim oluvchi shaxsiga tarbiyaviy 
ta’sir ko‘rsatish muammosini o‘rganish bo’yicha M.Ochilov, A.K.Munavvarov,
S.Axmedov, S.Ochilov, O.Musurmonova, M.Inomova, S.Nishonova va boshqalar 
tomonidan doktorlik ishlari bajarilganligini alohida qayd etish lozim.

Shu jaryonda har bir shaxsda milliy ma’naviyatni, milliy ong, milliy shuur, 


milliy tuyg‘uni barkamollikka ko‘tarish omillari faollik jarayoniga ko‘chadi. Bu 



Yüklə 394,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə