Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash-xalqimiz tarbiyaviy



Yüklə 394,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix11.12.2023
ölçüsü394,5 Kb.
#145391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
276 | 
P a g e
 
musobaqalari, davra suhbatlari, treninglar va boshqa tadbirlar, usullari: ishontirish, 
namuna ko‘rsatish, o‘rganish, mashq qildirish, rag‘batlantirish, illatlarga salbiy 
munosabat bildirish, munozaralar, kuzatish, trening, jamoaviy ijodiy faoliyat, 
“mafkuraviy vaziyat”, harakatli, taqlidli, rolli o‘yinlar va boshqa shu turdagi 
usullardan samarali foydalanish lozim.
O‘zbek oilalaridagi kitobga muhabbat, kitobni asrab-avaylab saqlash va
kitobxonlik xalqimiz ma’naviy kamolotida muhim ahamiyat kasb etgan fazilatga 
aylangan. Chunki kishining o‘zini-o‘zi tarbiyalashida kitob ham bilim manbai, 
ham o’zingizni ko’rish, taqqoslash, taqlid qilish, munozara yuritish, bahslashishda 
ma’lum darajada ko‘zgu vazifasini o‘taydi. Kitobxonlik mushohada va mulohaza 
yuritish iqtidorini shakllantiradi, fikrni charxlaydi, teranlashtiradi. Ta’limdan 
tashqari ishlarda yoshlarni kitob mutola qilishga da’vat etish, ularning kitoblardan 
foydalanib o’z ustida ishlash imkoniyatlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tarixiy joylar, osori atiqalar, yodgorliklar, ziyoratgohlar bilan tanishib, ularni 
o‘rganishga talaba-yoshlarni jalb etish zarur.
Bugungi kun talablaridan kelib chiqib, muzeylar faoliyatini yanada takomillashtirish 
ishlari amalga oshirilmoqda. Muzeylarga talaba-talabalarning tashrifini uyushtirib 
borish an’anaga aylanishi kerak. “Mening davlatim”, “Mening xalqim”, “Mening
Vatanim”, “Biz hech kimdan kam bo’lmaganmiz, kam bo’lmaymiz ham” va shu 
kabi turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etib, ularda talabalarni va uyushmagan yoshlarni 
faol ishtirokini ta’minlash lozim [5].
Yoshlarning to‘y-ma’rakalarda, ommaviy sayillar, bayramlarda ishtiroki asosida
mahallada o’zini tutishni, kattaga hurmat, kichikka izzatni, yaxshi-yomon
kunlarda yelkadoshlikni his qilishni o’rgatish orqali milliy istiqlol g’oyasining 
asosiy tamoyillaridan bo‘lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatni 
shakllantirishga e’tibor qaratish lozim. 
O‘zbek xalqining hozirgi milliy ma’naviyati va qadriyatlari o’tmish milliy 
ma’naviyatining davomi bo’lib, ularga do‘stlik, mehmondo’stlik, insonparvarlik, 
axloqiy poklik, saxiylik, xushmuomalalik, hayolilik, sizlab muomala qilish
ozodalik, xushchaqchaqlik, xushfe’llik, mardlik, samimiylik, lutfi karamlik, 
ro‘zg‘orparvarlik, ona yurt va xalqiga muhabbatlilik, insoflilik, diyonatlilik, 
rostgo‘ylik, halollik, or-nomuslilik, to‘g‘rilik, sabrandishalik, vazminlik, 
hojatbarorlik, ota-ona va kattalarni hurmat qilish, mehnatsevarlik, o’tmishga hurmat, 
insoflilik, iymonlilik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, millatparvarlik kabilar kiradi.



Yüklə 394,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə