Yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash-xalqimiz tarbiyaviy



Yüklə 394,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix11.12.2023
ölçüsü394,5 Kb.
#145391
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
 
Proceedings of International Scientific Conference on Multidisciplinary Studies 
Hosted online from Moscow, Russia 
Date: 
11
th
January, 2023 
ISSN: 2835-5733
Website:
econferenceseries.com
275 | 
P a g e
 
ulug‘vor maqsadlarni amalga oshirish uchun jamiyatimiz o‘zining real 
imkoniyatlariga ega. Avvalo, ozod va mustaqil Vatanda xalqni farovonlikka 
yetaklovchi va ma’lum ma’noda munosib turmushni kafolatlovchi shart-sharoitlar 
yaratildi. Davlatimizda fidoyi, ishchan, tashkilotchilik salohiyati baland malakali 
kuchlar ulg‘aydi. Ular siymosi, faoliyatida milliy ma’naviyatning barqaror mag‘zi, 
yaratuvchan kuchi mavjud. Milliy ma’naviyati barqaror shakllangan bunday kishilar 
o’z xalqi, millati, vatani manfaatini har qanday sharoitda himoya qiladi, o‘z 
faoliyatida xalqimizning milliy ma’naviyatini namoyish eta oladigan, millatning
salohiyatini, Vatan qadri, sha’ni, shuhratini ellararo, davlatlararo ko‘rsata biladigan 
insonlardir. Yoshlarga milliy qadriyatlarni ta’limdan tashqari ishlar orqali 
singdirishning asosiy vazifalari sifatida quyidagilarga e’tibor qaratilishi lozim: 
 
Birinchidan,
 
yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, hayot mazmunini tushunib olishiga 
ko‘maklashish, o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini, shakllantirish, o‘z shaxsiy 
turmushiga maqsadli yondashuv, reja va amal birligi hissini uyg‘otish;
Ikkinchidan, talabalarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar, Vatanimizning boy 
ma’naviy merosi bilan tanishtirish, madaniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashga 
bo‘lgan talablarini shakllantirish, malaka hosil qildirish, o‘stirib-boyitib borish va 
estetik tushunchalarini shakllantirish;
Uchinchidan, har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab, 
ularni rivojlantirish, inson faoliyatini turli sohalarda joriy qilish. Yoshlar ijodkorligi, 
iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash uchun shartsharoit 
hozirlash;
To‘rtinchidan, insonparvarlik odobi me’yorlarini shakllantirish (bir-birini tushunish, 
mehribonlik, shafqatlilik, irqiy va milliy kamsitishlarga qarshi kurasha olish), 
muomala odobi kabi tarbiya vositalarini keng qo’llash;
Beshinchidan, yoshlarimizni erkin va mustaqil fikrlashga o‘rgatish. Ta’limdan 
tashqari tarbiyaviy ishlar talaba-yoshlarning qiziqishi, istaklari, xohish va 
ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya 
jarayonini to’ldiradi. Bu jarayonlarni tashkil etish yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini, 
tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi[4:260].
Bugungi kun yoshlarining bir kunlik vaqt rejasidan o‘quv va darsdan (uyushmagan 
yoshlar uchun uy ishlaridan tashqari) tashqari vaqt sotsiologiyasini aniqlash va shu 
asosda ta’limdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab 
chiqish va amalga oshirish zarur. Darsdan tashqari ma’naviy-ma’rifiy ishlarni 
tashkil etishda: tanlovlar, klublar, badiiy havaskorlik, uchrashuvlar, bahslar, sport 



Yüklə 394,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə