Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


L. S Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariyasi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə46/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

L. S Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariyasi
L.S.Vigotskiy tomonidan e`tirof etilgan ong rivojlanishi haqidagi farazga qaytib, ta`kidlab o’tamizki, ko’pgina tadqiqotchilar, uning katta ijodiy (imkoniyatlarini) potentsiyalarini tan olib bu ta`limotning ma`lum bir kamchiliklarini ko’rsatib o’tganlar:
Bolaning tafakkuri rivojlanishi uchun kattalar va bolalarning aynan nutq muloqoti rolini alohida bir tik xarakter (bilish jarayonlai ko’rib chiqiladi.) daliliy ma`lumotlarga kam asos. Bu farazlardagi kamchiliklar va tarixiy asoslangan cheklovlarni bartaraf etilishi kelgusida madaniy-tarixiy paradigmalar doirasida rus bolalar psixologiyasi rivojlanishida sodir bo’lgan. 1930-yillar oxirida Xarkov maktabi psixologlari A.N.Leontev, A.V.Zaporojets, P.I.Zinchenko, P.YA.Galperin, L.I.Bojovichlar umumlashtirishni rivojlanishi asosida nutq, muloqoti emas, balki sub`ektning bevosita amaliy faoliyati etishini ko’rsatganlar. Insonning psixik rivojlanishida faoliyatning ahamiyati haqidagi tezis psixik taraqqiyot determinatsiya muammosini yangicha tahlil qilishga hamda rivojlanishning ikki omili talqin izoh chegarasini irsiy va muhit bartaraf etish imkonini berdi. Rus psixologlari ishida, ijimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirishi bolaning faqat faol faoliyatidagina sodir bo’lishi ko’rsatilgan. Faoliyat tushunchasini kiritilishi rivojlanish sub`ekti faolligiga urg`u beradi, rivojlanish muammosini sub`ektning o’ziga qaratadi. L.F.Obuxova xulosasiga ko’ra rivojlanish jarayoni- bu sub`ektning harakati bo’lib, predmetlardagi uning faoliyati tufayli amalga oshadi, irsiylik va muloqot omillari esa shaxsning individual betakrorligi bog`liq bo’lgan, zarur shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu erdan rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar kategoriyasi tushunchasi yangicha izoh talqin oldi, uning asosida ostida bolaning faoliyati faoliyatni amalga oshirishda atrof-muhit olam bilan o’zaro aloqa faoliyat ichidagi qarama-qarshilikni tushuna boshlaganlar D.B.Elkonin rivojlanishning asosiy printsipial yo’lini ushbu yosh davriga muvofiq tarzda bolalar faoliyatini tashkillashtirishni e`tirof etib, o’rgatishning o’qitishning etakchi roli haqidagi g`oyani chuqurlashtirdi. Psixik rivojlanishning muhim sharti bolaning kattalar bilan muloqoti hisoblanadi. Kattalar va bolalar muloqotini rivojlantirish muammosi M.I.Lisina va uning hamkasblari diqqat markazida bo’lgan. Bola hayotining birinchi etti yilligi davomida bu jarayonlardagi bir qancha bosqichlar shuningdek, ularning shakllanganlik mezonlari hamda u yoki bu muloqot bosqichi bilan bevosita bog`liq bo’lgan intellekt va shaxs tuzilishidagi yangi tuzilmalar ajratilgan edi. Tadqiqot natijalari har bir yosh bosqichida kattalar bilan muloqot o’zining maxsus funktsiyasini bajarish haqida dalolat bermoqda. Kattalar bilan bo’lgan muloqotda boshqa odamlar bilan va ularga nisbatan emotsional munosabatga ehtiyoj shakllanadi, psixik jarayonlar rivojlanadi, vositali xarakterdagi predmetli harakatlarni egallash sodir bo’ladi. Kattalar va bolalarning o’zaro aloqa shakllari shakllanish yo’lini bosib o’tadi. Dastlabki hamkorlikdan, hamkorlikda-alohida ajralgan orqali va nihoyat bolaning o’zini mustaqil faoliyatiga qadar.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə