Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


Inson psixik rivojlanish tadqiqini adekvat metodlari muammosi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə45/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

Inson psixik rivojlanish tadqiqini adekvat metodlari muammosi
Inson xulq-atvorining oliy shakllari oliy psixik funktsiyalar va psixikaning madaniy-tarixiy rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish vazifasi tadqiqotning muvofiq metodini talab qiladi. L.S.Vigotskiy tomonidan tadqiqotning yangi metodini ishlab chiqishi stimul reaktsiya nazariy va eksperemental chizmasida aks ettirilgan hamda klassik bixeviorizmning ilmiy yondashuvlariga asoslangan, shakllangan eksperementning umumiy metodiga qarama-qarshi qo’llash yo’li orqali amalga oshirilgan. L.S.Vigotskiy psixik hodisalarni tadqiq qilishning yangi eksperemental- genetik metodini ishlab chiqgan. SHakllantiruvchi eksperement metodini g`oyasi xulq-atvorning ma`lum bir shakllari genezisini genesis- kelib chiqish payti va taraqqiyot jarayoni yangidan yaratishdan iborat, xususan, bir shakldan boshqasiga o’tish bosqichini oddiy qayd qilish emas, balki bu yangi shaklga o’tish jarayonini o’zini o’rganish muhim. L.S.Vigotskiyning eksperemental genetik metodi psixologiyadagi tarixiylik tamoyilini amalga oshiradi. Tarixiy o’rganish tadqiq psixik hodisalarni tadqiq qilishga rivojlanish kategoriyalarini tushunchalarini tadbiq qilishni anglatadi.
Nimanidir tarixiy o’rganish harakatda o’rganishi demakdir. Bu dialektik metodning asosiy talabi hamdir. L.S.Vigotskiy o’zining nutq tushunchalari rivojlanishining eksperemental tadqiqotida tilning asosiy birligi sifatida so’z tarixining empirik bosqichini aniqlash emas, balki so’zlar ortida turuvchi o’sha aloqa tizimining funktsional rolini qayd qilish vazifasini qo’ygan. L.S.Vigotskiy tajribalari so’zlar ahamiyati ortishini isbotladi va kundalik va ilmiy tushunchalar shakllanish jarayonining o’zini kuzatish imkonini berdi. Mukammallashgan shakllantiruvchi eksperement tadqiqotning genetik modellashtiruvchi metodi nomini olgan.
Ta`lim va rivojlanish muammolari
Dastlab bu muammo L.S.Vigotskiy tomonidan inson ongi va oliy psixik funktsiyalar rivojlanishi doirasida ko’rib chiqilgan edi. L.S.Vigotskiyga ko’ra, ong shakllanishi inson rivojlanishining eng muhim yo’li hisoblanadi. Insoniyat ongini alohida psixik funktsiyalarga taqsimlab bo’lmaydi, u o’zida mexanik yig`indini emas, balki oliy psixik funktsiyalar tuzumini tuzilmaviy tuzilishini aks ettiradi. YA`ni ong tizimli tuzilishga ega. Hech bir psixik funktsiya ayri holatda izolyatsiya rivojlanmaydi. Aksincha, uning taraqqiyoti u qaysi tuzilishga kirish va unda qanday o’rin egallashiga bog`liq. Masalan, ilk bolalikda ong markazida idrok, maktabgacha tarbiya yoshida asosiy psixik funktsiya xotira maktab yoshida tafakkur bo’ladi. Qolgan barcha psixik jarayonlar ustuvor bo’lgan funktsiyalar ta`siri ostida rivojlanadi. Bola asta sekin inson va olam o’rtasida doimo mavjud bo’lgan madaniy vositalar nutq belgilari mazmun ma`noni o’zlashtirib borib, ularning juda muhim bo’lgan tomonlarini kashf etadi. Ongning mazmuniy tuzilishi bu ushbu insonning og`zaki umumlashtirish so’zlar mohiyatini ahamiyatini rivojlanish darajasidir. L.S.Vigotskiy bolaning psixik rivojlanishiga ta`limning ta`siri haqidagi tezisni ongning tuzilishi va mazmuniy hamda uni ontogenezdagi taraqqiyoti haqidagi farazlar ko’rinishida shakllantirgan. L.S.Vigotskiyning fikriga ko’ra, ongga faqat nutq orqaligini kirish mumkin. Psixik rivojlanish jarayoni ongning tizimli tuzilishini o’zgartirish qayta tuzish umumlashtirishning mazmuniy tomonlari rivojlanish darajasini o’zgarishga asoslanadi. So’z mazmun mohiyatini boyitib, umumlashtirish darajasini oshirib, odamlarning nutqiy muloqoti orqali ongning tizimli tuzilishini o’zgartirish mumkin ya`ni ta`lim orqali ong taraqqiyotini boshqarish mumkin. Bolada insonga tarixiy xos bo’lgan xususiyatlarni rivojlanish jarayonida ta`lim ichki muhim va umumiy holat hisoblanadi.
1931-1934 yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan aqliy taraqqiyot va ta`limning aloqasi muammosiga bevosita taalluqli bo’lgan eksperemental tadqiqot o’tkazilgan bo’lib, unda bolalarni kundalik va ilmiy tushunchalarni ona tili va chet tillarini og`zaki va yozma nutqni o’zlashtirishlari qiyosiy o’rganilgan. Bu tadqiqot ma`lumotlari ta`lim va rivojlanish muammolarini tushunishda yangi darajaga chiqishga imkon berdi. Ta`lim rivojlanishga aynan o’xshash emas. Har qaysi ta`lim rivojlanishni harakatga keltiruvchi kuch rolini bajarmaydi, hatto u befoyda bo’lishi yoki rivojlanishni tormozlab qo’yishi ham mumkin. Ta`lim rivojlantiruvchi bo’lishi uchun u rivojlanishning tugallangan tsikliga davriga emas balki bolaning yaqin rivojlanish chegarasida doirasida yuzaga keladiganiga e`tiborini, diqqatini, ahamiyatini qaratishi kerak. YAqin rivojlanish chegarasi shakllanayotgan funktsiyalarni rivojlanish mahsuli emas, balki rivojlanish kurtagi rivojlanish gullari deb atash mumkin. L.S.Vigotskiy tomonidan yaqin rivojlanish chegarasi bolaning zarur muhim, aktual aqliy rivojlanish darajasi hamda ehtimoli mavjud bo’lgan rivojlanish darajasi o’rtasidagi oraliq tafovut sifatida aniqlanadi. Bola tomonidan mustaqil ravishda hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi zarur aktual rivojlanish darajasini anglatadi. Kattalar ishtiroki ostida hal etilayotgan topshiriqning murakkablik darajasi potentsial imkoniyat darajasini aniqlaydi. YAqin rivojlanish chegarasida bola va kattalarning hamkorlikdagi faoliyatida shakllanadigan psixik jarayonlar turadi, shakllanish bosqichi tugallangandan so’ng u bolaning o’zini aktual muhim zarur rivojlanish shakliga aylanadi. Bolaning yaqin rivojlanish chegarasidagi o’zgarish dinamikasi rivojlanishi va ta`lim o’rtasidagi murakkab o’zaro aloqani yashiradi. YAqin rivojlanish chegarasi fenomeni bolaning aqliy rivojlanishida ta`limning etakchi roli haqida dalolat beradi, biroq har qanday ta`lim ta`sirli hisoblanmaydi, L.S.Vigotskiy so’ziga ko’ra faqatgina rivojlanishni oldinga undaydigani ta`sirlidir.
Har bir bolada yaqin rivojlanish chegarasining kengligi farqlanadi va uning chuqurligini aniqlash amaliy prognostik taxminiy ahamiyatga ega. Me`yoriy yoshga bog`liq diagnostika erishilgan rivojlanishning faqat tashqi, aniq ko’rinishini kollektsiya qilmasdan to’plamasdan balki rivojlanishning ikkala darajasi-aktual muhim va ehtimolli mavjud bo’lganini aniqlashni o’z ichiga olishi kerak, yaqin rivojlanish chegarasi bolaning potentsial imkoniyatlarini chuqur xarakterlaydi, ilmiy asoslangan prognoz bashorat, taxmin qilishga hamda amaliy tavsiyalar berishga yordam beradi. L.S.Vigotskiy bolalar taraqqiyotining 4 ta asosiy qonuniyatlari yoki o’ziga xos xususiyatlarini aniqladi.
1.Davriylik. Davr mobaynida rivojlanish murakkab tuzilmaga ega bo’lib, rivojlanish tempi, tezligi sur`ati hamda tuzilishi bolalik davri mobaynida o’zgarib boradi. O’sish jadal rivojlanish susayish sekinlashish so’nishga o’zgaradi. Bolaning hayotida oyning ahamiyati u rivojlanish davrlarida qanday o’rinni egallashi bilan aniqlanadi go’daklikdagi oylar o’smirlikdagi oylarga nomutanosib. 2. Rivojlanishning notekisligi. SHaxsning turli tomonlari, xususan psixik funktsiyalar ham notekis rivojlanadi. Funktsiya ustunlik qiladigan davrlar mavjud- bu uning bir muncha darajada jadal muvofiq suratda rivojlanish davridir qolgan funktsiyalar esa ong ustida bo’ladi hamda ustun bo’lgan funktsiyadan tobe bog`liq bo’ladi. Har bir yangi yosh davri funktsiyalararo aloqalarni o’zgarganligidan dalolat beradi- markazga boshqa funktsiya chiqadi, boshqa funktsiyalar o’rtasidagi bog`liqlikning yangi munosabati aniqlanadi. 3. Bola taraqqiyotidagi “metamofozalar”. Rivojlanish miqdoriy o’zgarishga olib kelmaydi bu o’sish emas balki sifat jihatdan o’zgarish qatoridir (zanjirdir). Har bir yosh bosqichida bolaning psixikasi o’ziga xos bo’lib u sifat jihatdan avvalgilaridan va keyingilaridan sifatliroqdir. 4. Bola taraqqiyotida evolyutsiya va involyutsiya jarayonlarining muvofiqligi. Involyutsiya jarayonlari jadal rivojlanishga tabiiy sur`atda hosil bo’lganlar yo’q qilinadi yoki (yangidan tuziladi) tubdan yangilanadi. Masalan (gapirishni) so’zlashni o’rgangan bola g`uldurab (noaniq) gapirmay qo’yadi.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə