Yosh davrlar psixologiyasining predmeti, nazariy va amaliy vazifalari


J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlarini tanqidi



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə43/52
tarix21.06.2022
ölçüsü1,28 Mb.
#89876
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Ривожланиш психологияси маъруза

J.Piaje nazariyasining asosiy fikrlarini tanqidi
Bolaning egotsentrik bilish pozitsiyasi fenomeni mavjudligi yoki juda bo’lmaganda, uni ifodalanishi chuqurligi eng avvalo eksperemental tadqiq va tanqidga uchraydi. SHunday qilib, ayrim tadqiqotchilar J.Piaje topshiriqlari bola uchun emotsional qiziqarsiz, ma`no-mazmunsiz bo’lgani bois, u uchun qiyinligini isbotlashga harakat qilganlar. YOki bolalar mantiqiy tuzilish mavjud emasligidan emas, balki savollarda ifodalangan fikrlarni tushunish qiyinligi, ularni eslab qololmasligi, faqatgina vazifani emas, balki butun eksperemental holatni yaxlitlikda o’ziga xos talqin qilishidan xatolarga yo’l qo’yadi. Aniqlanishicha, maktabgacha tarbiya yoshidayoq egotsentrizm tendentsiyasi aqliy harakatlar va tushunchalarni P.YA.Galpirin, L.F.Obuxova rejali shakllantirish metodi bo’yicha maxsus tashkillashtirilgan o’qitish sharoitlarida muvaffaqiyat qilinadi. E`tirof etilishicha, egotsentrizm yosh davri funktsiyasi sifatida emas, balki bola faoliyatini ma`lum bir doirada tashkillashtirish funktsiyasi sifatida talqin qilinishi kerak. L.S.Vigotskiy, V.A.Nedospasova, E.V.Filippova egotsentrik qaror kattalarda qiyin vazifalarda kuzatilishi mumkin, lekin bu adekvat o’qitishdan o’tgan bolalarda kuzatilmaydi27.
Psixik rivojlanishni tushunishning madaniy-tarixiy kontseptsiyasi L.S.Vigotskiy va uning maktabi
Reja:
1.Oliy psixik funktsiyalarni yuzaga kelishi va rivojlanishi
2.Insonning psixik rivojlanishini o’ziga xos muammolari
3.Inson psixik rivojlanish tadqiqini adekvat metodlari muammosi
4.Ta`lim va rivojlanish muammolari
5.L.S.Vigotskiyning psixik taraqqiyotni madaniy-tarixiy nazariyasi
6.Psixik rivojlanish taraqqiyot tadqiqotidagi ikkita paradigmalar



Rossiya psixologiyasining yirik namoyondasi, oliy psixik funktsiyalar rivojlanishining madaniy-tarixiy kontseptsiyasi asoschisi. 1920 yillarning 2-yarmigacha san`at asarlarini idrok etish muammolarini o’rganish bilan shug`ullangan. U yoki bu san`at asarini idrok qilayotgan insonning his-tuyg`u doirasini turli yo’nalishdagi ikkita affektni ajratib ko’rsatgan va bu qarama-qarshilikning estetik reaktsiyalarining asosi bo’lmish katarsisda namoyon bo’lishini o’rgangan.



  • Keyinchalik “Ruhiy inqirozning tarixiy mazmuni” asaridan boshlab psixologiyaning umumiy metodologik muammolarini tahlil qilishni boshlagan va buning natijasida individning madaniy durdonasini bilvosita umumlashtirib idrok qilishi jarayonida psixik funktsiyalarning rivojlanishi haqidagi ta`limotni ishlab chiqqan.

  • Keyinchalik L.S.Vigotskiy bolalar psixologiyasi bolaning “YAqin kelajakdagi rivojlanish zonasi” haqidagi nizomni o’z ichiga olgan yangi yo’nalishni yaratdi. Amalda bu muammo defektologiya sohasini rivojlantirdi. L.S.Vigotskiy anomal bolalar psixologiyasi laboratoriyasini yaratdi (1925-1926). Bunda u anomal bolaning rivojlanishi haqidagi yangi nazariyani shakllantirdi. O’zining ishlarining so’ngi bosqichida u tafakkur va nutqning o’zaro munosabatini, ontogenezning rivojlanishini egotsentrik nutqni o’rganish ustida ish olib bordi. Qisqa umr ko’rganiga qaramay, L.S.Vigotskiyning Rossiya va dunyo psixologiyasiga katta hissa qo’shgan. SHuning uchun ham u psixologiyaning “Motsart”i deyiladi. L.S.Vigotskiyning ko’p ishlari bizning zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotgan emas.

Zamonaviy rus yosh davrlari psixologiyasining asosini 1896-1934 L.S.Vigotskiy tomonidan shakllantirilgan asosiy tushunchalarning qat`iy g`oyalari va tizimlari tashkil qiladi.
1920-1930 yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan psixik rivojlanishning madaniy-tarixiy nazariyasini asosi ishlab chiqilgan. Garchi L.S.Vigotskiy tugallangan nazariyani yaratishga ulgurmagan bo’lsa-da, lekin olim ijodida bolalikdagi psixik rivojlanish haqida umumiy tushuncha yoritilgan edi. Keyinchalik, A.N.Leontev, A.R.Luriya, A.V.Zaparojets, D.B.Elkonin, L.I.Bojovich, M.I.Lisina va L.S.Vigotskiy maktabining boshqa vakillari ishlarida rivojlantirib, oydinlashtirilgan va aniqlangan. L.S.Vigotskiyning quyidagi ishlarida madaniy-tarixiy yondashuvning asosiy mazmuni yoritilgan. Bolaning madaniy rivojlanish muammolari 1928, “Psixologiyadagi instrumental metod” 1930, “Bola rivojlanishida vosita va belgilar” 1930, “Oliy psixik funktsiyalarni rivojlanish tarixi” 1930-1931 olimning juda mashhur kitobi “Tafakkur va nutq” 1933-1934 va qator boshqalar. L.S.Vigotskiy XX asrning birinchi o’n yilligida fan sifatida psixologiyani inqirozga yuz tutish sabablarini tahlil qilib psixik rivojlanishning barcha zamonaviy ta`limotlarida unga nisbatan yondashuv qo’llanilganligini aniqladi, ularni biologizator, biologik to’siq yoki naturalistik tabiiylik deb atagan. Biologik to’siq talqini bolaning rivojlanish va hayvonning psixik rivojlanishini bir qatorga qo’yib, tenglashtiradi. L.S.Vigotskiy psixik rivojlanishga nisbatan bildirilgan an`anaviy nuqtai-nazarni baholab, assotsiativ va bixeviorizm psixologiyasiga taalluqli 3 ta asosiy qoidani ajratgan:
- oliy psixik funktsiyalarni ularni tashkil qiluvchi tabiiy jarayonlar tomonidan o’rganish;
- oliy va murakkab jarayonlardan elementargacha bilish;
- xulq-atvorning madaniy rivojlanishini o’ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini e`tiborga olmaslik.
U oliy psixik jarayonlarni tadqiq qilishga bunday yondashuvni, uning umumiy noadekvatligini ko’rsatib, “atomistik” deb atagan. L.S.Vigotskiy an`anaviy yondashuvni tanqid qilib, shunday yozadi bolalar psixologiyasiga oliy psixik funktsiyalar rivojlanishi tushunchasini o’zi begona, u bolaning psixik rivojlanishi tushunchasini bolaning organik etilish funktsiyasi sifatida, miya rivojlanishidan bevosita bog`liqlikda keluvchi, elementar funktsiyalarni biologik rivoji bilan chegaralaydi. L.S.Vigotskiy insonning oliy psixik funktsiyalari rivojlanishini tushunish uchun, biologik bo’lmagan, boshqacha yondashuv zarurligini ta`kidlagan. U bolaning rivojlanishi uchun nafaqat ijtimoiy muhit muhimligini ko’rsatgan, balki bu ta`sirning aniq mexanizmini aniqlashga harakat qilgan. L.S.Vigotskiy quyi elementar psixik funktsiyalarni tabiiy rivojlanish davri va yuqori psixik funktsiyalarni madaniy rivojlanish davri ajratgan. L.S.Vigotskiy tomonidan ilgari surilgan faraz, elementar va yuqori psixik funktsiyalar o’rtasidagi aloqa muammolarini yangi echilishni taklif etgan. Ular o’rtasidagi asosiy farq ixtiyoriylik darajasidadir, ya`ni tabiiy psixik jarayonlar inson tomonidan boshqarib bo’linmaydi, oliy psixik funktsiyalarni odamlar ongli boshqarishi mumkin. L.S.Vigotskiy ongli boshqarish bevosita xarakteri bilan bog`liq, degan xulosaga keldi. Oliy psixik funktsiyalarni yuzaga kelishi va rivojlanishini xarakterlovchi, bilvosita faollikni birmuncha darajada ishonchli bo’lgan modeli Buridin eshagi vaziyatidir.
L.S.Vigotskiy eng avvalo noaniqlikning bu klassik vaziyati yoki muammoli holat ikkita teng imkoniyatlar o’rtasidagi tanlov yuzaga kelgan vaziyatni tubdan o’zgartirishga hal etish yordam beradigan vositalar nuqtai nazaridan qiziqtirgan. L.S.Vigotskiy bo’yicha, inson tomonidan tashlangan qur`a vosita hisoblanib, uning yordamida inson ushbu vaziyatni tubdan o’zgartiradi va hal etadi. Inson reaktsiyasi va ta`sir ko’rsatuvchi stimullar qo’zg`atuvchilar o’rtasida bog`lovchi bo’g`in orqali qo’shimcha aloqa hosil bo’ladi – stimul vosita yoki belgi. Belgilar yoki stimul vositalar- bu psixik qurol bo’lib, mehnat qurolidan farqli ravishda, fizik olamni emas, balki unda harakat qiluvchi sub`ektning ongini o’zgartiradi. Belgi- bu ma`lum bir ma`no ahamiyatga ega bo’lgan har qanday shartli belgidir stimuldir, timsoldir. Inson tomonidan yaratilgan bo’lishi mumkin bo’lgan stimul- vositadan farqli ravishda masalan, ro’molchadagi tugun yoki harorat o’lchagich o’rniga tayoqcha, belgilar bolalar tomonidan yaratilmaydi, biroq kattalar bilan bo’lgan muloqotda ular tomonidan egallanadi. Inson uchun xos bo’lgan oliy psixik funktsiyalarni yuzaga kelishiga ta`sir ko’rsatuvchi, bolaning psixikasini o’zgarish mexanizmi- bu psixik faoliyatni tartibga solish vositasi sifatida belgilar interiorizatsiyasi mexanizmidir.
Interorizatsiya- filogenez va ontogenezda oliy psixik funktsiyalar rivojlanishining fundamental asos qonunidir. L.S.Vigotskiyning oliy psixik funktsiyalarni yuzaga kelishi va tabiati haqidagi farazi shundadir. Bolaning oliy psixik funktsiyasi dastavval boshqa odamlar bilan hamkorlik qilish shakli sifatida, jamoaviy xulq-atvor shakli sifatida yuzaga keladi hamda keyinchalik faqatgina interorizatsiya yo’li orqaligina ular shaxsiy individual funktsiyalarga aylanadi yoki L.S.Vigotskiy yozganidek – bolaning madaniy rivojlanishidagi har qanday funktsiya sahnada ikki marotaba, ikki xil doirada–dastlab-ijtimoiy, so’ngra –psixologik, dastavval interpsixik kategoriya sifatida odamlar o’rtasida, keyin esa intrapsixik kategoriya sifatida bolaning ichida paydo bo’ladi.
Masalan, agar oliy psixik funktsiya sifatida ixtiyoriy diqqat haqida so’z yuritadigan bo’lsak, uning shakllanish bosqichlarini ketma-ketligi quyidagicha dastlab, kattalar muloqotda bolaning diqqatini qaratadi jalb qiladi va yo’naltiradi, asta-sekin bolaning o’zi jest imo-ishora harakatlari va so’zlar ro’yxatini o’zlashtirib oladi- o’zgalarning va o’z diqqatini tartibga solish usullari interorizatsiya etishtirish hosil bo’lish yuz beradi. SHuningdek, nutq ham dastlab, odamlar o’rtasidagi muloqotning tashqi vositasi sifatida namoyon bo’lib, u oraliq bosqichga egotsentrik nutq o’tadi, intellektual funktsiyani bajarishni boshlaydi va asta-sekin ichki, interorizatsion psixik funktsiyaga aylanadi. SHunday qilib, belgi dastlab tashqi doirada, muloqot doirasida, keyin esa ichki doiraga, ong doirasiga o’tadi. Interorizatsiya muammosi o’sha yillardayoq frantsuz ijtimoiy maktablari tomonidan ishlab chiqilgan. Oldindan mavjud bo’lgan va avvaldan assotsiatsiyalashgan individual ongga sirtdan umumiy ongning ayrim shakllari bog`lanadi. E.Dyurkgeym yoki unga tashqi ijtimoiy faoliyat elementlari, ijtimoiy hamkorlik P.Jane kiritiladi.

  • frantsuz psixologik maktablarining tasavvurlari shundan iborat. L.S.Vigotskiy uchun ong faqat interorizatsiya jarayonida shakllanadi - hech qanday na filogenetik, na ontogenetik avvaldan mavjud bo’lgan asotsial ong mavjud emas. Interorizatsiya jarayonida insoniyat ongi shakllanadi mantiqiy tafakkur, iroda, nutq kabi insoniyatga xos bo’lgan psixik jarayonlar, yuzaga keladi. Belgilar interorizatsiyasi bolaning psixikasini shakllantiruvchi mexanizm hisoblanadi. L.S.Vigotskiy oliy psixik funktsiyalar rivojlanishi umumiy tushunchasiga bola xulq-atvorining oliy yuqori shakllarini rivojlanish jarayonini birgalikda hosil qiluvchi ikki guruh hodisani kiritgan.

  • tafakkur va madaniy rivojlanishning tashqi vositalari sifatida til, imlo, hisob, tasvirni egallash o’zlashtirish jarayonlari;

  • maxsus oliy psixiy funktsiyalarni rivojlantirish jarayonlari ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira, tushuncha va boshqa oliy psixik funktsiyalarni farqlovchi belgilari asoslanganlik, ixtiyoriylik, tizimlilik, hayot mobaynida shakllanadi, namunalar interorizatsiyasi yo’li orqali hosil bo’ladi. L.S.Vigotskiy insoniyat rivojlanishining ikki tarixiy bosqichlari- biologik evolyutsion va madaniy tarixiy rivojlanishni ajratib ontogenezdagi rivojlanishning ikkita tipi sifatida ham ularni farqlash va o’ziga xos tarzda alohida qarama-qarshi qo’llashni muhim deb hisoblagan. Ontogenetik rivojlanish sharoitlarida bu ikki yo’l biologik va madaniy-murakkab o’zaro ta`sirda bo’ladi, tutashadi, yaxlit, murakkab jarayonni hosil qiladi. A.M. Matyushkinning ta`kidlashicha, L.S.Vigotskiy uchun asosiy muammo va tadqiqot predmeti ikki turdagi jarayonlar chalkashligini tushunishdan, rivojlanishning har bir bosqichida ularning aniq o’ziga xosligini kuzatishidan, har bir oliy psixik funktsiyaga nisbatan va bosqichlarning har biridagi rivojlanishning yoshga bog`liq va individual tipologik ko’rinishini aniqlashdan iborat bo’lgan. L.S.Vigotskiy uchun qiyinchilik madaniy rivojlanishning alohida jarayonini kuzatish va tushunishida emas, balki jarayonlarning murakkab chalkashligida uning o’ziga xosligini tushunishda edi.


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə