Yosh psixologiyas psixik rivojlanishning asosiy qonuniyatlari



Yüklə 398 Kb.
səhifə4/8
tarix15.06.2023
ölçüsü398 Kb.
#117390
1   2   3   4   5   6   7   8
ABDURAHONOV ASADBEK

Homila bosqichi(9- 38 hafta)
Homila bosqichi oxirgi va eng uzoq davom etadigan bosqich bo‘lib, to‘qqizinchi haftasidan boshlab, tug‘ruq bilan tugallanadi. Bu vaqtda homilaning tana o‘lchamlari kattalashadi va organizm tizimlari faoliyat yurita boshlaydi. 4 oylikdan homilaning og‘irligi 113,4 grammdan 226,8 grammgacha etadi. Oxirgi 5 oyda homilaning og‘irligi 1984,5 grammdan 2268 grammgacha o‘lchamlari kattalashib borishini ko‘rish mumkin.

1. Tuxumdon va urug‘don differensiatsiyasi


2. Qon tomir tizimining faoliyati
3. Homila harakatining onaga sezilishi.
4. Homila boshida soch qoplanishining hosil bo‘lishi .
5. So‘rish va yutish faoliyati.
6. Bosh miyaning maxsus faoliyati.
7. Homilaning hayotchan davri.
8. Og‘irligini tezda ko‘paytirib olishi.
9. Tug‘ruq.
Bu davrda organizm uchun muhim bo‘lgan nerv, nafas olish va ovkat hazm qilish kabi organlarning shakllanishi tugallanadi.
Bu davrning eng muhim hodisalari quyidagilardan iborat.
• Urug‘lanishdan 5-6 oydan so‘ng homilaning qoshlari, kipriklari va sochlari paydo bo‘ladi. Embrional davrning oxiriga borib, erkak embrionda urug‘don, qiz embrionda tuxumdonlar rivojlanadi. Uchinchi oyda urug‘donda tashqi jinsiy belgilar rivojlanishiga ta’sir ko‘ratuvchi garmonlar sintez qilishni boshlaydi: qiz embrionda bu garmon sintezlanmaydi va o‘xshash hujayralardan jinsiy organlar hosil bo‘ladi.
• 4 -haftada hujayralar qavati naysimon bo‘lib o‘raladi. Nayning bir uchi kengayib, undan bosh miya hosil bo‘ladi, qolgan kismidan orqa miya shakllanadi. Homila bosqichi boshlanishiga kelib, bosh miya tarkibida turli tuzilmalar bo‘lib, organizm funksiyalarini boshqaradi. Bu bosqichda miyaning barcha sohalarini o‘sishi amalga oshadi, xususan, odam xulk- atvorining ko‘plab muhim turlarini boshqaruvchi bosh miya po‘stlog‘ining xususiyatlari ham rivojlanadi. Bu o‘zgarishlar homilaning 22 va 28 haftalar o‘rtasida rivojlanayotgan organlarning ko‘pchilik tizimi ishonchli ravishda faoliyat yurita boshlaydi, Shuning uchun homila hayotining bu davri homilaning hayotchan davri deb ataladi. Bu vaqtda homila bola ko‘rinishini oladi. Vaqtidan avval tug‘ilgan bolalarning nafas olish organlarida muammolar tug‘ilishi mumkin. Shuningdek, ular tana haroratini doimiy tarzda boshqarib turolmaydilar. CHunki, ularda teri osti qavatidagi yog‘ qavati mavjud bo‘lmaydi .Bu qavat homilaning 8 - oyida hosil bo‘ladi. Hozirgi zamon neonatal yordamning imkoniyatlari yordamida erta tug‘ilib qolgan bolalar yashab qolishi mumkin. Homila bosqichida xulk -atvor paydo bo‘ladi, homilada faollik davri ko‘rinadi. Ko‘pchilik onalar homila harakatchanligi va tinch vaqtlarini aytib berishlari mumkin. Homilaning ko‘z va quloqlari ta’sirlarga javob beradi, yuragi tezroq urishni boshlaydi, ko‘zlari yorug‘likka pirpirash bilan javob beradi.
Bunday ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, ona qornidagi oxirga oylar homilani mustaqil hayotga, ya’ni, ona organizmidan tashqi hayotga tayyorlab beradi, bu o‘zgarishlar homilador ayol o‘zining bo‘lajak farzandiga sog‘lom atrof-muhitni ta’minlagandagina amalga oshishi mumkin.
Sog‘lom bola tug‘ilishi uchun bo‘lajak onalarga vrachlar asosiy 5ta tavsiyani ta’kidlab o‘tadilar:
1. Homilador ayol davolovchi vrach ko‘rigidan muntazam o‘tib turishi, har oyda, homiladorlikning oxirida har haftada vrach qabuliga borib turishi shart.
2. Homilador ayol to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga roiya qilishi shart. Asosiy ozuqa 5ta asosiy mahsulotlar guruhidan: yormalar, meva va savzavotlar, sut mahsulotlari, go‘sht yoki dukkakli o‘simliklardan tayyorlangan ozuqalar bo‘lishi kerak. Barcha vitaminlar, minerallar va temir moddalardan iborat taomlarni tanovul qilishlari kerak.
3. Alkogol va kofein tutuvchi ichimliklarni iste’mol qilish, chekish tavsiya etilmaydi. Biror bir dori-darmon yoki tibbiy muolajani qabul qilishda avval vrach bilan maslahatlashishlari kerak.
4. Homiladorlik davrida badan tarbiya bilan shug‘ullanish zarur. Agar homilador ayol yaxshi jismoniy holatda bo‘lsa, tana qo‘shimcha og‘irlikni ko‘tarishda qiyinchilikka uchramaydi.
5.Homilador ayol o‘zining toliqib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi, ayniqsa, homiladorlikning oxirgi haftalarida, maxsus mashg‘ulotlarga qatnashishi zarur. U erda ayollarni tug‘ruqqa va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarish qilishni o‘rgatadilar.
Bola hayotining har bir oyi uning jismoniy va psixik im-qoniyatlarining shakllanishidagi muhim davrdir. Ikki, uch oylik bola ham yangi tug‘ilgan chaqaloqdan ancha farq qiladi, uch yashar bola esa o‘z taraqqiyoti bilan bir yashar boladan birmuncha ustun turadi. Ilk bolalik davrda bolaning shaxsi, xarakteri, xulq-atvori ma’lum darajada tarkib topadi. SHu sababli bolaning ma’lum davrdagi rivojlanishi xususiyatlarini tahlil qilganda, bu rivojlanishning oldingi bosqichlarda qanday bo‘lganligini bilish kerak. Bu faqat bolaning rivojlanish jarayonini takomillashtirish va tezlashtirish uchun emas, balki ana shu jarayonning bola kuchiga yarasha va Yosh imkoniyatiga mos keladigan bo‘lishini ta’minlash uchun ham kerakdir.
Pedagogik tajribalarga va mavjud psixologo-fiziologik tekshirish natijalariga asoslanib maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti quyidagi Yosh bosqichlariga ajratiladi.(Bunda bola tug‘ilgandan tortib, to maktabda o‘qiy boshlaguncha bo‘lgan davr hisobga olinadi.)
1.Tug‘ilgandan bir Yoshgacha: chaqaloqlik davri (hayotining birinchi oyi); hayotining birinchi yili - go‘daklik davri.
2. Bir Yoshdan uch Yoshgacha: ilk bolalik davri.
3.Uch Yoshdan etti Yoshgacha: maktabgacha bo‘lgan davr.
Bola psixikasi taraqqiyotining mana shu ko‘rsatilgan davrlari umuman qabul qilingan bo‘lsa ham, bu davrlarni abso­lyut davr deb hisoblash mumkin emas. Yosh davrlariga ajratishda qat’iy chegara yo‘q. U hech kim yil fasllarining almashinuv oyi va soatini ko‘rsata olmaganidek, odam hayotining davrlari o‘rtasidagi chegarani ham aniq ajratish mumkin emas. Shuning uchun yuqoridagi davrlarga ajratishni absolyut deb bo‘lmaydi.
Bola tug‘ildi. Ona organizmi bilan anatomik bog‘lanish uzilgan bo‘lsa-da, bola mustaqil hayot kechira olmaydi, chunki bola ona bilan fiziologik jihatdan bog‘langandir, ona uni o‘z suti bilan boqadi. U yangi, o‘zgacha muhitda yashay boshlaydi. Bola hayotining birinchi kunlari tug‘ilganidagi og‘irligini yuqotadi. Bunga tashqi dunyo sharoitiga moslashish davrida energiyaning ko‘plab sarflanishi sababdir. Bola organizmining, ma’lum vaqt o‘tib, tug‘ilgan davridagi og‘irligiga teng kelishi uning tashqi muhitga, yangi sharoitga moslashganligidan darak beradi. Odatda chaqaloqning og‘irligi 10—12 kun o‘tgach, asli holiga keladi.
YAngi tug‘ilgan bola anatomik-fiziologik tomondan hali etilmagan bo‘lib, katta kishi organizmidan o‘ziga xos tomonlari bilan farq qiladi. YAngi tug‘ilgan bola suyak-muskul tizimining tez o‘sishi bilan kattalardan keskin farq qiladi. Ularning muskul va muskul to‘qimalari juda bo‘sh bo‘ladi. Muskullar asta-sekin qota boshlaydi. Oldin bo‘yin muskullari (bola boshini tuta boshlaydi), keyin tana muskullari (bola o‘tira oladi), undan keyin esa oyoq va qo‘l muskullari etiladi, predmetlar bilan harakat qilish imkoniyati paydo bo‘ladi, bola yura boshlaydi.
YAngi tug‘ilgan bolaning suyagida ohak va boshqa tuzlar kam bo‘lib, u asosan tog‘ay to‘qimalaridan iboratdir. Bosh suyaklar bola 2-3 oylik bo‘lgandagina bir-biri bilan tutashib ketadi. Bosh suyagining peshona va tepa qismlari tepasida katta liqil­doq deb ataladigan oraliq bo‘lib, u qalin parda va teri bi­lan qoplangan bo‘ladi. Bu oraliq bir-bir yarim yildan keyingina suyak bilan qoplanib ketadi.
Yangi tug‘ilgan bola nerv tizimining yuksak qismi — bosh miya yarim sharlari tashqi ko‘rinishdangina kattalar miyasiga o‘xshaydi. Aslida chaqaloqning boshi katta ko‘rinsa-da (miya og‘irligi butun tananing sakqizdan birini, kattalarda esa qirqdan birini tashkil etadi), hali taraqqiy etmagan bo‘ladi. Tanasining umumiy og‘irligi 3-4 kilogramm bo‘lgani holda, miyaning og‘irligi 300 grammdan oshadi. CHaqaloq miyasidagi nerv hujayralari, «ariqchalar» va «izlar»ning soni katta kishilar miyasidan farq qilmaydi, ammo bola miyasi tuzilish jihatidan bir shaklda bo‘lib, «izlar» aniq ko‘rinmaydi, nerv hujayralari tarmoqlarining miqdori kam bo‘ladi.
Nerv tolalarining bir-biridan etarli darajada ajralmaganligidan tashqi olamdan kelayotgan o‘zgarishlar boshqa nerv markazlariga ham ta’sir etadi, bosh miya yarim sharlarida hech qanday aniq va barqaror o‘zgarish joylari paydo bo‘lmaydi. Uning uchun chaqaloq tashqi qo‘zg‘ovchilar ta’siriga qo‘l, oyoq va boshini tartibsiz harakat qilib javob beradi. Miyaning eng «qadimiy» bo‘limlari nafas olish, qon aylanishi, emish, yutinish kabi jarayonlarni ta’minlaydi. Bu nerv tolalari bolaning yashashi uchun etarli miqdorda (nerv tolasi) mielen qobig‘i bilan qoplangan.
CHaqaloq bola bizga eng ojiz zotdek tuyuladi. SHunga qapamay, xuddi shu Yoshning ham kuchli tomoni bo‘lib, bu jihati bi­lan go‘daklar kattalardan ustun turadi,—deb ta’kidlaydi professor E. A. Arkin. Uning fikricha, bolaning kuchi uning o‘sish energiyasida namoyon bo‘ladi. Bola tanasining og‘irligi hayotining birinchi yilida uch barobar ko‘payadi, bo‘yga nisbatan etti oylik bola juda tez o‘sadi va sakqiz oylik bo‘lganda, bo‘yi ikki barobar ortadi, o‘ttiz oyga etganda to‘rt marta ortadi. Bolalar har oyda 2 santimetr o‘sadi. Uning miya og‘irligi har kuni 1,5 grammdan ko‘payadi. Miyaning rivojlanishi sur’ati haqida gapirganda shuni e’tiborga olish kerakki, etti oylik bolaning miyasi 2 marta ko‘paysa, 2-3 Yoshga kelib, uning og‘irligi uch mar­ta ortadi. Miyaning kattaligi deyarli 20 yil mobaynida ortib boradi, katta yarim sharlarning ustki «izlari» murakkablashib boradi.Bolalarning o‘sishidagi bu qadar ulkan jadallik vegetativ nerv tizimiga, bir qator ichki sekretsiya bezlari (bo‘qoq bezi va boshqalar)ga bog‘liq.
Ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqaradigan maxsus garmonlar qonga o‘tib, organizmning o‘sishi va rivojlanishiga katta ta’­sir ko‘rsatadi. Go‘daklarning bu qadar tez o‘sishi ushbu davrning o‘ziga xos tomonini ifodalaydi. Shuning uchun bu davrda bo­laning o‘sishiga va rivojlanishiga ta’sir etadigan barcha narsalar yaxshi bo‘lishi, sifatli ovqat, sof havo, quYosh nuri etarli miqdorda bo‘lishi kerak.
Bolaning nerv faoliyati ikki xil ta’sirda o‘z ifodasini topadi. Bularning birinchisiga shartsiz yoki tug‘ma reflekslar, ikkinchisiga esa shartli reflekslar kiradi. SHartsiz refleks­lar bolaning tug‘ilish paytiga kelganda, ancha etilgan bo‘ladi, buning natijasida qon aylanish, nafas olish va ovqat hazm qilish singari eng zarur vegetativ funksiyalar amalga oshiriladi. Masalan, qorni ochgan chaqaloqning labiga bir narsa tegishi bilanoq, unda emishni bildiruvchi harakatlar paydo bo‘­ladi, bu ovqatlanish refleksi, ya’ni shartsiz refleksdir.
YUqorida qayd qilinganidek, tug‘ilish davrida bosh miya katta yarim sharlari og‘irligi, hajmi va funksiyasi jihatidan rivojlangan darajada bo‘lmasa ham,bosh miya mavjud shart­siz reflekslar zaminida yangi tug‘ilgan bola bilan tashki muhit o‘rtasida eng zarur aloqalar o‘rnatish imkoniyatini beradigan elementar shartli reflekslar hosil qilishga qodirdir.
Bola hayotining birinchi kunlaridan boshlab individual hayot kechirish jarayonida tashqi muhit bilan aloqa vujudga keladi. Bola hayotining ikkinchi oyida unda barcha sezgi organlariga xos shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Lekin tadqiqotchilarning ko‘rsatishicha, bola hayotining bu davridagi refleks­lar zaif ifodalangan va beqaror bo‘ladi.
Bolaning o‘sishi va rivojlanishi jarayonida egallayotgan reaksiyalari barqaror bo‘la boradi, tez paydo bo‘la boradi va anchagina differensiyalashadi.
Modomiki, bolada shartli reflekslar hayotining birinchi oylarida paydo bo‘lar ekan, bola tarbiyasini ham hayotining bi­rinchi oylaridan boshlab to‘g‘ri tashkil etish lozim. Bu esa bolaning rivojlanishi va xulq-atvorida salbiy xususiyatlar kelib chiqmasligining oldini oladi, bola taraqqiyotining normal bo‘lishini ta’minlaydi. Markaziy nerv tizimining ruhiy bo‘limlari rolining ortib borishini asosiy nerv jarayonlari — qo‘zg‘alish va tormozlanishning ifodalanishida aniqroq ko‘rish mumkin bo‘ladi. Odatda tormozlanish ikki turda: ichki va tashqi turga ajratiladi. Ichki tormozlanishning eng yorqin ifodasi uyqudir. Tormozlanishning tashqi ifodasi bolani tarbiyalash tufayligina hosil bo‘ladi. Buning uchun asosiy ozuqa (masalan, sut) bilan birga, bolaga yana boshqa qo‘shimcha (doimo sut ichiriladigan shishachani almashtirib qo‘yish) ham ta’sir etadi. CHaqaloq tug‘ilgandan boshlab uning atrofidagilari har tomonlama qo‘llab- quvvatlaydilar. Ular bola organizmini jismoniy parvarish bilan ta’minlaydilar, o‘rgatadilar, tarbiyalaydilar, insoniy psixologik va axloqiy jihatlarni o‘zlashtirishga, jamiyatda yashash sharoitlariga moslashuviga yordam beradilar. Bolani ota-onalar va kattalar tomonidan qo‘llab quvatlash, tug‘ilishidan boshlab, toki bola katta bo‘lib, mustaqil hayot tarzini kechira olguncha davom etadi.
CHaqaloq tug‘ilgandayoq amalda qo‘llashga tayyor bo‘lgan sensor va harakat malaka instinktlariga ega bo‘ladi, bu uning olamga moslashib olib o‘z rivojlanishida tezgina o‘sib ketishga yordam beradi. CHaqaloqda tug‘ilganidan boshlab, masalan, ko‘pgina murakkkab harakatlar, asosan organizmni etilish jarayonida genetik berilgan dastur asosida, Shuningdek, reflektor, ya’ni bu harakatlar dasturi kaliti sifatida kodlangan o‘ziga xos ichki va tashqi rag‘batlar ta’sirida hayotining birinchi soatlaridan keyin maxsus tayyorgarliksiz, darhol yuzaga keladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xatti-harakatlarning tug‘ma, instinktiv shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti-harakatlarni va yangi tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘dak Yoshidagi bolalarning asosiy xususiyatlaridandir. Organik ehtiyojlarning etarli darajada qondirib borilishi, to‘g‘ri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va to‘g‘ri tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga ega bo‘lishiga, harakatga, muloqotga, nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar turkumi yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bola tug‘ilishining birinchi haftasidanoq, uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal sur’atda rivojlanadi.
Tug‘ruqxonalarda bolalar hayotlarini birinchi kunidayoq kunduzgi yorug‘lik tushib turgan deraza tarafiga yuzi bilan instinktiv buriladi.
O‘tkazilgan tadqiqotlardan aniqlandiki, tug‘ilganiga bir yarim sutka bo‘lgan bola miyasida ko‘ruv organiga rangli qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javob potensiallarini ko‘rish mumkin. Bu vaqtga kelib miyada shartli reflekslar shakllanishi yuzaga keladi.
Hid bilish eng muhim sezgi organi sifatida u tug‘ilgandan keyin darhol ishlay boshlaydi. SHunday o‘ziga xoslikka oddiy ko‘rish, harakat va eshitish ham ega. Bola hayotining boshlang‘ich ikki oyida og‘zini chetiga qandaydir predmet bilan teginganda, bunga javoban reflektor o‘girilish qobiliyatini namoyon etadi, barmoqlari ustiga tegilsa, ularni qattiq siqib oladi, qo‘llari, oyoqlari, boshi bilan umumiy koordinatlashmagan harakatlarni amalga oshiradi. Unda yana harakatlanayotgan ob’ektlarni ko‘zi bilan kuzatish, ular tomoniga boshini o‘girish qobiliyati ham mavjud.
CHaqaloq narsalarning mazasini ajrata oladi. U boshqa narsalar mazasiga qaraganda shirin suyuqlikni xush ko‘radi va hatto shirinlik darajasini aniqlay oladi. CHaqaloq hidlarni sezadi, ularga boshini burish, yurak urishi va nafas olishi chastotasini o‘zgarishi bilan javob beradi. YAna bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. SHubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
O‘tkir yorug‘likdan bola «bevosita» ta’sirlanadi, ya’ni o‘tkir yorug‘likka qaray olmay, undan ko‘zini yumadi. Predmetlarni ko‘z bilan idrok qila olmaydi, chunki ularda ko‘rish mexanizmi hali o‘sib etmagan bo‘ladi, bu mexanizmlar kattaroq Yoshda paydo bo‘ladi. Etti - to‘qqiz kunlik bola ba’zan sekin harakatlanayotgan predmetga qarab qoladi, lekin uzoq vaqt qarolmaydi. Ko‘zini bir nuqtaga qaratish psixik taraqqiyotda muhim rol o‘ynaydi. Bola ikki-uch oylik bo‘lganda, yaqinidagi predmetlarni ikki ko‘zi bilan kuzata oladi, unda asosiy rang va shakllarni farq qila olish qobiliyati paydo bo‘ladi. Olti oyligida u ranglarga nisbatan o‘z munosabatini ham bildira boshlaydi, yoqqan rangiga intilsa, yoqmaganini itaradi, undan yuzini o‘giradi. YAngi tug‘ilgan bolaning eshitishi zaifroq bo‘ladi, shunga ko‘ra u hali o‘zi eshitib, odatlanib qolmagan juda kuchli qo‘zg‘ovchilarga javob beradi, lekin ovozning qaysi tomondan kelayotganligini ajrata olmaydi. Bola ikkinchi oyining oxirlariga borgandagina eshitayotgan tovushiga e’tibor bera boshlaydi, tovushning qaerdan kelayotganini qidirib, u yoq bu yoqqa qaraydi. Tovush manbaini topishni o‘rgangan uch oylik bola gapirayotgan kishini o‘z ko‘zlari bilan tez topib oladi, o‘sha tomonga qarab, gapiruvchiga o‘z munosabatini ifodalaydi. Ana shu vaqtdan boshlab, uning tevarak-atrofiga bo‘lgan munosabati ancha kengaya boradi.
Bolaning tobora diqqat bilan eshita va ko‘ra borishi uning umumiy taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga egadir. Lekin ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar faqat bolaning tevarak-atrof bilan o‘zaro munosabatida bo‘lishi natijasida takomillashadi. Bolaning o‘z ko‘zi bilan ko‘ra olishi ma’lum hayot tajribasi natijasidir. Bolaning eshitish orqali idrok etishi ham oldindan tovushlarni ajratishga va ularni sintez qilishga o‘rganib boradi. Bolaning eshitib bilib olishi shartli bog‘lanishlarning sifatiga bog‘liqdir. YAngi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yor­dam beradi.
Bola organizmiga o‘zini saqlash va rivojlanishiga yordam beruvchi jarayonlar guruhi tug‘ma ravishda berilishini alohida aytib o‘tish joizdir. Ular ovqat hazm qilish, qon aylanish, nafas olish, tana harorati, moddalar almashinuvi jarayonlari va hokazolarni boshqarish bilan bog‘liq. SHubhasiz, so‘rish, himoyaviy, mo‘ljal oluvchi, ushlab oluvchi, tayanch harakati va qator boshqa reflekslar tug‘ma hisoblanadi, bularni barchasi bola hayotining ikkinchi oyida aniq ko‘rinadi.
Tug‘ilganidan boshlab bolaning nafaqat sezgi organlari ishlashga tayyorligi ma’lum bo‘lmay, balki bosh miyasi ham faol ishlay boshlaydi. Onalar chaqaloqning faqatgina psixika va xulqning tug‘ma shakllarinigina bilmasdan, balki organizmni tabiiy rivojlanish jarayonini ham bilishi kerak. Hayotining birinchi oylarida harakatlarning rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
CHaqaloq motorikasi tug‘ilganidan boshlab etarlicha tashkiliylikka ega, u holatlarni boshqarishga mo‘ljallangan ko‘pgina mexanizmlarni o‘z ichiga oladi. CHaqaloqda ko‘pincha oyoq-qo‘llarining yuqori harakatchanlik faolligi paydo bo‘ladi, bu kelajakda koordinatlashgan harakatlarni murakkab majmuini shakllanishida ijobiy ahamiyatga ega.CHaqaloq bolalarda qo‘l-oyoqlar bukilib, barmoqlar musht bo‘lib turadi.
Hayotining birinchi oylarida, bola bezovtalangan paytlarda, qo‘l va oyoqlarning harakati juda betartib, bir-biriga moslashmagan, beixtiyor holda bo‘ladi. Keyin harakatlar asta-sekin «ongli»lashib boradi va bu harakatlar yangi sezgilarning manbai bo‘lib xizmat qiladi, bu murakkabroq harakatlarga o‘tishni tayyorlaydi. 3-3,5 oylik bola, unda hali aniq koordinatsiyalashgan harakat bo‘lmasa ham, qo‘llarini o‘yinchoqlarga uzatadi. Aniq koordinatsiyalashgan harakat 4 oyli bolada yaxshi ko‘rinadi. Bola o‘yinchoqni bemalol qo‘liga ololadi. Uni tutib olib, u-bu yog‘iga qaraydi, og‘ziga tegizib ko‘radi va shu yo‘l bilan ko‘plab har xil taassurotlar oladi. Ikki oylik bola, qorni bilan yotqizib qo‘yilsa, boshini ko‘tara boshlaydi. Uch oylikda esa yotgan holda tirsagiga tiranib turadi va bemalol u yoq-bu yoqqa qaray oladi. SHu bilan birga, qo‘ltig‘idan tutib turilsa, oyog‘ida turadi. 8-8,5 oyligida boshqalarning yordamisiz o‘tira oladi, emaklaydi va biror narsaga suyanib oyog‘ida tura oladi. 12-13 oyligida o‘tirib, tura oladi, birovning yordamisiz qadam qo‘ya oladi, demak, bola yura boshlaydi. Bolaning vaqtida yurib ketmasligiga salomatligiiing nochorligi, chaqaloqligida ko‘p kasal bo‘lganligi va umu­miy harakat hamda sezgi organlarining kech rivojlanishi sabab bo‘ladi.
Bolaning harakatlari rivojlanishi hayotini birinchi yilida judayam tez maromda kechadi, o‘n ikki oy ichida erishilgan taraqqiyot hayratlanarli.
CHeklangan qo‘l-oyoq, boshni tug‘ma umumiy elementar harakatlar to‘plamidan iborat imkoniyatga ega bo‘lgan, amalda yordamga muhtoj mavjudotdan bola kichkina odamga aylanadi, u nafaqat ikki oyoqda oson turuvchi, balki muhitda nisbatan ozod va mustaqil harakatlanuvchi oyoqlar harakati bilan bir vaqtda lokomotsiyalardan ozod fazoda (harakatni ta’minlovchi funksiyalar) qo‘l bilan murakkab boshqaruv harakatlarini va atrofdagi olamni tadqiq etishga mo‘ljallangan harakatlarni amalga oshira oladi. YAngi tug‘ilgan bolada diqqat qilish qobiliyati bo‘lmaydi. Unda turli qo‘zg‘ovchilar ta’sirida asta-sekin ixtiyorsiz diqqat rivojlanib boradi. Bolaning tasavvur doirasi qancha kisqa bo‘lsa, uning o‘zi uchun tanish va yangi bo‘lgan predmetga nisbatan diqqati shuncha intensiv va davomli bo‘ladi. Diqqatning psixik ta’siri ma’lum, u sezgi kompleksini idrokka aylantirib, psixik jarayonlarning o‘tishini kuchaytiradi va tasavvurlarning xotirada mustahkam saqlanishiga yor­dam beradi.

Bоlaning оna qоrnidagi o’sish davri оnaning оrganizmiga uzviy bоg‘liq hоlda kechadi. Chaqalоqning barcha hayotiy funktsiyalari - оvqatlanish, nafas оlish, nafas chiqarish, havо harоratining o’zgarishiga va atmоsferadagi mоddalar almashinuviga mоslashish va hоkazоlar оnaning оrganizmi оrqali amalga ishadi. Chaqalоqning tug‘ilishi sifat o’zgarish daqiqasni ijtimоiy rivоjlanishning yangi ko’rinishi bоshlanadigan nuqta ekanligi bilan muhim ahamiyatga etadir. Shuning uchun tug‘ilish tabiatning chaqalоq оrganizmini kuchli larzaga keltiruvchi mo’hjizasidir. Bunda оna qоrnidagi barqarоr muhitda yashagan jоnzоt favqo’lоdda yangi sharоitga, sоn-sanоqsiz xоssa va xususiyatlarga ega bo’lgan qo’zg‘оvchilar dоirasiga tushadi. Avval chaqalоq оrganizmining оna оrganizmidan ajralishi sоdir bo’lib, ijtimоiy-tabiy sharоitlarga mоslashuvi bоshlanadi. Uning murrak оrganizmida tub o’zgarishlar ro’y beradi, uning yangi sharоitlarga ko’nikish davri kurashlar оstida o’tadi. Chaqalоq оrganizmi miqdоr va sifat o’zgarishlariga, tashqi оlamning qarshiligiga, ta’siriga, tazyiqiga duch keladi; fazо, vaqt va harakat muammоlari mutlaqо bоshqacha tarzda uning bоsh miya katta yarim sharlari po’stida aks eta bоshlaydi. Chaqalоqda оna оrganizmi bilan anatоmik, mоrfоlоgik va kоnstitutsiyaviy bоg‘liqlik davri tugagan bo’lsa-da, birоq u dastlabki daqiqalardan bоshlabоq mustaqil ayta оlmaydi, оnaga fiziоlоgik jihatdan tоbeligacha qоlaveradi. Chaqalоq uchun оrganizmi talab qiladigan оvqat, оqsillar mazkur o’sish pallasida оna suti оrqali bоrib turadi. Bоla оnaning qоrnida mo’tadil harоratda, оziq yetarli darajadagi sharоitda, hattо, оrganizmning funktsiоnal hоlati ham оna оrganizmiga bevоsita bоg‘liq hоlda yashagan bo’lsa, tug‘ilishi bilanоq birdaniga yangi, murakkab, qiyin sharоitga tushib qоladi. Tug‘ilgan chaqalоq havо bo’shlig‘i va havоning bоsimiga duch kelishi sababli tabiy talabga ko’ra uning nafas оlishi va nafas chiqarishi o’zgaradi. Salqin havо оqimiga tushishi bilan harоratning ta’siriga mоslashish uchun harakat qiladi. Unda оvqatlanish usuli va vоsitasi ham o’zgaradi, ya’ni plantsentar оziqlanish (оna оrganizmidan bevоsita qоnga mоddalar so’rilishi)dan оziqlanish (оvqat оg‘iz bo’shlig‘i оrqali meda-ichakka bоrishi)ga o’tadi.


Chaqalоq hayvоnlarning bоlalariga qaraganda himоyaga muhtоjrоq, nоchоrrоq bo’lib tug‘iladi. Tug‘ilish arafasida unda nasliy yo’l bilan mustahkamlangan ayrim mexanizmlar, shartsiz reflekslar paydо bo’ladiki, bular yangi hayot sharоitiga mоslashishni birmuncha engillashtiradi. Chaqalоq tug‘ilganda uning оvqatlanish reflekslari ma’lum darajada shakllangan asоsan, so’rish, emish reflekslari o’z vazifasini adо etishga tayyor bo’ladi. Chaqalоqning labiga va tilining shilimshiq pardasiga birоr qo’zg‘atuvchi tegishi bilan unda ixtiyorsiz ravishda so’lak ajrala bоshlaydi. Оna ko’kragini emishda uning bоshqa har qanday harakatlari sekinlashadi yoki mutlaqо to’xtaydi. Psixоlоglar M.P.Denisоva va N.L.Figurinlar chaqalоqlardagi mazkur jarayonni chuqurlashtirib оvqatga yo’nalish reaktsiyasi deb atadilar. I.P.Pavlоv takbiricha, bunda shartsiz reflekslar vujudga kelib, u idrоk qilinadigan narsaga idrоk qiluvchi оrganni qo’zg‘atuvchi eng qulay yo’nalishida aks etadi. Natijada emish mexanizmining ta’siridagi xatti-harakatlar qisman, yoki butunlay tоrmоzlanadi. Chaqalоqning yangi sharоitda yashashini taminlоvchi asоsiy оmil tug‘ilishda unda vujudga kelgan tabiy mexanizmlardir. U tashqi sharоit va muhitga mоslashish imkоnini beradigan, nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Tug‘ilganidan bоshlab mazkur reflekslar оrganizmda qоn aylanishi, nafas оlish hamda nafas chiqarishni tahminlaydi. Birinchi kundanоq kuchli qo’zgatuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpratish, uning qоrachig’ini kengaytirish yoki tоraytirish mexanizmlari ishlay bоshlaydi. Bu reflekslarni himоya reflekslari deyiladi. Chaqalоqda himоya reflekslaridan tashqari, qo’zg‘atuvchilar bilan alоqa o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni оrientir reflekslari deb ataladi. Chaqalоqlarni kuzatishlarda ikki-uch kunlik bоla xоnaga quyoshnuri tushishi bilan bоshini yorug‘lik tоmоnga burishi, chaqalоq xоnaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqоl ko’rindi. Yuqоrida aytilgan reflekslardan tashqari, bоlada bir nechta tug‘ma tabiy reflekslar ham uchraydi: emish refleksi оrziga tushgan narsani so’rishda o’z ifоdasini tоpsa, qo’l kaftiga birоr narsaning tegishi ushlash, chang sоlish reaktsiyasini vujudga keltiradi, o’zidan narsani itarish, uzоqlashtirish refleksi mavjudligini ko’rsatadi va bu hоl tоvоnga qandaydir jism tegishi bilan uni o’zidan uzоqlashtirishda namоyon bo’ladi. Psixоlоg V.S.Muxinaning fikricha, chaqalоqda tug‘ilishiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga hоmilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkоnini yaratadi. Sharq allоmalarining fikricha, chaqalоqda tug‘ma reaktsiyalarning bоshqa guruhi ham mavjud bo’lib, beshik tebratilganda chaqalоqning yig‘idan to’xtashi ixtiyorsiz harakati, sekinlashuvi shundan dalоlat beradi. Qadim zamоnlardan beri beshik, so’rg‘ich va hоkazоlarda chaqalоqni yupatishning, uning ixtiyorsiz harakatini to’xtatishning, diqqatini оvqatga va favqo’lоtda hоlatga to’plashning muhim vоsitasi sifatida fоydalaniladi. Qatоr tug‘ma-tabiiy reaktsiyalar chaqalоq hayoti uchun juda muhimdir. Ana shu shartsiz reflekslar tufayli u yangi, ung‘aysiz sharоitga ko’nikib bоradi va o’xshash tarzini mavjud yo’nalishga uyg‘unlashtiradi. Uning yangi muhitda оvqatlanishi va nafas оlishi ana shu reflekslarning bevоsita funktsiyasi hisоblanadi. Bоla tug‘ilgunicha undagi barcha jarayonlar, оnaning оrganizmi оrqali amalga оshgan bo’lsa, tug‘ilganidan keyin mutlaqо bоshqacha tarzda amalga оsha bоshlaydi. Masalan, o’pka bilan nafas оlish, оg‘iz (оg‘iz, ichak, оshqоzоn kabi biоlоgik оrganlar оrqali) оvqatlanish vujudga keladi. Buni psixоlоgiyada reflektоr mоslashish deb ataladi.
Muskul tuzilmasining ishtirоkida nafas оlishning ritmli-harakatlari amalga оshadi. Bu jarayon оvqatlanish, emish (so’rish) reflekslari yordamida vujudga keladi. Chaqalоqning tug‘ma reflekslari dastlabki paytlarda nоmutanоsib ishlashi sababli u teztez qalqib ketadi, jismоnan darrоv tоliqadi (tez uyquga ketadi yoki uyg‘оnadi). Chaqalоqning butun faоliyati, faоlligi оrganizmni оziq bilan taminlashga, to’yishga yo’nalgan bo’ladi. Оrganizmning termо regulyatsiyasi ham alоhida ahamiyat kasb etib, bоlani o’zgaruvchan mikrоmuhitga tоbоra mоslashtirib bоradi. Chaqalоqlik davri insоnning kamоl tоpishida xulq-atvоrning tug‘ma-instinktiv ko’rinishlari: nafas оlish, оvqatlanish, harоratdan ta’sirlanish va hоkazоlar sоf hоlda namоyon bo’lishi bilan alоhida ahamiyat kasb etadi. Mazkur оrganik (mоddiy) ehtiyojlar chaqalоq uchun psixik o’sishning negizi vazifasini o’tay оlmaydi, ammо ular birgalikda individining yashashini taminlaydi. Psixоlоgik tadqiqоtlardan ma’lum bo’lishicha, qatоr tug‘ma reflekslar bоlaning o’sishiga to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir etmasa ham, uning tabiiy-biоlоgik ehtiyojlarini qоndirishda ishtirоk qiladi. Bularga ativistik tirmashish, sudralish, emaklash kabi nasliy reflekslar kiradi va ayrim reflekslar (tirmashish, chang sоlish) bоrgan sari susayib bоradi. Chaqalоqda ushlash, o’zini to’tish reflekslarining paydо bo’lishn unga fazоda to’g‘ri harakat qilishga imkоn yaratadi. Tоm ma’nоdagi sudralish - bоlaning narsalarga qo’l cho’zishidan bоshlab, оldinga intilishida ko’rinadi. Bu jarayon keyinrоq yanada taraqqiy eta bоshlaydi. Tug‘ilishga yaqin chaqalоqda qulоq va ko’z mexanizmlari o’z vazifasini o’tashga tayyor bo’ladi. Bundan tashqari, unda qatоr himоya va оrientir reflekslari (o’ta yorug‘likka qarash natijasida ko’zni pirpiratish, bоshini оlib qоchish, burish, kuchli tоvushdan cho’chish kabilar) ham mavjud bo’ladi. Ammо chaqalоqda ko’rish va eshitish apparatlari оrqali o’z diqqatini birоr оbektga to’plash imkоni bo’lmaydi, chunki оbektni tanish, tоvushni ajratish, sezish imkоniyati bоlada keyinchalik vujudga keladi. Chaqalоq uchun tug‘ma, mexanizmlar yangi sharоitga mоslashish (ko’nikish) uchun kifоya qilmaydi. Shu bоisdan uni tarbiyalashda qo’shimcha tarbiyaviy tadbirlar qo’llanmasa, chaqalоq o’sishdan оrqada qоlishi mumkin. Chaqalоq оna qоrnidagi yashash sharоitidan atmоsferada hayot kechirishga o’tgan dastlabki paytlarda uning uyqu va uyqusizlik hоlatlari o’rtasida keskin chegara bo’lmaydi. Tug‘ilgan chaqalоqning vazni tez kamaya bоradi. Buning sababi undan suyuqlik mоddasining chiqib ketishi, vaznsizlik hоlatidan atmоsfera bоsimiga, quyoshnuriga, turli xususiyatli mоddalar ta’siriga, o’zgaruvchan havо harоratiga mоslashish davrida ko’p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqalоqlarning ham individual, ham jismоniy tafоvutlari ko’zga tashlanadi. Оradan ko’p vaqt o’tmay chaqalоq vaznining kamayishi tabiy ravishda to’xtaydi va uning yangi muhitga mоslashishi bоshlanadi. Kindik tushish davri оrganizmda keskin o’zgarishlar yo’zberish pallasi hisоblanib, murg‘ak оrganning mustaqil yashayotganidan dalоlat beradi. Chaqalоqning оldingi vazniga yetish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g‘ri keladi. Chaqalоq оrganizmining anatоmik-fiziоlоgik, mоrfоlоgik tuzilishi bo’yicha bоshqa yoshdagi оdamlarnikidan farqi kam rivоjlangani, zaifligi, ish qоbiliyatining kuchsizligidir. Uning suyak tuzilmasi, pay-muskullari va tоg‘ay to’qimalarining o’sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham suxbat, ham sifat jihatidan farqlanadi. Chaqalоqdagi muskullarning takоmillashishi harakat negizini vujudga keltiradi, shu bilan, birga har bir biоlоgik оrganning mustaqil harakati va faоliyatini taminlashga xizmat qiladi. Bоlada bo’yin muskullarining o’sishi bo’ynini to’tishga оlib kelsa, tana muskullarining rivоjlanishi kattalar yordamida ag‘anash imkоnini, qo’l va оyoq muskullarining yetilishi esa jismоniy harakat qilishi, jismlarga qo’l cho’zish uchun sharоit yaratadi. Chaqalоqning anatоmik-fiziоlоgik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak tuzilmasida оhak mоddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvоhi bo’lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko’prоq tоg‘ay to’qimalari bajaradi. Bоsh suyaklari bоlaning ikki оyligida o’zarо qo’shilib ketadi. Bоsh suyakning peshоna va tepa qismlari o’rtasida liqildоq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qоplangan оraliq mavjud bo’ladi. U bоla bir Yoshdan оshganidan keyin suyak bilan qоplanib bоradi, lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi. Chaqalоq nerv tuzilmasining yuksak darajada rivоjlangan qismi, ya’ni bоsh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi bilan katta оdamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida uydan ko’p farq kiladi. Оdamlarni o’zarо qiyoslasak ajоyib manzarani ko’ramiz: miyaning оg‘irligi chaqalоq tanasining sakkizdan bir va katta оdamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqalоqlarda bоsh gavdaga nisbatan kattarоq ko’rinsa-da, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning оrganizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqalоqning оg‘irligi 3-5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining оg‘irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xоlоs. Chaqalоqning miyasi hujayralarining miqdоri, aritsialarning yaqqоl ko’zga tashlanmasligi, nerv hujayralari tarmоg‘i jihatdan katta оdamlarning miyasidan farq qiladi. Yuqоridagi fikrlarni isbоtlashga harakat qilgan psixоlоg E.A.Arkinning takidlashicha, bоla tug‘ilishga harakat qilayotgan paytda uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tоlalarida melin qоbig‘i bo’lmaydi.

Tug’ilish davri inqirozi. “Tirilish kompleksi” haqida

Go’daklikdagi psixologik rivojlanish asoslari va xususiyatlari Chaqaloqlik (tug’ilganidan boshlab bir-ikki oylikkacha). Bola ko’pchilik jonivorlarning bolasiga qaraganda ancha ojiz tug’iladi. U nisbatan cheklangan xulq-atvor, tashqi olamga moslashishning muqarrar-reflektor shakllari jamg’armasiga ega bo’ladi. Tug’ma xulq-atvor shakllarining kamligi bola kuchsizligini emas, kuchini tashkil etadi – u deyarli cheksiz aqliyrivojlanish, xulq-atvorning yangi shakllariga ega bo’lishning yangi tajribalarini o’zlashtirish imkoniga sohib bo’ladi. Chaqaloq rivojlanishining farqli xususiyatlari shuki, uning analizatorlari faoliyati somatik (jismoniy) harakatlarga qaraganda tezroq shakllanadi. Shu asosda munosabat refleksi rivojlanadi va xilma-xil shartli reflektor aloqalari shakllana boshlaydi. Chaqaloqlik davri oxiri va go’daklikning boshlanishida «tetiklanish kompleksi» - kattalarnnig paydo bo’lishiga munosabat bildirish paydo bo’ladi. Go’daklikda (bir-ikki oylikdan bir yoshgacha) go’dak to’laligicha kattalarga bog’liq bo’ladi (uni ovqatlantirishadi, Yuvintirishadi, yo’rgaklashadi, ag’darib qo’yishadi, qo’lga olishadi, sayr qildiri-shadi, allalashadi, gapirishga, Yurishga o’rgatishadi va h.k.). ²ayotining birinchi yili so’ngiga kelib go’dak ayrim so’zlarni tushunadi va ilk so’zlarni ayta boshlaydi. Tasodifan odamlar davrasidan chiqib qolgan inson bolasi o’z rivojlanishida insoniy imkoniyatlar darajasigacha ko’tarila olmaydi. Faqat ijtimoiy muhit va ta’lim natijasidagina bolada insonlarcha his qilish va fikrlashga qodir shaxsiyat shakllanadi. Go’daklik so’ngida bolalar kattalarga taqlid qila boshlaydilar. Maqsadli harakat va taqlid intensiv rivojlanayotgan intellektdan (aqliy faoliyatdan) dalolat beradi. Bola harakat jarayonida, o’zining va boshqalarning harakatlariga taqlid qilib, fikrlashga o’rganadi.


2. Ilk bolalik yoshi tavsifi
Ilk bolalik yoshi (bir yoshdan uch yoshgacha). Ko’pchilik psixologlar tug’ilgandan voyaga etgunga qadar insonning psixologik rivojlanish yo’lining o’rtasi 3 yosh deb hisoblashadi. Uch yoshli bola o’z-o’ziga xizmat qila oladi, atrofdagi odamlar bilan o’zaro munosabatga kirishishni biladi. Bunda u og’zaki muloqot qilishni biladi, unda xulq-atvorning eng oddiy shakllari shakllanadi. Bola uch yoshda etarlicha faol va atrofdagilarga tushunarlidir. Uning xarakteri va temperamenti xususiyatlari allaqachon namoyon bo’la boshlaydi. L.N.Tolstoy shunday deydi:
Besh yoshdan to mengacha – bir qadam, Tug’ilishdan besh yoshgacha – abadiyatdir. Xomiladan tug’ilishgacha – girdobdir, Yo’qlikdan homilagacha – mavhumlikdir.
Bolaning psixik rivojlanishiga to’g’ri Yurishga o’rganish sezilarli ta’sir ko’rsatadi.


Lokomosiya («loko» - joy, «mosiya»-harakat) dasturi hali shakllanmagan, shuning uchun bola doimomuvozanatini yo’qotadi. ²arakatlana olishi qobiliyati tufayli bola tashqi dunyo bilan nisbatan erkinroq va mustahkamroq muloqot qilish davriga kirib keladi. Mushak hissi masofani hisoblash va buyumlarning makondagi joylashuvini aniqlash mezoniga aylanadi. Bolaning psixik rivojlanishiga predmetlar harakati sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Narsalar, predmetlar mohiyati bola tomonidan bolalik davrida egallanadi. Bolalik oxirida (hayotning uchinchi yilida) yangi faoliyat turlari (rasm chizish, kuylash, haykaltaroshlik, loyihalashtirish) Yuzaga kela boshlaydi. Predmetli faoliyatda belgilangan taasssurotlarning to’planishi bola nutqining rivojlanishiuchun asos bo’lib xizmat qiladi. Faqat so’z ortida real dunyo obrazlari turgandagina bu so’zning o’zlashtirilishi muvaffaqiyatli kechadi. Agar bola, ma’lum bir sababga ko’ra, bu yoshda nutqrivojlanishi uchun zarur shart-sharoitdan mahrum bo’lsa, unda yo’qotilgan imkoniyat o’rnini to’ldirish oxir-oqibat juda murakkab bo’lib qoladi, chunki bu yosh nutq rivojiga nisbatan senzitiv (sezgir)dir: aynan mana shu paytda nutq o’zlashtirilishi ancha samarali kechadi. Ilk bolalik yoshi – bolada faol nutq shakllanishi davridir. Bir yarim yoshgacha bola 30-40 tadan 100 tagacha so’z o’zlashtiradi, ikkinchi yil oxirida bola 300 tagacha, uchinchi yil oxirida esa 1500 tagacha so’z ishlatadi. Nutq rivojlanishi ona tilining tovush xususiyati va grammatik tuzilishini egallashni taqozo etadi. Dastlab bola nutqni so’zning umumiy ritmik-melodik (tezlik, ohang) tuzilishini ilib olish yo’libilan qabul qilsa, ikkinchi yil oxiriga kelib u ona tilining barcha tovushlarini fonematik qabul qiladigan bo’ladi va shu asosda lug’at va so’zlarni to’g’ri talaffuz qilishni o’rganadi. Faol nutqning shakllanishi bolaning butun psixik rivojlanishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ilk bolalikdagi aqliy rivojlanish. Bolalik avvalida bola atrofidagi predmetlar xususiyatini, predmetlar orasidagi eng oddiy aloqalarni ilg’aydi va ulardan foydalana boshlaydi. Bu predmetli faoliyat, oddiy elementar o’yin shakllari, rasm chizish, nutqni egallash bilan bog’liq ravishda ro’y beruvchi keyingi aqliy rivojlanish uchun asos bo’ladi. Bolalikda aqliy rivojlanish asosini bolada shakllanayotgan idrok etish va fikrlash harakatlarining yangi turlari tashkil etadi. Bu yoshda avtodidaktik, o’zi o’rgatuvchi o’yinchoqlar (matryoshkalar, qutichalar, kubchalar, mozaika va boshqalar) bolani tez rivojlantiradi. Ko’rish bilan birga bolalikda eshitish orqali qabul qilish ham rivojlanadi. Ayniqsa fonematik eshitish jadal rivojlanadi. Odatda, ikkinchi yil so’ngida bolalar ona tilining barcha tovushlarini qabul qiladi. Biroq fonematik eshitishning mukammallashishi keyingi yillarda ham ro’y beradi. Fikrlash rivoji uchun vositali harakatlar juda muhim. Vosita bolaning predmet dunyosiga ta’sir qilishiga xizmat qiladi. Bola eng katta tajribani kattalar bilan nutqiy muloqot natijasida qabul qiladi. Hayotning uchinchi yilida bola aqliy rivojlanishida muhim siljish sodir bo’ladi – ongning belgili. (yoki ramziy) funksiyasi shakllana boshlaydi. U bir ob’ekt o’rnini bosuvchi sifatida boshqa bir ob’ektdan foydalanish imkoniyatidan iborat. Bunda predmetlar bilan emas, balki ularning o’rnini bosuvchilar bilan harakat amalga oshiriladi.Turli belgilar va ularning tizimidan foydalanish – inson psixikasining o’ziga xos eng xarakterli xususiyati. Belgilarning har qanday turi (til, matematika ramzlari, surat va musiqada mohirona ifodalangan dunyo va h.k.) odamlar orasidagi muloqot uchun xizmat qiladi, predmet hamdahodisalar vazifasini bajaradi va anglatadi. Erta yoshda belgili funksiya dastlab amaliy faoliyat bilan bog’liq ravishda rivojlanadi va faqat keyinchalik so’zlardan foydalanishga o’tiladi.Bola va katta yoshdagi odam. Ontogenezda kattalar bilan muloqot bolalarda birdaniga paydo bo’ladi, ancha keyin esa bolaning tengdoshlari bilan munosabat o’rnatilad
1.Chaqaloqlik davri psixologik xususiyatlari.
2. Go’dak va muloqot.
3.His-tuyg’uning o’sishi


Chaqaloqning yangi sharoitda yashashini ta’minlovchi asosiy omil tug’ilishda unda vujudga kelgan tabiiy mexanizmlardir. U tashqg’i sharoit va muhitga moslashish imkonini beradigan, nisbatan etilgan nerv sistemasi bilan tug’iladi. Tug’ilganidan boshlab mazkur reflekslar organizmda qon aylanishi, nafas olish hamda nafas chiqarishni ta’minlaydi. Birinchi kundanoq kuchli qo’zg’atuvchilarga nisbatan ko’zni qisish, pirpiratish, uning qorachig’ini kengaytirish yoki toraytirish mexanizmlari ishlay boshlaydi. Bu reflekslarni himoya reflekslari deyiladi. Chaqaloqda himoya reflekslaridan tashqari, qo’zg’atuvchilar bilan aloqa o’rnatishga xizmat qiladigan reflekslar ham bo’ladi. Bularni orientir reflekslari deb ataladi. Chaqaloqlarni kuzatishlarda ikki uch kunlik bola xonaga quyosh nuri tushishi bilan boshin yorug’lik tomonga burishi, chaqaloq xonaga asta kirib kelayotgan nur manbaini ham sezishi yaqqol ko’rindi. Yuqorida aytilgan reflekslardan tashqari, bolada bolada bir necha tug’ma tabiiy reflekslar ham uchraydi; emish refleksi og’ziga tushgan narsani so’rishga o’z ifodasini topsa qo’l kaftiga biror narsaning tegishi ushlash, chang solish reaktsiyasini vujudga keltiradi. o’zidan narsani itarish, uzoqlashtirish refleksi mavjudligini kursatadi va bu hol tovonga qandaydir jism tegishi bilan uni o’zidan uzoqlashtirishda namoyon bo’ladi. Psixolog V.S.Muxinaning fikricha, chaqaloqda tug’ilshiga qadar ham shartsiz reflekslar bo’lishi, unga homilalik paytidayoq o’z qo’lini so’rish imkonini yaratadi. Tug’ilgan chaqaloqning vazni tez kamaya boradi. Buning sababi undan suyuqlik moddasining chiqib ketishi, vaznsizlik holatian atmosfera bosimiga, quyosh nuriga, turli xususiyatli moddalar ta’siriga, o’zgaruvchan havo haroratiga moslashish davrida ko’p kuch-quvvat sarflanishidir. Bu davrning kechishida chaqaloqlarning ham individual, sham jismoniy tafovutlari ko’zga tashlanadi. Oradan ko’p vaqt o’tmay chaqaloq vaznnining kamayishi tabiiy ravishda to’xtaydi va uning yangi muhitga moslashishi boshlanadi. Kindik tushish davri organizmda keskin o’zgarishlar yuz berish pallasi hisoblanib, murg’ak organnning mustaqil yashayotganidan dalolat beradi. Chaqaloqning oldingi vazniga etish davri hayotining birinchi o’n kunligiga to’g’ri keladi. Chaqaloq organizmining anatomik- fiziologik, morfologik tuzilish bo’yicha, boshqa yoshdagi odamlarnikidan farqi ham rivojlangani, zaifligi, ish qobiliyatining kuchsizligidir. Uning suyak sistemasi , pay-muskullari va tog’ay to’qimalarining o’sishi katta yoshdagi kishilarnikidan ham sur’at, ham sifat jihatidan farqlanadi. Chaqaloqdagi muskullarning takomillashishi harakat negizini vujudga keltiradi; shu birga har bir biologik organning mutaqil harakati va faoliyatini ta’minlashga xizmat qiladi. Bolada bo’yin muskullarining o’sishi bo’ynini tutishga olib kelsa, tana muskullarining rivojlanishi kattalar yordamida ag’anash imkonini, qo’l va oyoq muskullarining etilishi esa jismoniy harakat qilish, jismlarga qo’l cho’zish uchun sharoit yaratadi. Chaqaloqning anotamik-fiziologik tuzilishini tahlil qilsak, uning suyak sisitemasida ohak moddasi va har xil tuzlar etishmasligining guvohi bo’lamiz. Shu sababli suyak funktsiyasini ko’proq tog’ay to’qimalari bajaradi. Bosh suyaklari bolalarning ikki oyligida o’zaro qo’shilib ketadi. Bosh suyakning peshona va tepa qismlari o’rtasida liqildoq deb ataladigan qalin parda va teri bilan qoplangan oraliq mavjud bo’ladi. U bola bir yoshdan oshganidan keyin suyak bilan qoplanib boradi, lekin u haqiqiy suyak bo’lmaydi. Chaqaloq nerv sistemasining yuksak darajada rivojlangan qismi, ya’ni bosh miya katta yarim sharlari tashqi ko’rinishi bilan katta odamnikiga aynan o’xshasa ham, aslida undan ko’p farq qiladi. Odamlarni o’zaro qiyoslasak, ajoyib manzarani ko’ramiz: miyaning og’irligi chaqaloq tanasining bir va katta odamlarda esa qirqdan bir qismini tashkil etadi. Chaqaloqlarda bosh gavdaga nisbatan kattaroq ko’rinsada, u hali juda bo’sh, mukammallashmagan bo’ladi. Ularning organizmi jadal sur’at bilan o’sish davridan o’tadi. Bu davrda chaqaloqning og’irligi 3-5 kg bo’lishiga qaramay, miyasining og’irligi 300-350 grammni tashkil qiladi, xolos. Chaqaloqning miyasi xujayralarining miqdori, “ariq”chalarning yaqqol ko’zga tashlanmasligi, nerv xujayralri tarmog’i jihatidan katta odamlarning miyasidan farq qiladiYuqoridagi fikrlarni isbotlashda harakat qilgan psixolog E.A.Arkinning ta’kidlashicha,
-bola tug’ilishga harakat qilayotgan paytida uning miyasini bir xil kulrang massa tashkil etadi, uning nerv tolalarida mislin qobig’i bo’lmaydi.
Chaqaloq boshqa yosh davridagi odamlarga qaraganda kuchsiz, zaif, ojiz ko’rinsa-da, ba’zi jihatlari bilan kattalardan ustunlik qiladi. E.A.Arkinning fikricha, chaqaloqlik davrining kuchli jihatlari ko’pincha uning o’sish quvvatida o’z ifodasini topadi. U har oyda ikki sm dan o’sadi, uning og’irlig har kuni 1,6-2 grammdan ortib boradi. Uning shiddatli sur’at bilan o’sishi ko’proq
individning vegetativ nerv sistemasi, ichki sekretsiya (buqoq, qalqon osti va usti) bezlarining faoliyatiga bevosita bog’liqdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqargan maxsus gormonlar qonga so’rilib, organizmning jismoniy o’sishini belgilaydi.
Chaqaloqning g’oyat jadal sur’atlar bilan o’sishi shu davrning o’ziga xos xususiyati bo’lib, uning o’ishiga ta’sir etuvchi omillar ovqat, sof havo, quyosh nuri, nafas olish, parvarish va hokazolar.
Odatda chaqaloqning nerv faoliyati shartsiz va shartli reflekslar ta’sirida vujudga keladi.
Shartsiz tug’ma reflekslar bolaning tug’ilishi arafasida etarli darajada etilishi sababli unda qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, siydik chiqarish singari eng muhim vegetativ funktsiyalar amalga oshadi. Masalan qorni och chaqaloqlar labiga biror narsa tegishi bilan unda emish harakati vujudga kelib, so’laklari oqa boshlaydi. Bu ovqatlanishning shartsiz refleksi deyiladi.
Bolada taassurot olish ehtiqji paydo bo’lishi bilanoq, orientir refleksi bilan aloqa o’rnatadi,
hissiy ilish organlarining tayyorlik darajasiga muvofiq mavjud ma’lumotlarni qabul qiladi va shu jarayonda o’zini ham rivojlantiradi. Chaqaloqning ko’ruv va eshituv apparati dastlabki kundanoq ishga tushsa ham, ular hali etilmagan bo’ladi. Shu sababli ko’rish sezgisini yorug’lik, eshitish sezgisini esa qattiq tovush vujudga keltiradi. Bola harakatdagi jismlarni kuzatishga intilsa ham, aslida qimirlamay turgan narsalarga ko’proq diqqatini to’playdi. Uning ruhiy dunyosida ko’ruv va eshituv apparatlariga mos ravishda diqqatning muayyan ob’ektga to’planishi jarayoni asta-sekin vujudga keladi.
Chaqaloqning sezgi organlari uning harakatiga qaraganda durustroq rivojlangan bo’ladi.
Masalan, chaqaloq achchiqni shirindan, issiqni sovuqdan, ho’lni quruqdan farqlay oladi. Uning hid bilish organlari juda zaif bo’lishiga qaramay, burniga yoqimsiz hidli modda yaqinlashtirilsa, bezovtalanadi. Bola teri tuyush, haroratni his qilish, sezish, og’irlikni faxmlash, ta’m bilish sezgilari ham etarli darajada rivojlangan bo’ladi.
Chaqaloqda jismlarni, odamlarni, atrof-muhitni kattalar kabi yaxlit va aniq idrok qilish imkoniyati bo’lmaydi. Chunki idrok qilish insonning boshqa psixik jarayonlari (xotira, tasavvur, tafakkur), ruhiy holatlari (his-tuyg’u, o’ng’aysizlanish) va o’ziga xos tipologik xususiyatlari bilan uzviy bog’liqlikda amalga oshadi. Shuning uchun chaqaloqda mazkur imkoniyat o’ta cheklangan bo’lib, sezgi organlari oddiy aks ettirish imkoniyatiga ega.
Yangi tug’ilgan bolada kuchli yorug’likni aks ettirish imkoni bo’ladi va u yorug’likdan turli darajada va shaklda ta’sirlanadi, hatto, ko’zlarini yumib oladi. Ko’rish mexanizmlari hali o’sib ulgurmagani sababli tinch holatdagi yoki harakatdagi jismni idrok qila olmaydi. Goho o’n kunlik chaqaloq harakatdagi jismga nigoh tashlagandek ko’rinsa-da, aslida unga bir necha sekund termilishdan nari o’tmaydi.
Chaqaloqda eshitish sezgisi zaif rivojlangan bo’lsa ham, u hali o’zi eshitishga moslashmagan
kuchli qo’zg’atuvchilarni (tovush, qichqiriqni) aks ettira oladi, biroq tovush kelayotgan ob’ektni aniq topa olmaydi.
Ko’rish va eshitish organlarining muayyan ob’ektga yo’nalishi oyoq-qo’l va boshning harakatida, bolaning yig’lashdan to’xtashiga ko’rinadi.
N.L.Figurin va M.P.Denisovning ia’kidlashicha, bolaning bir oylikkacha davridagi tetiklik holati (uyg’oqligi) ko’rish va eshitishga yo’nalgan shartsiz reflekslar tufayli faollashib boradi; tovush ta’siriga berilish 2-3 haftalikda vujudga keladi. Shuning uchun bola surnay sadosiga quloq soladi va yig’idan yoki harakatdan to’xtaydi. Bir oylik bo’lgach unda orientir refleksi namoyon bo’ladi.
(I.P.Pavlov). Shu sababdan chaqaloq gaplashayotgan odamga tikiladi va ixtiyorsiz hatti harakatdan o’zini tiyib turadi. Bola ob’ektni ko’rish va tovushni eshitish uchun diqqatini to’playdigan bo’lgach harakatining faollashuvida ancha o’zgarishlar ro’y beradi. Odatda uning harakati ixtiyorsiz va tartibsiz ravishda
amalga oshib, jismlarga ko’z yugurtirish, boshini burish bilan tugasa ham, harakat hodisasi vazifasini bajaradi: o’zida hulqining sodda ko’rinishini ifodalab, bolani voqelik, tashqi olam bilan uzviy bog’laydi.
D.B.Elkonin fikricha, chaqaloq hayotininng uchinchi haftasida onaning emizishdagi holatiga moslashish bilan bog’liq birinchi tabiiy shartli refleks vujudga keladi va keyinchalik esa ba’zi qo’zg’atuvchilarga javob tariqasida alohida shartli reflekslar ham paydo bo’ladi. his-tuyg’uning o’sishi (jonlanish).
Chaqaloqning hayoti qichqiriq sadosi bilan boshlanadi va bu ko’pincha shartsiz reflector xususiyatidan kelib chiqadi. Dastlabki qichqiriq tovush orlag’i qisilishining bevosita mahsuli sifatida, organizmning tabiiy ehtiyoji natijasida vujudga keladi. Qisilish avval nafas olish refleksini ham boshqaradi. Shunga qaramay, mutaxxassis olimlarning fikricha, birinchi qichqiriq noxush histuyg’uning namoyon bo’lishidir. Qisilish tanglik (zo’riqish) tuyg’usining vujudga kelishidir. Shuning uchun chaqaloqdagi muskul reaktsiyasi bilan emotsional munosabatni farqlash ancha qiyin. Qichqiriq noxush kechinma va sezgilarga javob tariqasida vujudga kelib, issiqqa, ochlikka va namlikka qarshilik vazifasini bajaradi. Chaqaloqni to’g’ri tarbiyalash jarayonida qichqiriq emotsional
kechinmalarning yana bir turi yig’lashga aylanadi. Yig’lash bola jismniy og’riqni, ruhiy qayg’uni, iztirobni tabiiy aks ettirishining manbai bo’ladi, tashqi olam bilan aloqa o’rnatishning eng zarur vositasi sifatida chaqaloqning hayot faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. U noxush tuyg’ularnigina aks ettirib qolmay, tabiiy ehtiyojzlarni qondirish mexanizmi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bola bir oyga to’lgach o’zini parvarish qilayotgan odamga initiladigan, talpinadigan bo’ladi va buning misoli tariqasida uning kishilar orasida “o’z” kishisini tanishi va ajratishin aytish mumkin.
Mazkur psixolog holatni N.L.Figurin va M.P. Denisovalar “jonlanish” deb ataganlar. Bu davrda, bolaning psixik dunyosida tetiklik, his-tuyg’usida esa atrof-muhitdan ta’sirlanisho’z aksini topadi. Ularning fikricha, bolaning katta yoshdagi odamlarga o’z munosabatini bildirishi uning bundan keyingi o’sishini belgilovchi bosqich vazifasini o’taydi.
Psixolog E.K.Kaverina bolaning tashqi ta’siriga javob bildirishini tadqiq qilib, unda odamning va jismlarga munosabat bir xilligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, insonning aft-angoriga qarab ijobiy his-tuyg’ular uyg’onishi keyinchalik vujudga keladi. Ta’sirga berilish va ta’sirlanishning mazkur shakli bola bilan kattalar o’rtasidagi aloqaning boshlang’ich ko’rinishi hisoblanadi. Shaxslararo aloqaning bu shakli chaqaloqlik davrining tugashi va ilk bolalikning boshlanishidan dalolat beradi.
Psixolog D.B.Elkonin nazariyasiga ko’ra chaqaloqlik davridan ilk bolalik, go’daklik davriga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir.

Go’daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati
Go`dakning bir yoshgacha davridagi psixologik xususiyatlarini o`rganish bo`yicha qator tadqiqotlar mavjud. Shular orasida N.L.Figurin, M.P.Denisova, M.Yu.Kistyakovskaya, A.Vallon, D.B.Elkonin, Ye.A.Arkin, S.Fayans, Sh.Byuler, F.I.Fradkinalarning asarlari alohida ahamiyatga molikdir.
S.Fayans tajribasida go`dakka chiroyli va jozibador o`yinchoqlar 9 sm masofadan ko`rsatilganda u butn vujudi bilan ularga intilgan keyinchalik oraliq 60 sm bo`lganida bolaning intilish, qo`l cho`zishi, sustlashgan va nihoyat ular 100 sm dan ko`rsatilganda bolada intilishi, cho`zilishi, ixtiyorsiz harakati mutlaqo so`ngan.
U o`yinchoq bilan bir qatorda turgan katta kishiga ham ana shunday befarq qaragan. Masofa qanchalik qisqarsa, bolaning unga intilishi, qiziqishi shunchalik kuchayib borishini kuzatib borish mumkin.
Yuqoridagi tajriba materiallari asosida, shunday xulosa chiqarish mumkin: kattalr go`dak qatnashayotgan faoliyatni jonlantiradilar. Go`dakni qurshab turgan jismlar borgan sari uning nigohini o`ziga tortib, maftun qilib, qo`zg`atuvchi vazifasini bajarib, bolaning qidirish, mo`ljal olish, chamalash faoliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadqiqotchi A.V.Yarmolenko yarim yoshlik go`daklarda jozibali narsalarning o`zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Mkallif olgan ma`lumotlarga qaraganda, go`dak bexisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan. Shu bilan birga harakatsiz ko`ruv qo`zg`atuvchisiga diqqatni to`plash 26 sekunddan 37 sekundgacha, harakat qilmayotgan odamga bolaning tikilishi 34 sekunddan 111 sekundgacha, harakatdagi ko`ruv qo`zg`atuvchisiga qarashi, 41 sekunddan 78 sekundgacha, harakatdagi insonga e`tibor berishi 49 sekunddan 186 sekundgacha ortgan. Tajribada go`dakning harakatlanayotgan odamga diqqatni to`plab turishi to`rt marotaba ortgani aniqlangan.
Harakatning psixologik xususiyatlari va mexanizmlarini qator tajribalar asosida o`rgangan olimlardan D.B.Elkoninning ishonch bilan ta`kidlashicha 2-3 haftalik go`dakda ko`z konvergentsiyasi vujudga kelsa ham, o`z nigohini turli jismlarga qaratib turish jarayoni qiyin kechadi, hayotining 3-5 haftalarida esa uning nigohi oz fursat bo`lsada, muayyan ob`ektga to`plana boshlaydi. 4-5 haftalik go`dakda 1-1,5 metr naridagi jismlarni kuzatish ko`nikmasi hosil bo`ladi. Ikki oylik bola 2-4 metr uzoqlikdagi narsani kuzatishni o`rganadi, u uch oyligida 4-7 metr oraliqdagi jismlarni ham payqay oladi, nihoyat, 6-10 haftalik go`dak hatto, aylanayotgan predmetning harakatini idrok qilish imkoniyatiga ega bo`ladi. Keyinchalik hissiy organlarining ko`z bilan funktsional aloqalar o`rnatish qaror topadi. Go`dak to`rt oyligida uning jismga tikilish va uni tomosha qilishi nisbatan barqaror bo`ladi.
Katta yoshli kishilar tovushiga taqlid qilib, go`dakni qurshab turgan odamlar nutqini idrok qilinishi tom ma`nodagi nutq faoliyatini tarkib toptiradi. Muloqotning so`nggi turlari go`dak hayotining ikkinchi yarim yilida ko`zga tashlanadi. Uning o`zini parvarishlayotgan, odamlarga ilk tabassum, quvonch va shodlik tuyg`usi bilan boqishi faqat xush kechinmalaridan emas, balki ichki mexanizmlarini ifodalovchi, muayyan darajada tashkil topgan ijobiy ta`sirlanishni aks ettiruvchi muloqotdan ham iboratdir. Katta yoshli odamlardan ta`sirlanish his-tuyg`usi go`dakning hayoti va faoliyatida bir necha yo`nalishda qaror topib boradi. Ulardan bittasi quvonch yoki tabassum tuyg`usida: kattalarga butun vujudi bilan talpinishi, tikilib turishi, harakatlarini kuzatishi, qo`lini uzatishi, boshini qo`zg`atuvchi kelgan tomonga burishi, o`ziga xos tovushlar chiqarishi yoki gugulashida yaqqol ko`rinadi. Ta`sirlanish his-tuyg`usi “jonlanish majmuasi” bilangina emas, balki uning alohida tarkibiy qismlari (tovush, chehra va hokazolar) ta`sirida ham vujudga keladi. Ta`sirlanish tuyg`usi keyinchalik tanlovchanlik xususiyatini kasb etib, faqat ayrim (yaqin, tug`ishgan) kishilarga nisbatangina hosi bo`ladi.
O`zgalar nutqini tushinish ko`ruv idrokining zamirida vujudga keladi. Bolani o`zgalar nutqini tushinishga o`rgatishda katta odamlar biror o`yinchoqdan ta`sirlanishi hosil qiladigan qo`zg`atuvchini uyg`otadi.
Nutqni idrok qilish va tushunishning oxirgi bosqichi go`dakning 9-10 oyligidan boshlanadi va uni o`zgalarnutqini tushunishning ilk shakli va ko`rinishi deb ataladi.
Tadqiqotchi F.I.Fradkina kattalarning go`dakka qaratilgan nutqidan quyidagi ta`sirlanish holatlarini ko`rish mumkinligin aniqlagan: .
1) nomi aytilgan prkdmetga javob tariqasida burilib qarash (7-8 oylikdan);
2) turmush tajribasiga egallangan harakatlarni kattalar eslatishi bilanoq bajarishga intilish (7-8 oylikda);
3) kattalarning nutq orqali ko`rsatmasi bo`yicha oddiy topshiriqlarni bajarish (9-10 oylikda);
4) nutq orqali ko`rsatma bo`yicha zarur predmetni tanlab olish. (10-11 oylikda);
5) “Mumkin emas” degan taqiqlovchi so`z ta`sirida harakatini to`xtatish (12 oylikda va hokazo.
Go`dakda o`zgalar nutqini idrok qilish va unga javob berishga intilish, xususan qo`zg`atuvchiga javoban u yoki bu harakatni amalga oshirish murakkablashib boraveradi. Bular uning aqliy imkoniyatlari darajasiga (tiyrakligiga, topqirligiga) bevosita bog`liq bo`lib, bola ulardan ta`sirlanish natijasida narsalarga nigoh tashlaydi, uni ushlab olish uchun qo`l cho`zadi, unga emaklab boradi. Tushunish vujudga kelayotgan jarayonda favqulodda holatga qarab ta`sirlanishning o`zi ham murakkablashib boradi. Dastlab ta`sirlanish biror jismga nisbatan paydo bo`ladi, keyinchalik biror jismni boshqa ob`ektlar bilan yonma-yon turgan joyidan tanlab olish birmuncha qiyinchilik bilan ko`chadi. Tushunishning rivojlanish bosqichlari ko`ruv idroki bilan nutq o`rtasidagi o`ziga xos munosabat tariqasida namoyon bo`ladi. Shuning uchun tushunish, ya`ni nutqni idrok qilish go`dakni orientirlash faoliyati negizida vujudga kelib, ko`ruv orientiri shaklida ifodalanadi. Tushunishning o`zi ham ko`ruv orientirning o`sishidan yangi bosqich hisoblanib, harakatning so`z bilan boshqaruv bosqichiga ko`chganligini bildiradi.
SHunday qilib, bir yoshgacha go`dak egallagan eng qimmatli xususiyat paydo bo`ladi va u boladagi ijtimoiy ehtiyojning vujudga kelishida va uning shu ehtiyoj orqali katta yoshdagi odamlar bilan bevosita muloqotga kirishida o`z ifodasini topadi. Shuning uchun jismlar bilan maqsadga muvofiq xatti-harakatlarni birgalikda amalga oshirishda, bilish jarayonlari va shakllari zamirida muloqotga ehtiyoj tug`iladi. Go`dakning o`sishi kattalar bilan muloqotga kirishish natijasida ro`y beradi.
Go`daklik davridagi bоlaning ‘ayoti to`liq kattalar bilan qilinadigan emоtsiоnal munоsabat bilan bоg’liq bo`lib bоla kayfiyatining yaхshi bo`lishiga to`g’ridan-to`g’ri ta`sir ko`rsatadi. 4-5 оylikdan bоshlab bоla o`z yaqinlarini bеgоnalardan ajrata bоshlaydi.
Kattalar bilan emоtsiоnal munоsabat shu yoshdagi bоlalarning asоsiy еtakchi faоliyati bo`lib uning psiхik taraqqiyotining asоsi bo`lib hisоblanadi. Kattalarning dоimiy ravishda bоla bilan birga bo`lishi uning o`ziga nisbatan diqqatning qaratilishiga o`rganib qоlishi, o`yinchоqlarga nisbatan qiziqishining pasayishiga оlib kеlishi mumkin.
Tarbiyaning to`g’ri оlib bоrilishi bоlaning kattalar bilan bo`ladigan muоmala-munоsabatini prеdmеtlar, o`yinchоqlar bilan munоsabatiga almashinishiga оlib kеladi. Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha хatti –хarakatlari bоlaning kеlgusi psiхik rivоji uchun asоs bo`ladi. Kattalarning bоlaga qilgan emоtsiоnal munоsabati asоsida ularning gaplariga bоlaning diqqat qilishi javоb qaytarishga хarakat qilishi baozi, so`zlarni yodida saqlab qоlib emоtsiya bildirishi diqqat, хоtira, nutq va bоshqa bilish jarayonlarining rivоjlanishiga zamin bo`ladi.
Ikki оylik vaqtidan bоshlab bоlada оddiy ranglarni ajratish, 3-4 оyligidan bоshlab esa prеdmеtlarning shaklini ajratishi layoqati yuzaga kеla bоshlaydi.
Go`dak bоla 2 оylik vaqtidan bоshlab, o`z оnasining yuzini va оvоzini yaхshi biladi.2-3 оylikdan bоshlab esa, оnasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli хarakatlar bilan javоb qaytaradi.3-4 оyligidan bоshlab esa, bоlalar yaqinlariga o`z хarakatlari bilan ko`rish, eshitish yoki gapirishni хохlayotganligini ko`rsatadilar.
8 оylikdan bоshlab esa, bоla bеgоna muхit va bеgоna qo`lga tushsa o`z хavоtirini yig’isi оrqali nоmоyon etadi bu хavоtir esa 14-18 оylikga bоrib asta –sеkinlik bilan kamaya bоshlaydi.
2-3 оylik bоlalarda yuzaga kеladigan ushlay оlish хarakatlarining shakllantirish ularda prеdmеtlarning shakli va kattaligini idrоk qilishlarini rivоjlanishiga оlib kеladi.
Bir yoshga yaqin bоlada atrоf muхitni bilishga qiziqishga va rivоjlangan bilish faоlligi ko`zga tashlanadi.
Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari.
Go‘daklik davri bolaning tugalganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tutiladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltiriman xatgi-harakatlarning tugma, instinktav shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi. Insonga xos bo‘lgan xatti— harakatlar, yanga tajribalarni egallash uchun beqiyos imkoniyatlarning borligi go‘daklik yoshidaga bolalarning' asosiy xususiyatlaridir. Agar organik ehtiyojlar yetarli darajada qondirib borilsa, ular o‘zlarining asosiy bo‘lish ahamiyatini yuqotadi: to‘tri tashkil etilgan kun tartibi, rejim va tarbiya natijasida bola psixik rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan taassurotlarga, harakatga, muloqotga nisbatan yangi turdagi ehtiyojlar gurkumi yuzaga keladi, Bola tugilishining birinchi haftasidanoq uning ko‘rish va eshitish sezgilari jadal suratda rivojlanadi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, katgalarning tovushlariga e’tibor bera boshdaydi. Yangi tugilgaya chaqaloqning miya og‘irligi kattalar miyasining 1/4 qismiga to‘gri keladi, nerv hujayralarning soni esa xuddi kaggalarniki kabi bo‘lib, lekin ular yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi.
Ilk go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, harakat holatidan juda jadal ravishda rivojlanadigan, quvnoq bolaga aylanish davridir. U Qisqa vaqt ichida katgalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishta o‘rganadi. U atrof olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlar yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Go‘dak yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. Juda qisqa vaqt ichida atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan, faol, tez ilgaydigan, harakatchan yordamga chaqira oladigan, qaggalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.
Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorlikdagi emotsional munosabat bilan bogliq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lipgiga to‘g‘ridan-to‘gri ga’sir ko‘rsatadi, 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajraga boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu yoshdagi bolalarning asosiy yetakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asoei bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishi, unga iisbatan dyudatyaing qaratilyuliga odatlashshsh, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan buladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan muyaosabatining almashinshpiga olib keladi. Kattalar yordami bilan bajariAadigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Katgalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularshshg gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratish, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildiriyash, diqqat, xotara, nuta; va boshqa bilish jarayonlaryugang rivojlanishiga zamin bo‘ladi, Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi.
Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuziii va ovozini o‘zgalarnshsidan ajrata boshlaydi. 2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.
« 3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga uz harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishshg xoxdayotganligini kursatadilar, 8 oylitadan boyaglab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar quliga tushsa, o‘z xavotirini yigisi orqali namoyon egadi. Bu xavotir 14-18 oyligada asta—sekinljk bilan kamaya boiglaydi.
2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir yoshga yetgan bolada atrof muhitni biljshga qiziqishi va rivojdanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.
3,2, Ilk bolalik davrida nsixik taraqqiyot


2. Ilk bolalnk davrida psixik taraqqiyot
Ilk bolalik davri.- Go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichi ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi, Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatta molik, uiing kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi - muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘tri yurishi, mulohotta kirishishi va predmeatsh faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura olish imkoni bolani, doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti—harakatlari bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan bo‘ladilar. 3-7 yoshgacha bulgan davr bogcha yoshi davri xisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasida juda tez sifat uzgarishlari bulishini inobatga olgan xolda 3 davrga (3-4yosh) kichik maktabgacha davri(4-5yosh)kichik bogcha yoshi urta maktabgacha davr( urta bogcha yoshi) 6-7 yosh va katta maktabgacha davr katta bogcha yoshilarga ajratish mumkin.Bola rivojlvnish jarayonida odamlarning ilgari utgan avlodlari tomonidan yaratilgan predmet va xodisalar olami bilan aloxida maxsus munosabatga kirishadi.Bola insoniyat kulga kiritgan barcha yutuklarni faol ravishda uzlashtirib,egallab boradi.Bunda predmetlar olamini,xamda ular yordamida amalga oshiriladigan xatti – xarakatlarni, tilni , odamlar orasidagi munosabatlarni egallab olishi, faoliyat motivlarining rivojlanishi, kobiliyatlarning usib borishi, katta yoshli kishilarning bevosita yordamida amalga oshirilib borilmogi kerak Asosan mana shu davrdan boshlab bolaning mustakil faoliyati kuchaya boshlaydi. Bogcha yoshdagi bolalarga beriladigan tarbiya ularning murakkab xarakatlarini takomillashtirish, elementar gigiena, madaniy va mexnat malakalari xosil kilish, nutkini ustirish xamda ijtimoiy axolk va estetik didning dastlabgi kurtaklarini yuzaga keltirish davridir.
Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning bogcha yoshdagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida kanday xarakter xislatlari paydo bulishi belgilanadi va axlokiy xarakterning asoslari yuzaga keladi.
Bogcha yoshdagi bolalarning kuzga tashlanib turuvchi xususiyatlaridan biri ularning serxarakatligi va taklidchanligidir.Bola tabiatnining asosiy konunini shunday ifodalash mumkin:bola uzluksiz faoliyat kursatishni talab kiladi,lekin u faoliyat natijasidan emas, balki faoliyatning bir xilligi va bir tomonlamaligidan charchab koladi.Mana shu suzlardan bogcha yoshidagi bola tabiatning asosiy konuni bulmish serxarakatligini ortik cheklab tashlamay,balki maksadga muvofik ravishda uyushtirish kerakligi yakkol kurinib turibdi.
Kattalar va tengdoshlari bilan bulgan munosabat orkali bola axlok normalari, kishilarni anglash, shuningdek, ijobiy va salbiy munosabatlar bilan tanisha boshlaydi. Bogcha yoshidagi bola endi uz gavdasini juda yaxshi boshkara boshlaydi. Uning xarakati muvofiklashtirilgan xolda buladi. Bu davrda bolaning nutki jadal rvojlana boshlaydi. U yangiliklarni egallashga nisbatan uzi bilganlarini mustaxkamlashga extiyoj sezadi. Uzi bilgan ertagini kayta-kayta eshitish va bundan zerikmaslik shu davrdagi bolalarga xos xususiyatdir
* Bogcha yoshdagi bolalar extiyoji va kizikishlari jadal ravishda ortib boradi. Bu avvalo keng doiraga chikish extiyoji, munosobatda bulish, uynash extiyojlarinig mavjudligidir. Bogcha yoshidagi bolalar nutkni bir muncha tula uzlashtirganlari va xaddan tashkari xarakatchanliklari tufayli ularda uzlariga yakin bulgan katta odamlar va tengdoshlari bilan munosobatda bulish extiyoji tugiladi. Ular tor doiradan kengrok doiradagi munosobatlarga intila boshladilar. Ular endi kuni-kushnilarning bolalari bilan xam jamoa bulib uynaydilar.
Xamma narsani bilib olishga bulgan extiyoj kuchayadi. Bogcha yoshidagi bola tabiatiga xos bulgan kuchli extiyojlardan yana bir uning xar narsani yangilik sifatida kurib bola uni xar tomonlama bilib olishga intilishidir.
Bogcha yoshdagi bolalar xayotida va ularning psixik jixatidan usishida kizikishning roli xam kattadir.Kizikish xuddi extiyoj kabi bolaning biror faoliyatga undovchi omillardan biridir. Shuning uchun xam kizikishni bilish jarayoni bilan boglik bulgan murakkab psixik xodisa desa buladi.
Bolaning kamol topishida kizikishning axamiyati shundaki, bola kizikkan narsasini mumkin kadar chukurrok bilishiga intiladi va binobarin uzok vakt davomida kizikkan narsasi bilan shugullanishdan zerikmaydi. Bu esa uz navbatida bolaning dikkati xamda irodasi kabi muxim xislatlarni ustirishga va mustaxkamlashishga yordam beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati bu uyindir. Bogcha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari masalasi asrlar davomida juda kup olimlarning dikkatini uziga jalb kilib kelmokda.
Bogcha yoshidagi bolalar uzlarining uyin faoliyatlarida ildam kadamlar bilan bilan olga karab borayotgan sermazmun xayotimizning xamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar.
Maolumki, bolaning yoshi ulgayib mustakil xarakat kilish imkoniyati oshgan sari uning atrofdagi narsa va xodisalar buyicha dunyoskarashi kengayib boradi.
Bogcha yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatga bulishiga intiladi. Bu urinda shu narsa xarakterliki bola bilishga tashnaligidan atrofdagi uzining xaddi sigadigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bulgan uzining kuchi xam yetmayligan, xaddi sigmaydigan narsalar bilan xam amaliy munosobatda bulishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani, tramvayni uzi xaydagisi, rostakam otga minib yurgisi,uchuvchi bulib samolyotda uchgisi va rostakam militsioner bulgisi keladi. Birok tabiiyki bola uzidagi bunday extiyojlarning birontasini xam xakikiy yul bilan kondira olmaydi. Bu urinda savol tugiladi. Bolalarning tobora ortib borayotgan turli extiejlari bilan ularning tor imkoniyatlari urtasidagi karama - karshilik kanday yul bilan xal kilinadi? Bu karama karshilik fakatgina birgina faoliyat orkali yaoni bolaning uyin faoliyati orkaligina xal kilinishi mumkin. Buni shu bilan izoxlab berish mumkinki, birinchidan, bolalarning uyin faoliyati kandaydir moddiy maxsulot ishlab chikarishga karatilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni uyinga undovchi sabab(motiv) kelib chikadigan natija bilan emas balki shu uyin jarayonidagi turli xarakatlarning mazmuni bilan boglikdir. Ikkinchidan esa, bolalar uyin jarayonida uz ixtiyorlaridagi narsalarni, uzlarini kiziktirgan, ammo kattalargagina mansub bulgan narsalarga aylantirib xoxlaganlaricha erkin faoliyatda buladilar. Bolalarning uyin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jixatdan garmonik ravishda rivojlantirish uchun birdan bir vositadir. Uyin bolalar xaetida shunday kup kirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bulgan mexnat xam, turli narsalar xakida tafakkur kilish, xom xayol, dam olish va xushchakchaklik manbalari xam mujjasamlangandir, yaoni mana shu jarayonlarning barchasi uyin faoliyatida anik buladi. Shuni xam taokidlab utish kerakki uyin fakat tashki muxitdagi narsa xodisalarni bilish vositasigina emas, balki kudratli tarbiya vositasi xamdir. Ijodiy va syujetli uyinlarda bolalarning barcha psixik jarayonlari bilan birgalikda ularning individual xislatlari xam shakllanadi. Demak, bogchadagi taolim tarbiya ishlarining muvaffakiyati kup jixatdan bolalarning uyin faoliyatlarini maksadga muvofik tashkil kila borishga boglikdir.
Shunday kilib, uyin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining uzi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Shuni xam aytib utish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga guyo bir muojizadek kurinadi. Natijada ular xam uzlarining turli uyinlari jarayonida uxshatma kilib (yaxni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar(uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda extiyojlari talab kilayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
Bolalarning uyin faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning xam) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, uzgartiruvchan jarayondir.
Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, uyin jarayonida bolaning kiladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega buladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola uzining turli-tuman uyinlarida fakat uziga tanish bulgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta , turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik yoshdagi bolalar(baxzan kichik gruppa bolalari xam) uzlarining uyinlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini,akasini, tarbiyachisini va shu kabi). Urta, katta bogcha yoshidagi bolalarning uyinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bula boshlaydi.
Bogcha yoshidagi bolalarning uyinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish kuroli bulish bilan birga yuksak ijtimoiy axamiyatga xam ega. Boshkacharok kilib aytganda, uyin kudratli tarbiya kurolidir. Bolalarning uyinlari orkali ularda ijtimoiy foydali, yaxni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Bundan tashkari, agarda biz bolalarning uyini faoliyatlarini tashkaridan kuzatsak, uyin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari(kimning nimaga kuprok kizikishi, kobiliyati, irodasi temperamenti) yakkol namoyon bulishini kuramiz. Shuning uchun bolalarning uyin faoliyatlari ularni individual ravishda urganish uchun juda kulay vositadir.Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda uzlari yolgiz uynaydilar.Predmetli va konstruktorli uyinlar orkali bu yoshdagi bolalr uzlarining idrok,xotira , tassavur ,tafakkur xamda xarakat layokatlarini rivojlantiradilar.Syujetli rolli uyinlarda bolalar asosan uzlari xar kuni kurayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti –xarakatlarini aks ettiradilar.4-5 yoshli bolalrning uyini asta – sekinlik bilan kollektiv xarakterni ola boshlaydi.
Bolalarning individual xususiyatlarini xususan ularning kollektiv uyinlari orkali kuzatish kulaydir. Bu uyinlarda bolalar kattalarning fakat predmetlarga munosabatini emas, balki kuprok uzaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, kollektiv uyinda bolalar bir gruppa odamlarning murakkab xayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, «poezd» uyini olaylik. Bunda mashinist, parovozga kumir yokuvchi, provodniklar, kontrollyor, kassir, stansiya xodimlari va yulovchilar buladi. Bolalarning mana shu kabi kollektiv uyinlari artistlarning faoliyatiga uxshaydi. Chunki kollektiv uyindagi xar bir bola uz rolini yaxshi ado etishga intilish bilan birga uyinning umumiy mazmunidan xam chetga chikib ketmaslikka tirishadi. Bu esa , xar bir boladan uzining butun kobiliyatini ishga solishni talab etadi. Maolum rollarga bulingan kollektiv uyin bolalardan katxiy koidalarga buysunishi va ayrim vazifalarni uxshatib bajarishni talab etadi. Shuning uchun bolalarning bunday kollektiv uyinlari psixologik jixatdan katta axamiyatga ega. Chunki bunday uyinlar bolalarda irodaviylik, muammolilik uyin koidalariga, tartib- intizomga buysunish va shu kabi ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi
Katta bogcha yoshida syujetli-rolli uyinlar rivojlanadi,lekin enda bu uyinlar uz mazusining boyligi va xilma-xilligi bilan farklanadi.Bu uyinlar jarayonida bolalrda liderlik yuzaga kela boshlaydi,shuningdek tashkilotchilik kunikma va malakalari rivojlana boshlaydi.
Bu maktabgacha yoshdagi bolalar shugullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy sanxatning xam axamiyati juda katta. Bolaning tasavvur etish xarakteriga kura uning atrof xayotni kanday idrok etishi, xotira, tasavvur va tafakkur xususiyatlariga baxo berish mumkin. Katta bogcha yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari ruxiy xolatlari, orzu, umid va extiyojlarini xam aks ettiradi.
yoshdagi bolalar rasm chizishga xam nixoyatda kizikadilar Rasm chizish bolalar uchun uyin faoliyatining uziga xos bir shakli bulib xisoblanadi. Bola avvalo kurayotgan narsalarini, keyinchalik esa uzi biladigan,xotirasidagi va uzi uylab topgan narsalarni chizadi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaka juda katta axamiyatga ega bulib,aynan shunday uyinlarda muvafakkiyatga erishish shakllanadi va mustaxkamlanadi.Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimlm vakt- yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
Katta maktabgacha yeshdagi bolalar uchun musobakalar juda katta axamiyatga ega bulib, aynan shunday uyinlarda muvaffakiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustaxkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yokimli vakt-yutish va muvaffakiyat bulgan musobaka uyinlarining xam axamiyati juda katta.
Katta bogcha yoshida konstruktorlik uyinlari asta-sekinlik bilan mexnat faoliyatiga aylanib boradi. Uyinda bola elementar mexnat kunikma va malakalarini egallay boshlaydi, predmetlarning xossalarini anglay boshlaydi, amaliy tafakkur rivojlana boradi.
3-7yoshli bolalar psixik rivojida badiiy-ijodiy faoliyat bulgan musikaning xam axamiyati xam juda katta. Musika orkali bolalar ashula aytishga, musika oxangiga mos ritmik xarakatlar kilishga urganadilar. 3-7 yosh davrida bolalar asosiy faoliyati kuyidagi ketma-ketlikda keladi:

  1. predmetlarni urganish,

  2. individual predmetli uyinlar, kollektiv syujetli-rolli uyinlar,

  3. individual va guruxiy ijod,

  4. musobaka uyinlar,

  5. mulokot uyinlar,

  6. uy mexnati.

Bogcha yoshidagi bolalarning uyin faoliyatlari xakida gapirar ekanmiz, albatta ularning uyinchogi masalasiga xam tuxtab utish kerak.
Bolalarga uyinchoklarni berishda ularning yosh xususiyatlarini, tarkkiyot darajalarini va ayni paytda ularni kuprok nimalar kiziktirishini xisobga olish kerak.
Maolumki, 1-3 yosh bolalar xali tashki muxitni juda oz uzlashtirganlar. Ular xali xattoki narsalarning rangini, xajmini xam yaxshi ajrata olmaydilar. Shuning uchun ularga kugirchok bilan birga xar xil rangli kiykim, laxtak matolar xam berish kerak. Ayniksa. kiz bolalar uz kugirchoklarini xar xil rangli matolarga urab, rumol kilib uratib mashk kiladilar. Ugil bolalarga esa, xar xil rangli, bir-birining ichiga sigadigan kuticha uyinchoklarni berish foydalidir.
Uyin faoliyati bolalarni insoniyatning ijtimoiy tajribasini egallashning faol shakli bulgan taxlim faoliyatiga tayyorlaydi. Odam birdaniga ijtimoiy tajribani uzlashtirishga kirisha olmaydi. Ijtimoiy tajribalarni faol egallash uchun odam avvalo yetarli darajada nutkni egallagan bulishi, maxlum malakalar, ukuvlar va elementar tushunchalarga ega bulishi kerak buladi. Bularga bola yukorida batafsil kursatib utganimizdek uyin faoliyati orkali erishadi.
Bogcha yoshidagi bolalarda sezgi, idrok, dikkat, xotira, tasavvur, tafakkur, nutk, xayol, xissiyot va irodaning rivojlanishi jadal kechadi. Bola ranglarni xali bir-biridan yaxshi fark kila olmaydi. Unga ranglarning farkini bilishga yordam kiladigan uyinchoklar berish lozim(bolalarning kugirchoklari uchun xar xil rangli kiykimlar berish, xar xil rangli xalkalar, kutichalar va shuning singar i narsalar juda yaxshi buladi).
Bogcha yoshidagi bolalar turli narsalarni idrok kilishda ularning kuzga yaxshi tashlanib turuvchi belgilariga(rangi va shakliga) asoslansalar xam, lekin chukur taxlil kilmaydilar.
Bogcha yoshidagi bolalar kattalarning yordami bilan suratlarni analitik ravishda idrok kilish kobiliyatiga ega buladilar. Buning uchun bolalar suratlarni idrok kilayotganlarida kattalar turli xil savollar bilan ularni taxlil kilishga urgatishlari lozim. Bunda asosan bolalar dikkatini:
1.  suratning mazmunini(syujetini) tugri idrok kilishga,
2.  suratning umumiy kurinishida xar bir tasvirlangan narsalarning urnini tugri idrok kilishga,
3.  tasvirlangan narsalar urtasidagi munosabatlarni tugri idrok kilishga karatish kerak.
Dikkat xar kanday faoliyatimizning doimiy yuldoshidir. Shuning uchun dikkatning inson xayotidagi axamiyati xam benixoya kattadir. Bogcha yoshidagi bolalar dikkati asosan ixtiyorsiz buladi. Bogcha yoshidagi bolalarda ixtiyoriy dikkatning usib borishi uchun uyin juda katta axamiyatga ega. Uyin paytida bolalar dikkatlarini bir joyga tuplab, uz tashabbuslari bilan maxlum maksadlarini ilgari suradilar.
Bu yoshdagi bolaning xotirasi yangi faoliyatlar va bolaning oldiga kuyilgan yangi talablar asosida takomillasha boradi.
Bogcha yoshidagi bolalar uzlarining faoliyatlari uchun kandaydir axamiyatga ega bulgan, ularda kuchli taassurotlar koldirgan va ularni kiziktirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib koladilar.
Bogcha yoshidagi bolalar tafakkuri va uning usishi uziga xos xususiyatga ega.
Tafakkur bolaning bogcha yoshidagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi, birinchidan, bogcha yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan kupayishi, ikkinchidan, bu davrda bolalar nutkining yaxshi usgan bulishi, uchinchidan esa, bogcha yoshidagi bolalarning juda kup erkin mustakil xarakatlar kilish imkoniyatiga ega bulishlaridir.
Bogcha yoshidagi bolalarda xar soxaga doir savollarning tugilishi ular tafakkurining faollashayotganidan darak beradi. Bola uz savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga axamiyat bermasalar, undagi kizikuvchanlik susaya boshlaydi.
Odatda xar kanday tafakkur jarayoni biron narsadan taajjublanish, xayron kolish va natijada turli savollarning tugilishi tufayli paydo buladi. Juda kup ota-onalar va ayrim tarbiyachilar xam bolalar ortikrok savol berib yuborsalar, «kup maxmadona bulma», «sen bunday gaplarni kaerdan urganding», deb jerkib tashlaydilar. Natijada bola uksinib, uz bilganicha tushunishga xarakat kiladi. Ammo ayrim passiv va tortinchok bolalar xech bir savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashgulotlar va sayoxatlarda kattalarning uzlari savol berishlari va shu bilan ularni faollashtirishlari lozim.
Xar kanday tafakkur, odatda biron narsani takkoslash, analiz va sintez kilishdan boshlanadi. Shuning uchun biz ana shu takkoslash, analiz va sintez kilishni tafakkur jarayoni deb ataymiz. Sayoxatlarlar bolalardagi tafakkur jarayonini faollashtirish va rivojlantirishga yordam beradi. Bolalar tabiatga kilingan sayoxatlarda turli narsalarni bir-biri bilan takkoslaydilar va analiz xamda sintez kilib kurishga intiladilar.
Bogcha yoshidagi bolalar nutki va uning usishi Agar 2 yashar bolaning suz zapasi taxminan 250 tadan 400 tagacha bulsa, 3 yashar bolaning suz zapasi 1000 tadan 1200 tagacha va 7 yashar bolaning suz zapasi 4000 taga yetadi. Demak, bogcha yoshi davrida bolaning nutki xam mikdor , xam sifat jixatidan ancha takomillashadi. Bogcha yoshidagi bolalarning nutkini usishi oilaning madaniy saviyasiga boglik
Kattalar bolalar nutkini ustirish bilan shugullanar ekanlar, bogcha yoshidagi bolalar baxzi xollarda uz nutk sifatlarini tula idrok eta olmasliklarini unutmasliklari kerak. Bundan tashkari, bolalarda murakkab nutk tovushlarini bir-biridan fark kilish kobiliyati xam xali tula takomillashmagan buladi. Tili chuchuklikni tuzatishning eng birinchi shartlaridan biri bola bilan tula va tugri talaffuz etib, ravon til bilan gaplashishdir.

Yüklə 398 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə