Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 48,86 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü48,86 Kb.
#183694
1   2   3   4   5
1047-1051

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Academic Research, Uzbekistan 1049 www.ares.uz 
yuksaltirishda ta‟lim-tarbiyaning ahamiyati kattadir. Shu boisdan ham, ta‟lim-tarbiya 
sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri “Shaxs manfaati va ta‟lim 
ustuvorligi”dir. Shunday ekan, bugun barcha davlatlar ta‟limiga imkon qadar ko„p 
yangilik kiritishga intilmoqda. Yangilik yaratishga intiluvchan shaxsni tarbiyalash 
uchun mazmuniga ijodkorlik ruhi va motivlari hukm surishi lozim[2]. Bunda 
innovatsion faoliyat subyektining talablarini qondirishdan innovatsion faoliyat 
subyekti ehtiyojining majmuaviyligini anglash va shakllantirishgacha bo„lgan amaliy 
faoliyati jarayonida yuzaga keluvchi subyektning yangilikni yaratish va o„zlashtirishga 
bo„lgan ehtiyoj va qiziqishlarni o„zida ifoda etuvchi kuch bo„lmog„i lozim. Uzluksiz 
ta‟lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta‟lim – tarbiya samaradorligini 
yangi sifat bosqichiga ko„tarishdan asosiy maqsad yoshlarimizning ma‟naviy, huquq 
va manfaatlarini himoyalash ularning zamonaviy bilim va kasbga ega bo„lishini 
bugungi o„ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo„lgan har qanday xatarga 
zararli ta‟sir va oqimlarga nisbatan ogoh va hushyor bo„lib yashashini va jamiyatimiz 
hayotida munosib o„rin egallashini ta‟minlashdan iborat hisoblanadi. 
Uzluksiz ta‟lim tizimining shakllanishi o„z-o„zidan kadrlar tayyorlash 
jarayonining yangicha mazmun kasb etishini ta‟minlaydi. Barkamol shaxs va 
malakali mutaxassisni tayyorlashga yo„naltirilgan uzluksiz ta‟lim tizimi (shu 
jumladan, tarbiya) jarayonining yangi mazmuni mazkur jarayonga ilm fan, texnika va 
ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan g„oya, kashfiyot va yutuqlarning tatbiq etilishi. 
Ushbu jarayonda demokratik, insonparvarlik tamoyillarining ustuvor o„rin tutishi, 
ta‟lim va tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish (ya‟ni, ta‟lim-tarbiya jarayonining 
asosiy subyektlaridan biri bo„lgan o„quvchi – ta‟lim oluvchi shaxsning hurmat 
qilinishi[3]. Uning sha‟ni, or-nomusi, qadr-qimmati va huquqlari daxlsizligining 
ta‟minlanishi), ta‟lim oluvchi (o„quvchi)ning zamonaviy pedagogik jarayondagi faol 
ishtirokini yuzaga keltirish uchun muayyan shart sharoitlarni yaratish, ularning 
xohish-istaklari bilan o„rtoqlashish, shaxsiy tashabbuslarni qo„llab-quvvatlash, ularda 
mustaqil fikr yuritish layoqatini tarbiyalash, bu borada muayyan ko„nikma hosil 
qilish, hosil qilingan ko„nikmaning faoliyat malakasiga aylanishga rag„bat bildirish, 
o„quv (manbalari va ko„rsatmali vositalar) mazmunida yuqorida qayd etilgan 
g„oyalarning o„rin olishiga erishish, ta‟lim oluvchilarda bilim olishga nisbatan ichki 
ehtiyoj, qiziqish, rag„batni yuzaga keltirish, shuningdek, ongli munosabatni qaror 
toptirish va hokazolar asosida yaratiladi. 
NATIJALAR 
Birinchi Prezident I.A. Karimov “Maqsadimiz – erkin shaxsni tarbiyalash” 
deganda har tomonlama mustaqil, o„zining va millatining qadr-qimmatini teran idrok 



Yüklə 48,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə