Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari



Yüklə 28,07 Kb.
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü28,07 Kb.
#150544
1   2   3   4   5   6
Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari

Nutqning to‘g‘riligi – bosh aloqaviy sifat. Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. U asosan ikki normaga - urg‘u va grammatik normaga qat’iy amal qilishni talab qiladi. Urg‘uning to‘g‘ri qo‘yilishi fikrning to‘g‘ri tushunilishi bilan bog‘liq. Bu - so‘z urg‘usiga ham, mantiqiy urg‘uga ham aloqador fikr. (Qiyos: Onasiz / bola o‘ynamas. Onasiz bola / o‘ynamas.) Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.)
Nutqning aniqligi – «nutq – voqelik» va «nutq – tafakkur» munosabati asosida belgilanadi. (B.Golovin «Основы культуры речи») Aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos kelishidir. Bunda lug‘aviy birlik (so‘z, ibora)larni tanlashga alohida ahamiyat berish kerak. Uning murakkabligi so‘zlarning ko‘p ma’noliligida aks etadi. Bu muammoni nutqning uslubiy jihatiga aloqador holda hal etish talab qilinadi.
Nutqning tozaligi. Bunda nutq adabiy til normasiga mos kelishi, g‘ayriadabiy til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak. Bunga ta’sir qiluvchi lisoniy unsurlar: dialektizmlar, varvarizmlar, kanselyarizmlar, parazit so‘zlar, vulgarizmlar va boshqalar.
Nutqning ta’sirchanligi. Tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini qozonadigan xususiyatlar e’tiborga olinadi. Nutqning ta’sirchan bo‘lishiga erishishda nolingvistik shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi. Eng avvalo, notiqning mavzu doirasida yetarli bilimga ega bo‘lmasligi nutqning ta’sirchan bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Nutqning ta’sirchanligi deganda asosan, og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi. Bunda tinglovchining bilim darajasi, yoshi, hattoki kayfiyatini e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Vaqtning hisobga olinishi ham kerak. So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. O‘ta rasmiyatchilikdan qochish, hayotiy misollarga ham murojaat qilish nutqning ta’sirchan bo‘lishida alohida ahamiyatga ega.
Mashhur rus notig‘i V.Klyuchkovskiy: «Jamoat orasida gapirganingizda tinglovchilarning qulog‘iga, aqliga murojaat qilmang, shundoq gapiringki, ular sizni tinglab turib so‘zlaringizni eshitsin, narsalarni siz bilan ko‘rib, sizning holatingizga kirishsin. Tinglovchilar sizning tasviringizsiz ham aqli, yuragi, fikri bilan shu narsani yaxshiroq kuzatadi. nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab uning tuzilishini tinglovchining aqliga yetkazish, keyin uning tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim etish kerak, nihoyat, chiroyli lirik tasvirlar bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining yuragiga jo qiling, o‘shanda tinglovchi – asiringiz qochib ketmaydi, hattoki, siz uni erkin qo‘yib yuborsangiz ham, sizning abadiy itoatkor asiringiz bo‘lib qoladi».

Yüklə 28,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə