Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari


Nutqning boyligi va rang-barangligi



Yüklə 28,07 Kb.
səhifə5/6
tarix19.12.2023
ölçüsü28,07 Kb.
#150544
1   2   3   4   5   6
Yozma va og’zaki uslub va uning xususiyatlari

Nutqning boyligi va rang-barangligi. Nutqning boyligi va rang-barangligini ta’minlashda lug‘aviy birliklar (so‘zlar), frazeologik birliklar (iboralar) va sintaktik vositalar (sintaktik sinonimlar, sintaktik variantlar, inversiya)dan unumli foydalanishga alohida e’tibor talab qilinadi. Shuningdek, so‘z yasash imkoniyatlaridan maqsadli foydalanishga, intonatsiyaga ham e’tibor berish muhim. Bunda nutq uslublarining o‘ziga xos jihatlari nazarda tutiladi. Turli vositalarga boy va eng rang-barang uslub badiiy uslubdir. Turli stilistik figuralardan foydalanish imkoniyati keng, bu esa ta’sirchanlik va mazmuniy ifodaning yuqori darajada bo‘lishiga yo‘naltiriladi.
Nutqning qisqaligi. Aytilayotgan fikrning qisqa shaklda bayon etilishi ham muhim. Haddan ziyod uzun shaklda tuzilgan gaplar ba’zan mantiqan chalkashliklarga olib keladi. Shuningdek, o‘quvchi yoki tinglovchini toliqtirish bois zerikarli bo‘ladi. Nutq qisqa bo‘lsa, tegishli fikr aniq sodda shaklda ifodalansa, ko‘pincha maqsadga muvofiq bo‘ladi. aforizmlardan foydalanish ham nutqiy qisqalik namunasi hisoblanadi.
Nutqning ifodaliligi (ifodali nutq) Nutqning bu xususiyati uning ta’sirchanligi va samaradorligini oshiruvchi vositadir. Bunda nutqqa ifodalilik va obrazlilik baxsh etuvchi turli tasviriy vositalar (o‘xshatish, epitet, metonimiya, metafora, sinekdoxa, allegoriya va b.) bilan birgalikda kontekstual nutqiy vositalar (nutqning tovush tomonidan muvofiqligi, ifodali intonatsiya, nutqni dialoglashtirish va intimlashtirish; intonasion va psixologik pauza) kabilarga e’tibor qaratiladi.
Nutqning maqsadga muvofiqligi. Nutqning bu xususiyati fikrning ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq. Bunda mavzu va nutqiy muvofiqlikni ta’minlash uchun axborotning mohiyatidan tashqari quyidagilar muvofiqligi muhim sanaladi: nutqiy uslub va nutqiy maqsad muvofiqligi, predmet va mazmun, adresat va auditoriya, til vositalari va adabiy norma, til vositalari va stilistik talab o‘rtasidagi muvofiqlik.
Nutqning maqsadga muvofiqligi kommunikatsiyaning muhim sifat belgilaridan biri hisoblanadi.

Yüklə 28,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə