Yozuv. O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlar. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalari



Yüklə 140,95 Kb.
səhifə3/3
tarix24.12.2023
ölçüsü140,95 Kb.
#159908
1   2   3
2-mavzu

Aa

Bb

Dd

Ee

Ff

Gg

Hh

Ii

9

10

11

12

13

14

15

16

Kk

Ll

Mm

Nn

Oo

Pp

Qq

Rr

17

18

19

20

21

22

23

24

Ss

Tt

Uu

Vv

Xx

Yy

Zz

Jj

25

26

27

28

29

Tutuq belgisi







O‘o‘

G‘g‘

Shsh

Chch

Ngng

(’)







Nutq tovulari ikkiga bo‘linadi:



  1. Unli tovushlar

  2. Undosh tovushlar

O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramay chiqishi natijasida hosil bo‘ladigan tovushlarga unli tovushlar deyiladi.


a, o, e, o‘, u, i.
O‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ining ma’lum bir joyida yoki bo‘g‘izda to‘siqqa uchrashidan hosil bo‘lgan tovushlar undosh tovushlar deyiladi.
b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g‘, sh, ch, ng.
Bo‘lg‘usi oliy ma’lumotli mutaxassis, ish yurituvchi, hujjatlar bilan bevosita ishlaydigan xodim oldida, Yuqorida ta’kidlanganidek, hujjat turlarini puxta o‘rgnish, ularni mantiqiy to‘g‘ri va aniq ma’lumotlar asosida shu sohaga doir leksik vositalardan unumli foydalangan holda tayyorlash, to‘ldirish vazifasi turadi. Shuningdek, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosining joriy etilishi va shu munosabat bilan yangi imlo qoidalarining ishlab chiqilganligi, amalda 1956-yildan buyon qo‘llanib kelingan ayrim imlo qoidalarining eskirganligi yoki yangisi bilan almashtirilganligi, yangi imlo qoidalarining kiritilganligi, imkon qadar o‘zbek tilining grammatik qonun-qoidalaridan samarali foydalangan holda uslubiy, imloviy va ishoraviy xatolarsiz hujjatlar tayyorlashni taqozo etadi. Kirill va lotin yozuvlariga asoslangan alifbolarda so‘zlarning yozilishidagi ayrim farqlarni inobatga oladigan bo‘lsak, bu hol barchamizdan hujjat tayyorlash ishiga alohida e’tibor bilan qarashimizni talab etadi: объект – obyekt, режиссёр – rejissor, концерн – konsern, акция – aksiya va hokazo kabi. Buni yangi imlo qoidalarini puxta o‘rganish orqali chuqur o‘zlashtirib olish mumkin.
Ma’lumki, kirill yozuvi asosidagi alifbomizda 33 harf va 2 ta belgi mavjud edi. Ular quyidagilar: Аа, Бб, Вв, Гг, Дд, Ее, Ёё, Жж, Зз, Ии, Кк, Лл, Мм, Нн, Оо, Пп, Рр, Сс, Тт, Уу, Фф, Хх, Цц, Чч, Шш, Ъъ, Ьь, Ээ, Юю, Яя, ¡¢, ªº, £¼, ²³. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida esa 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi mavjud bo‘lib, ular quyidagi tartibda joylashgan: Aa, Bb, Dd, Ee, Ff, Gg, Hh, Ii, Jj, Kk, Ll, Mm, Nn, Oo, Pp, Qq, Rr, Ss, Tt, Uu, Vv, Xx, Yy, Zz, O‘o‘, G‘g‘, Shsh, Chch, Ngng.
Yangi alifboga tovush ifodalamaydigan belgilar kiritilmadi. Tutuq belgisi imlo qoidalari sirasida o‘rganiladigan bo‘ldi.
TOPSHIRIQLAR:
1. Yozuv haqida umumiy ma’lumotni o‘zlashtirish kerak (konspekt asosida).
2. O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlarni o‘rganish lozim.
3. Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek alifbosini yod olish kerak.
4. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini o‘zlashtirish kerak.
5. Mavzu bo‘yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak.
6. Mavzu yuzasidan testlarni ishlash lozim.
Mustaqil bajarish uchun vazifa: O‘zbek xalqi foydalangan yozuvlarva o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari haqida yozma ish tayyorlash kerak (kamida to‘rt sahifa).
Yüklə 140,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə