Yusuf va zulayho


Bitiruv malakaviy ishining



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

Bitiruv malakaviy ishining
 
manbalari.
Tavrot, Injil, Qur’oni Karim, 
Abulqosim Firdavsiyning “Yusuf va Zulayho” dostoni, Abu Ali ibn Sinoning 
“Yusuf qissasi”, Qul Alining “Qissai Yusuf”, Shayyod Hamzaning “Yusuf va 
Zulayho”, Rabg‘uziyning “Qissai Yusuf Siddiq alayhis-salom”, Durbek va 
Jomoiyning “Yusuf va Zulayho” dostonlari tadqiqotimiz uchun asosiy manba 
vazifasini bajardi. Shuningdek, og‘zaki xamda yozma badiiy adabiyotga tegishli 
bir qator qo‘lyozma asarlarga ham murojaat qilindi. 
Ularni ilohiy-adabiy manbalarga yaqinligiga ko‘ra ikki guruhga ajratish 
mumkin: 
3
Зуннунов А., Толипов Ў. Миллий қадрятлар асосида ўқувчи шахсини шакллантириш.-Т.: 
“Шарқ”,2006.5- б. 



a) 
Qur’onning Yusuf surasi ta’sirida, undan uncha uzoqlashmagan 
holda yaratilgan badiiy asarlar. Bu silsilaga Abulqosim Firdavsiy, Abu Ali ibn 
Sino, Qul Ali, Shayyod Hamza, Durbek va Nosiruddin Rabg‘uziy asarlarini 
kiritish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, bu jarayon diniy qissaning badiiy 
ishlanish tarixini birinchi bosqichi sanalib, VII- XIII asrlarni qamrab oladi. 
Rabg‘uziy hamda Durbek ijodiy izlanishlari bilan intixo topadi. 
b) 
Qur’ondagi Yusuf surasi mazmunidan bir muncha uzoqlashgan va 
Sharq xalqlari badiiy adabiyotida shakllangan, adabiy an’analar ta’sirida qayta 
ishlash asosida yaratilgan asarlar. Bu yo‘nalishda asar yaratish XIV asrning 
ikkinchi yarmidan to hozirgacha davom etadi. Bunday asarlar Yusuf va Zulayho 
sayyor sujetidagi badiiy yaratmalar silsilasini tashkil qiladi. 
Yusuf va Zulayho haqidagi rivoyatlar asosida Firdavsiy (X-XI asr), 
Baxtiyoriy (X asr), Shayyod Hamza (XIII), Ali (XIII asr), Suli Faqix (XIII), 
Shahobiddin Oshiq (XIV), Dariy (XIV), Durbek (XV), A. Jomiy (XV), H.H. 
Chalabiy (XV), Nozim Xiraviy (XVII), Hoziq (XIX) va yana boshqa ko‘pgina 
fors-tojik, o‘zbek, turk, ozarbayjon shoirlari dostonlar yaratganlar. Dostonlarda 
har bir shoir o‘z davrining muhim voqealari, axloqiy va falsafiy qarashlarini aks 
ettirishga intilganlar. Masalan, Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida 
shaharning qamal qilinish kartinasining berilishi, shuningdek dostonlarda Yusuf 
obrazining talqini ham turlicha. Yusuf haqidagi ilk dostonlarda Yusuf va 
Zulayho ilohiy obraz markazida tasvirlansa (masalan Yusuf va Zulayhoning 
qayta yosharishi), keyinchalik Yusuf va Zulayho muhabbati dunyoviy talqin 
qilina boshlandi. Durbek va Abdurahmon Jomiy dostonlarida bosh qahramonlari 
Zulayhoni go‘zal qiz sifatida tasvirlaganlar. 
“Yusuf va Zulayho” dostoni an’ana bo`yicha Durbekka tegishli deb
kelinadi.
Fransuz olimi E.Bloshe doston Navoiyniki deydi. D.Voronskiy dostonni 
Ulug`bekka nisbat beradi. Afg`on olimi Juzjoniy Homidiy Balhiyga nisbat
beradi. 1979 -yilda M.Diyoriy dostonni Yodgorbek Jahonmulk o‘g‘liniki deydi. 



J.Lapasov XV asr shoiri «Sozlar munozarasi» asarining muallifi Ahmadiy bo‘lsa 
kerak, - deydi.
“Yusuf-u Zulayho” dostoni haqidagi ilmiy tahlillar qo‘llanmaning
kengaya borishi natijasida adabiyotchi va tarixchi olimlar o‘rtasida munozarali 
fikrlar ham yuzaga kela boshladi. Jumladan, asrimiz boshida “Yusuf-u 
Zuloyho” dostonining ilk tadqiqotchisi, fransiyalik Eduard Bloshe Parij Milliy 
kutubxonasida saqlanayotgan sharq qo‘lyozmalari tavsifini berar ekan, mazkur 
asarni Alisher Navoiy qalamiga mansub deb yozadi. Avtor bu fikrni bayon 
etishda quyidagi baytga asoslanadi:
Jami-i qur’an edi kan-i yaqin
Erdi‘ Ali sher-i haq-u shah-i din. 
U so‘ngi misradagi “Ali”, “sher” so‘zlarini “Alisher” shaklida qo‘shib 
o‘qiydi va doston avtorligini Alisher Navoiyga noto‘g‘ri nisbat beradi. Chunki 
oxirgi misrada choriyorlarning so‘ngisi bo‘lmish xalifa Ali ibn Ali Tolib haqida 
fikr yuritilib, u “sher-i haq”{xudoning sheri}, “shohi-i din”{dinning shohi} deb 
ta’riflangan. Shu tufayli bu asarning Alisher Navoiy shaxsiyatiga hech bir 
daxldorligi yo‘q. 
Yusuf va Zulayho obraziga XX asrning yirik so‘z ustalari Nozim Hikmat 
va T. Mannlar ham murojaat qilganlar. T. Mann “Yusuf va uning akalari” 
asarini, Nozim Hikmat “Go‘zal Yusuf” asarini yaratdi. O‘zbek shoiri Ramz 
Bobojon ham “Yusuf va Zulayho” nomli asar yaratgan. “Yusuf va Zulayho” 
dostonini adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan o‘rganish dastlab Fitrat tomonidan 
boshlangan bo‘lsa, keyingi davrlarda O.Sharafiddinov, S.Husayn, Oybek,
E.Bertels, A.Sadiy, V. Abdullayev, Y. Zohidov, O. Sultonov, P. Shamsiyev,
H.Zarifov, G‘. Karimov, H. Yoqubov, H. Zunnunov, A. Suyumov, A. Akromov
va boshqa olimlar tomonidan davom etttirildi. Sharq adabiyoti o‘zining 



nihoyatda boy merosiga ega. U uzoq asrlar davomida rivojlanib, sayqallanib 
keldi. Bir asar doirasida ko‘plab muammolarni yoritish, badiiy asarning har bir 
obrazi, kompozitsion elementi serqirra mazmun va falsafiy tafakkur bilan 
bog‘liq bo‘lishi fors-tojik va turkiy 
tillardagi Sharq adabiyotining 
mukammalligini belgilovchi omildir. Bu xususiyat sayyor sujetli asarlar yaratish 
an’anasida ko‘zga tashlanadi. 
Sayyor sujet maqomida Sharq xalqlari adabiyotida “Yusuf va Zulayho”, 
“Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Vomiq va Uzro”, “Tohir va Zuhra” 
singari nodir durdonalarning xilma-xil namunalari yaratildi. Sanab o‘tilgan 
sayyor voqealarning ayrimlaridan o‘nlab, hatto yuzlab asarlar yaratildi. 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə