Yusuf va zulayho


( Turob To‘la.)  Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

(
Turob To‘la.) 
Mavzuning dolzarbligi.
Buyuk bobomiz Abdulla Avloniy shunday degan 
edi: “Har bir millatning dunyoda borligini ko‘rsatadigan oinayi hayoti tili va 
adabiyotidir”. Shu boisdan mamlakatimiz istiqlolga erishgandan keyin ijtimoiy 
hayotimizning barcha jabhalarida katta o‘zgarishlar yuzaga keldi. O‘zbekiston 
Respublikasi mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatida o‘ziga xos o‘rin 
egallagan mamlakat sifatida namoyon bo‘ldi. Mamlakatimizning ijtimoiy- 
iqtisodiy, siyosiy-ma’daniy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyotida shu qisqa davr ichida 
ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritishiga zamin tayyorladi. Ma’lumki, davlatimiz 
istiqlolning ilk kunlaridan boshlab, taraqqiyotning o‘ziga xos va mos yo‘llarini 
tanlab oldiki, bu yo‘l o‘zining har jihatdan asosli ekanligini isbotladi. Shuni 
aytishimiz kerakki, O‘zbekiston davlati va bu mamlakatda yashayotgan xalq va 
millatlar tarixi nihoyatda uzoq zamonlarga borib taqaladi. Unda tarixiy-
taraqqiyotning barcha sinovlari bosib o‘tilgan. Mamlakatimiz ko‘plab 
bosqinlarni ham, milliy ozodlik uchun kurashlar tarixini ham boshidan 
kechirgan. Ilm-fan, madaniyat, falsafa, adabiyot va umuman, jamiyat 
taraqqiyotini ta’minlaydigan barcha sohalarda yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritgan. 
Bu hududdan jahon ilm va madaniyatini ravnaq ettirishga xizmat qilgan buyuk 
olimlar, mutafakkirlar, ilmiy-badiiy ijod sohiblari yetishib chiqqan. E’tiborli 
tomoni shundaki, mamlakatimiz mustaqillikni qo‘lga kiritgan davrlaridan 
boshlaboq Prezidentimiz Islom Karimov e’tiborini ma’naviyatimiz, 
madaniyatimiz, uzoq asrlik ma’rifatchiligimiz tarixini o‘rganishga qaratdi va shu 



yo‘l bilan o‘zlikni anglash, dunyo hamjamiyatida o‘z o‘rnimizni topish 
lozimligini takror va takror ta’kidlab o‘tdi. Milliy istiqlol mafkurasining 
poydevori qadim ma’naviyatimiz va milliy an’analarimiz ekanligini uqtirdi. 
Milliy istiqlol g‘oyasi milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanishini
1
, shuning 
bilan o‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kununi unutgan millatning esa, kelajagi 
yo‘q
2
ekanligini aytib o‘tdi. Bu esa ma’naviyatning asoslaridan bo‘lgan 
adabiyotimizning barcha jihatlarini yangicha ruhda o‘rganishga hamda tahlil va 
talqin etishga keng yo‘l ochib berdi. O‘zbek adabiyotshunosligi oldiga ham 
muhim talablarni qo‘ydi. Shu barobarida ajdodlarimiz me’rosini yangicha ruhda 
o‘rganish muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi.
O‘rta asrlar musulmon Sharq olamining buyuk mutafakkirlari qatorida 
mintaqamiz adabiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy tafakkuri tarixida o‘zining boy va 
bebaho adabiy-badiiy, falsafiy-ijtimoiy, diniy-irfoniy va ilmiy-nazariy merosi 
bilan alohida o‘rin tutgan, “Yusuf va Zulayho” dostonlarining o‘ziga xos 
talqinda asar yaratgan Durbek va Abdurahmon Jomiylarning ijodini o‘rganish 
hamda ma’naviy-ma’rifiy jihadlarini yosh avlodga yetkazish dolzarb 
vazifalardan biridir. 
Prezidentimiz Islom Karimov “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” 
asarida: “Biz farzandlarimizning barkamol ruhiy dunyosi uchun, ularning 
ma’naviy, axloqiy jihatdan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lishi uchun doimo 
qayg‘urishimiz, kurashmog‘imiz zarur”,- deya ta’kidlaydi. “Barkamol avlod ─ 
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida esa : “Kadrlar tayyorlash 
sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy – axloqiy har 
tomonlama barkamol shaxs – fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi”, - deb
ta’kidlagan edi. Prezidentimiz milliy dastur haqida so‘zlagan nutqida uning 
maqsad va vazifalarini aniq ko‘rsatib: milliy dasturning maqsad va vazifalari 
shaxsni shakllantirishga qaratilganini, shaxs islohotlarning asosiy maqsadi va 
1
Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O‘zbekiston, 2012. 39-bet. 
2
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Тошкент: Маънавият, 2008. 4-бет. 



harakatlantiruvchi kuchi ekanini, milliy dasturdan kuzatilgan maqsad va 
vazifalarning to‘la amalga oshishi, birinchi navbatda, mamlakatimizdagi 
ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib kelishini, jamiyatdagi 
yangi shaxs – komil insonlar vujudga kelishini aytadi
3
.
Shaxsni barkamol bo‘lib yetishishiga, eng muhimi, uning ma’naviy 
dunyosini boyishiga sabab bo‘ladigan omillardan biri – bu badiiy adabiyotdir. 
“Yusuf va Zulayho” mavzusining jahon xalqlari adabiyotidagi, jumladan, turkiy 
xamda forsiyzabon xalqlar adabiyotidagi sayri, ayni jarayonning tadrijiy 
taraqqiyot xususiyatlari, Durbek va Jomiylarning “Yusuf va Zulayho” 
dostonlarining g‘oyaviy-ma’naviy, ilohiy-adabiy sarchashmalari, badiiyatini 
o‘rganilganligi va shu mavzuda yozilgan ayrim asarlar bilan qiyosiy tipologik 
tahlil qilish mazkur malakaviy bitiruv ishining asosiy maqsadidir.
Ta’kidlash joizki, asrlar davomida payg‘ambarlar sarguzashti faqat 
ilohiy kitoblar doirasida qolib ketgan emas. Bunday ibratli lavhalar axloqiy — 
ta’limiy olamning ko‘rkam namunasi sifatida insonlar qalbiga, shuningdek, 
og‘zaki hamda yozma badiiy adabiyotga teranroq kirib borgan. Yangi-yangi 
xalqona va yozma badiiy asarlarning yaratilishi uchun g‘oyaviy-ma’naviy 
sarchashma vazifasini o‘tagan. 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə