Yusuf va zulayho



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


47 
2.2. “Yusuf va Zulayho” dostonlarida Zulayho timsolining qiyosiy 
tahlili. 
“Yusuf va Zulayho” dostonlarida Yusuf obrazining talqini ham turlicha. 
Durbek va Abdurahmon Jomiy dostonlarida bosh qahramon Zulayhoni go‘zal 
qiz sifatida tasvirlaganlar
21
.Durbek xotin-qizlar latofati va zakovatini yangi 
jixatlar bilan boyitgan, Zulayho timsolida sadoqatli sevgi sohibasi obrazini 
yarata olgan. 
Manbalarda keltirilishicha, Yusufni yo‘ldan urish uchun Zulayho 
qo‘lidan kelgan barcha ishni qiladi.
Xususan, bir qasrning ichki devorlarini shunchalar ma’nodor, kishining 
hirsini junbushga keltiradigan suratlar bilan bezattiradi. Yusuf qayoqqa 
qaramasin, devordagi suratda o‘zini Zulayhoning og‘ushida turgan holatda 
ko‘radi.
Bu sahnaning batafsil tasviri xuddi mavlono Jomiyning dostonidan 
olingan Jomiydan 400 yilcha ilgari yashab, hukm surgan G‘aznaviylar 
sulolasining vakillaridan biri bo‘lmish Sulton Mas’ud, aytishlaricha, hazrat 
Jomiyning ona shahri bo‘lmish Hirotdagi ishratxona qasrlaridan birining 
devorlariga shunaqa ma’nodor suratlar chizdirgan ekan.
Qasrning o‘zi yo‘qolib ketganiga qaramasdan, u to‘g‘ridagi ma’lumotlar 
Hirotdagi kishilar ongida g‘ayriixtiyoriy ravishda og‘izdan og‘izga o‘tib, 
saqlanib qolgan bo‘lsa ajab emas. O‘z-o‘zidan ma’lumki, mavlononing “Yusuf 
va Zulayho” asaridagi bu qasr tasviri XVI asrdagi xassos mo‘yqalam 
ustalarining ham tuyg‘ularini junbushga keltirgan. Serburchak qasrning 
pillapoyalaridan 
yugurib, 
qochib 
ketishga 
harakat 
qilayotgan 
Yusuf 
alayhissalom aks ettirilgan mo‘jaz rangtasvirlar anchagina.
Ularda Zulayho qizil kiyim kiygan sohibjamol sifatida tasvirlangan. 
(Qizil kiyim asosan kelinlar kiyimidir, ammo umuman olganda alangali 
21
Дурбек. “Юсуф ва Зулайҳо” достони. Ўзбекистон Фанлар Академияси нашриёти. Тошкент. 1959. 60-б. 


48 
muhabbatni ham ifodalashi mumkin). Yusuf alayhissalom esa yashil kiyimda 
tasvirlangan. Yashil kiyim sohibi avliyolar, payg‘ambarlar va umuman jannatiy 
kishilar safidandir. Yo‘ldan urish sahnasining eng qiziq joylaridan biri 
Zulayhoning but sanamga munosabatidir. Zulayho avvalboshda butparast 
bo‘lganligi sababli, uning yotog‘ida but bo‘lgan.
Zulayho Yusuf alayhissalomni yo‘ldan urish, u bilan yaqinlik qilish 
uchun xushomadlar qila boshlaganda, albatta, tag‘in but ko‘rib qolmasin degan 
o‘yda uning yuzini teskari qilib yoki boshiga bir ro‘mol yopib qo‘yarkan.
Bu sahnada uzoq o‘tmishdan qolgan odatlar tasvirlangan bo‘lishi 
mumkin, chunki Jomiy o‘z asaridan birida shunday yozadi: «O‘zi sig‘inadigan 
narsa bilan muloqotda o‘zini yaxshi tutishni barcha kishilar Zulayhodan 
o‘rganishlari lozim, chunki u Yusuf alayhissalom bilan bir xonada yolg‘iz qolib, 
undan hojatini chiqarishni iltijo qilayotganda, but uning yomon, uyat ish 
qilmoqchi bo‘layotganini, odob chegarasidan chiqib ketayotganligini sezib 
qolmasin degan o‘yda albatta butning yuzini yopib qo‘yardi.
Zulayho bir butdan uyalsa, Yusuf alayhissalom har yerda hoziru nozir, 
hamma narsani ko‘rib, bilib turuvchi, Alloh taolodan uyalaman, deb Zulayho 
huzuridan chiqib ketadi. Zulayho uning ortidan yugurib, kiyimiga yopishadi. 
Kiyim orqa tarafdan yirtiladi va Yusuf alayhissalomning begunoh ekanligini 
isbotlashda dalil bo‘ladi. 
Mavlono Jomiyning dostonida ham but sanam to‘g‘risida so‘z yuritilgan. 
U yerda aytilishicha, Zulayho keksayib, Yusuf alayhissalom unga baribir e’tibor 
qilmasligiga ko‘zi yetgach, butni mayda-mayda qilib tashlaydi, chunki Zulayho 
qancha yillar davomida unga o‘tinch-iltijo qilgan bo‘lmasin, but Yusuf 
alayhissalomning visoliga yetishda unga yordam berolmagan edi-da. Mavlono 
Jomiy yasharish voqeasini ko‘ngil torlarini chertib ketadigan bir sahna orqali 
shunday tasvirlab beradi:
Bir kun Zulayhoni Yusufi Kan’on
Ko‘rdi, u tuproqqa belanmish chunon.


49 
Ko‘zlariga parda tutilgan go‘yo,
Ko‘rinmas ko‘ziga nurli bu dunyo.
Betoblik, nochorlik qa’rida beun,
Yuz ming malomatga bo‘libdi tutqun.
Yuz tashvish ufurar bir nafasida.
Faqat Yusuf nomi ohu, sasida.
Oh chekar tuproqda o‘tirgan kuyi,
Izidan tuyay deb Yusufning bo‘yin.
Yusufning oyog‘i tekkan bu tuproq,
Koshki sochilsa, der, ustimga ko‘proq.
Shunda Yusuf dedi: Ey Qodir Egam,
Nahotki yashashga loyiq bu telba?
Tezroq jonini ol, yo‘qsa bu «dildor»
Sening do‘stlaringni etar sharmisor.
Jabroil Allohdan keltirdi nido,
Yo‘q, uni etmasmen jonidan judo.
Zero, u voz kechib yo‘g‘u boridan,
Nafaqat mulk, balki hayo-oridan,
Mening bir do‘stimga orzumand bo‘lmish,
Shul sabab nazdimda arjumand bo‘lmish.
Senga sodiqlardan, tingla, ey rafiq,
Men ham marhamatim tutmasmen darig‘.
G‘unchalar ochilmay so‘lmasin derman,
Do‘stimning do‘stlari o‘lmasin derman.
Necha yil Men uni etdim imtihon.
Yoshligin qaytargum endi begumon.
U seni sevadi jonidan ortiq.
Shul sabab u Mendan senga bir tortiq.


50 
Aybmas devonavash tuyulsa oshiq.
Oshiqni o‘ldirish gunoh, chunki ishq,
Hijronlar ko‘r etmish bu bandamizni
Sevgani-chun Bizning Yusufimizni.
Sen esa ko‘nglini anglamay, inon,
Dunyoni etibsan unga zimiston.
Uning ko‘z yoshlari ishqdan dalolat,
Arzir, bersak endi loyiq mukofot.
Albat yoshligini bergum qaytarib. 
Shunday qilib, Zulayho sanamga sajda qilishdan bosh tortgach, Yusuf uni 
eshitishni va oldiga kirishiga ruxsat beradi. Zulayhoga qarab tila tilagingni 
bugun hammasini bajaraman deganda Zulayho yoshligini so‘raydi va uning 
yoshligi qaytadi. Shunda Yusufning ham qalbida muhabbat uyg‘onadi, 
muhabbati qanchalik kuchli bo‘lmasin Zulayhoga oshkor qilmaydi. Jabroyil 
kelib sizlarning nikohingiz samoda o‘qildi. Uni nikohingga qabul qil deb 
aytganidan so‘nggina qalbini Zulayhoga oshkor etadi, ularning to‘ylari bo‘ladi. 
Nikoh kechasi Zulayhoning bokira ekanligining sababini so‘raydi. Jomiy buning 
sababini quyidagicha izohlaydi: 
Go‘daklik chog‘imda tush ko‘rgan edim, 
Sening nom-u nishoningni so‘rgan edim, 
Hurmat palosini oshirgan eding, 
Menga bu naqdni topshirgan eding, 
Bu naqdni har kimdan asrab keldim pos, 
Bihamdulloh edi naqdim omonat, 
Hech kimdan yetmadi unga xiyonat. 
Yagona Allohning hidoyati ila maqsadiga erishadi va sevgani bilan 
qovushadi. Yagona Allohga sig‘inish yo‘li eng to‘g‘ri yo‘ldir. 
Zulayho Yusuf alayhissalomning ishqida lov-lov yonib, uning vasliga 
yetish istagida o‘rtanib yurar ekan, kundan-kunga tubanlashib boradi. Ammo u 


51 
istaklaridan voz kechgach, ya’ni nafsi ammoraning ustidan g‘olib chiqqach, 
Alloh taolo unga yoshligi va go‘zalligini qaytarib beradi. Durbek dostonida bu 
manzara quyidagicha beriladi: Zulayho Alloh yagonaligini tan olib, Yusuf dinini 
qabul qilganidan so‘ng Yusuf Zulayho ishqida yonib, kulga aylana boradi. Endi 
charxpalak teskari aylanadi, Oshiq ma’shuqa tomon qanchalik intilsa, ma’shuqa 
o‘zini shunchalar chetga tortadi, oshiq faqat qalbidagi muhabbat bilan chekladi.
Zulayho Yusufning muhabbatini rad etib, o‘zini Alloh ishqi yo‘lida 
ekanligini aytib, Yusufni rad etadi. Yusuf tobora ishq qurboniga aylana boradi. 
Ishq kuyida Zulayhodan kam jabr ko‘rmaydi. Nihoyat, ularning to‘ylari bo‘lib, 
o‘tadi. Farzandli bo‘lishadi va baxtli hayot kechira boshlashadi. 
Zulayho ham xuddi Yoqub alayhissalomdek to‘xtovsiz yig‘ilardan ko‘zi 
ko‘r bo‘lib qoladi va Yusuf alayhissalomdan taraladigan xushbo‘ylarga intiq-
intizor bo‘ladi. Hujviriy bu haqda shunday yozadi:
“Zulayho Yusuf alayhissalomni shunchalar qattiq sevadiki, hatto uning 
uchun o‘limga ham tayyor bo‘ladi. Shu sababdan, to ular qo‘shilishmaguncha 
Zulayhoning ko‘zlari ochilmaydi”.
U faqat Yusufning yodi bilan tirik; bamisoli jon betinim ravishda ilohiy 
mahbub tomon intilgani singari, Zulayho faqat Yusufning ismini takrorlaydi. Ibn 
Arabiy o‘zining “Futuhat al-Makkiya” asarida shunday yozadi: «Aytishlaricha, 
bir kuni Zulayho kimningdir kamonidan uzilgan o‘qdan yarador bo‘ladi. 
Jarohatdan oqqan qon yerda “Yusuf, Yusuf”, degan izlar qoldiradi, zero, 
Zulayho tinimsiz ravishda “Yusuf, Yusuf”, deb takrorlab yurar, bu ism uning 
tomirlaridagi qonga ham singib ketgandi”.
Ibn Arabiy ham shahid ketgan so‘fiy Hallojning qoni yerga oqib, u yerda 
Alloh taoloning nomi shaklida iz qoldirganini bayon qila turib, Zulayho 
voqeasini misol qilib keltiradi. Hijron va shubha damlari o‘tib, Zulayhoning 
beqiyos sadoqati tegishlicha mukofotlanadi. Hakim Sanoiy o‘z asarlarida bu 
mavzuga tez-tez murojaat qilib, o‘z o‘quvchilarini “Zulayhodek sabr-toqatli” 


52 
bo‘lishga chaqiradi, zero mahbubning yaqinligi mahbubaga yoshlik, go‘zallik 
ato etadi
.
Shunday qilib, chinakam oshiq siymosi bo‘lmish Zulayho avvaliga 
insoniy jon, ya’ni Qur’oni karimning “Yusuf” surasida tilga olingan “nafsi 
ammora”, ya’ni “yomonlikka undaguvchi nafs”ga zanjirband bo‘ladi, so‘ngra 
esa to‘xtovsiz ichki kurashlar, dard-iztiroblar chekish orqali u bora-bora o‘z 
Xojasiga qaytib borishiga amin bo‘lgan “orom topgan nafs jon” timsoliga 
aylanadi.
Yusufning ko‘ylagidan anqib turgan bo‘ylarni tuyib, ko‘zlari 
ravshanlashadi, go‘zallikdan bahramand bo‘ladi. Bu bo‘ylar mahbubdan darak 
beradi. Mahbubning yaqinligini his etgach, iztiroblarda qaddi dol bo‘lgan ayol 
qaytadan yosharib ketadi.
Mavlono Jomiy va unga taqlid qilgan shoirlar o‘z asarlarida uzoq davom 
etgan yonish-kuyishlardan so‘ng bir-birining vasliga yetgan bu ikki oshiqning 
to‘ylarini barcha tafsilotlari ila tasvirlab berganlar. Bu asarlarda aytilishicha, bir 
vaqtlar kasalmand hokimga xotinlikka berilgan Zulayho hali-hanuz bokira qiz 
ekan. To‘y tugagach, bir vaqtlar Zulayho Yusuf alayhissalomning ortidan quvib, 
ko‘ylagini yirtgani singari, Yusuf alayhissalom ham yosh kelinning ko‘ylagini 
yertadi. 
Bu tasvirlar endi “Yusuf va Zulayho” tarixining chuqur so‘fiyona 
mohiyatiga aloqador bo‘lmasa kerak, chunki bular insoniy go‘zallik va 
muhabbatning davomi, yosh kelin-kuyovning turmushidagi ichki jihatlardir. 
Jomiy qalamida real insoniy sevgini tarannum etuvchi ajoyib ishqiy-
sarguzasht asarga aylangan. Dostondagi butun-butun boblar Zulayxoning otash 
muhabbati tasviriga bag‘ishlangan. Shoir sevgan qahramonining ishq va 
sadoqatini haroratli baytlarda, hayajonli epizodlarda qalb qo‘ri bilan tarannum 
etadi. Jomiy Zulayxo xarakterini mukammal yaratish uchun uni ko‘proq o‘z 
tilidan gapirtiradi. Asosiy e’tiborini Zulayxoga qaratadi. Shoir Zulayxodagi sof 
insoniy muhabbat tuyg‘ularini tasvirlar ekan, bu obrazning inson qalbiga xos 


53 
orzu-tilaklari, his-tuyg‘ulari, o‘z baxtiga intilishlarini turli sharoitlarda , holat va 
vaziyatlarda ko‘rsatishga harakat qiladi. Jomiydagi Zulayxo samimiy muhabbat 
bilan yashovchi, bu yo‘lda tinmay harakat qiluvchi obraz. Shu boisdan Zulayxo 
butun asar davomida oshiqona faryod chekib o‘tadi.o‘z alamiga yolg‘iz o‘zi 
qovuriladi. Durbekning o‘ziga xos mahorati dostondagi ishq mavzusini 
salaflariga qaraganda ancha jo‘shqin, keng va chuqur talqin qilishida namoyon 
bo‘ladi. U o‘zi murojaat qilgan mavzuni o‘zi yashagan davr va zamon nafasi 
bilan sug‘ora oldi va yangicha mazmun kasb etdi. Uning muhabbati yor vasliga 
yetishi amri maholligini bilsalar-da, ammo otashin ehtiroslarda qovrilib yurgan 
barcha oshiqlar uchun yorqin timsoldir. Zulayho bora-bora sevgilisi uchun hatto 
o‘limga ham tayyor bo‘lgan jasur, kuchli qahramonga aylanadi. 
Durbek o‘zbek dunyoviy adabiyotida yaratilgan ijobiy ayollar obrazini 
yanada konkretlashtirdi. Shoir Zulayho qiyofasida haqiqiy sevgi egasi bulgan 
ayol obrazini bera olgan. Jumladan, Zulayho umidsizlikka tushmaydi. U tushida 
kurib oshiq bo‘lgan Yusufga etishmoq uchun har kanday og‘irliklarga bardosh 
beradi. Zulayho xatto Misr Aziziga yanglish turmushga chiqsa xam istiqomat 
qiladi. Jomiyning bu dostonida Zulayxoning otashin muhabbati jomiyona 
kuylanadi. Yusuf haqidagi har qanday san’at asari bilan qiyosiy tahlil etilishida 
chegarasiz hamdir. Taqqos etib bo‘lmaydigan jihati Yusuf qissalari hikmat va 
taqdir bitigi, ibrat va namuna sabog‘i sifatida bunyod etilganligi bo‘lsa, qiyos 
imkoni kengligi esa unda inson va hayot masalalari majozan bo‘lsa-da, barcha 
jihatlari bilan ifoda etilganidadir. Ya’ni, inson va hayotga tegishli neki muhim 
bo‘lsa, u “Yusuf” qissalarida o‘z aksini topgan. 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə