Yusuf va zulayho



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

 
nazm.
 
(22-b.) 
Doston aruzning sari’ bahrida yozilgan bo‘lib, an’anaviy tarzda hamd va 
na’t bilan boshlanadi: 
Hamdu siposi maliki lam yazal, 
Bilgan erur / bandai xay/rul amal. 
– v v – / – v v – / – v – 
Mufta’ilun mufta’ilun foilun 
Sari’i musaddasi matviyi makshuf 
 
Dostonda XIV asr oxiri - XV asr boshlari ijtimoiy muhitining ayrim 
qirralari Yusuf va Zulayhoning romantik sarguzashtlari orqali tasvirlanadi. 
Asarda hayotiy, insoniy go‘zallik, dunyoviy va diniy ishq-muhabbatning tasviri, 
halollik va to‘g‘rilik kabi mavzular yoritiladi. Asardagi ijobiy qahramonlar 
o‘zining xaraktеri, ruhiyati, o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu 
ijobiy qahramonlarga Yusuf va Zulayho, Ibn Yamin, Ya'qub, Bashir obrazlari 
kiradi. Asarning bosh obrazi Yusufdir. Dostondagi asosiy voqea Yusufning 
sarguzashtidir. Boshqa voqea va sarguzashtlar u bilan uzviy bog‘lanib boradi, 
uni to‘ldiradi va takomillashtiradi. Qul xotin va Bashir voqeasi esa dostondagi 
asosiy voqeani mazmun va badiiy jihatdan boyituvchi voqea bo‘lib xizmat 
qiladi. Qul xotin Mubashsharaning sevimli o‘g‘li Bashirni Ya’qub a.s. sotib 
yuboradi. Qattiq qayg‘u va istirobga tushgan onaning achchiq qismati 
keyinchalik Ya’qub a.s.ning ham boshiga tushadi. Taqdir taqozosi bilan Yusuf 
o‘z ko‘ylagini otasiga Bashir orqali berib yuboradi. 


27 
Shoir Yusuf faoliyatini boshlanishidan to oxirigacha batafsil tasvirlaydi. 
Dostonda ikkita sujet chizig‘i mavjud: 
1.
Ya’qub payg‘ambar – uning o‘g‘illari – Yusuf (a.s.) o‘rtasidagi 
ziddiyat. 
2. Zulayho – Yusuf – Misr azizi o‘rtasidagi sujet chizigi. Ikkala sujet ham 
ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim kabi tarkibiy 
qismlarga ega bo‘lib, mahorat bilan uyg‘unlashtirilgan, bir-birini to‘ldiradi va 
bir nuqtaga borib birlashadi. 
Yusuf - Ya'qub payg‘ambarning kichik o‘g‘li. Durbеk bu obrazni, diniy 
va insoniy mavzuni uzviy bog‘lagan holda tasvirlaydi. Yusuf obrazi ko‘p 
jihatlari bilan Qur'oni karimdagi Yusufga yaqin va ayni paytda ba'zi jihatlari 
bilan farq ham qiladi. Yusufdagi ijobiy fazilatlar, insonga xos xususiyatlar, 
uning donoligi, insonparvarligi, xushmuomalaligi, vatanparvarligi, ota-onasiga 
nisbatan bo‘lgan farzandlik muhabbati kabilarda ko‘rinadi. 
Yusuf-go‘zallik timsoli. Otasining sеvimli farzandi. Shu sabab ham 
akalari unga hasad qilishadi. Yusufni chohga tashlashadi. Qul qilib sotishadi
azoblarga giriftor etishadi. Kеyinchalik Yusufning hayoti va taqdiri Misr xalqi 
hayoti bilan bog‘lanadi. U Zulayhoning tuhmatlariga chidaydi, zindon azobini 
boshdan kеchiradi, o‘tkir muabbirligi-tushni ta'birlay olishi, zindon azobini 
tortish Misr xalqini ochlikdan xalos etishi, akalari bilan uchrashuvi, Zulayhoga 
uylanishi, akalarining gunohlarini kеchirishi, otasi Ya'qub bilan uchrashishi, 
Misrni odillik bilan boshqarishi va boshqalar bilan xaraktеrlanadi. 
Asardagi muhim obrazlardan yana biri Zulayhodir. Zulayho-go‘zal va 
ayni paytda o‘tli ishq egasi. U Yusufni tushida ko‘rib, sеvib qoladi. Mag‘rib 
shohi Taymus shoh qizi bo‘lgan Zulayho quyidagi qiyofaga ega: 
Bir qizi bor edi mahi xovariy, 
Oraziga shamsu qamar mushtariy. 
Yuzi quyosh erdi, valе bеzavol,
Barcha funun bobida sohibkamol . 


28 
Hosili umri edi ul shohning,
Oti Zulayho edi ul mohning.
12
Zulayho ishq dardiga mubtalo bo‘ladi. Dardi kundan-kun alangalanadi. 
Tushida Yusufning “Misr elida shahriyor” ekanligini bilgach, Misrga borishga 
ahd qildi, ota-onasi uni Misr Aziziga uzatishadi. Biroq Zulayhoning tushida 
aytilgan so‘zlar kelajak haqidagi bashorat edi. U Misr Aziziga turmushga 
chiqqan bo‘lsa-da, Yusuf ishqi bilan yashaydi. Zulayho Yusufni sotib oladi. 
Yusufga bo‘lgan munosabati oshkor bo‘lib, ayollarning malomatlariga qoladi. 
Yusufga tuhmat qilishga majbur bo‘ladi. Qiyinchiliklarni sabr bilan yеngadi va 
oxir-oqibat Yusufga turmushga chiqadi. Yusuf va Zulayho Mishom va Farohim 
ismli o‘g‘il va Rohima ismli qiz farzandlar ko‘radi. 
Asardagi Ya'qub mеhribon ota sifatida namoyon bo‘lsa, Bashir va uning 
onasi obrazlarida shoirning yaxshilik va yomonlik haqidagi qarashlari o‘z 
ifodasini topgan. 
Dostondagi salbiy obrazlarni Yahudo boshchiligidagi Ya'qubning katta 
o‘g‘illari tashkil etadi. Molik tojir esa savdogarlarning tipik obrazidir. 
Asarda ramziylik xususiyati kuchli, qaysidir ma’noda asosiy o‘rinni 
egallaydi, deb aytish ham mumkin. Undagi alohida epizodlar ilohiy ma’rifat 
ifodasi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Jumladan taqdiri ilohiyning barhaq 
ekanligi, yaxshiliksiz yomonlik va yomonliksiz yaxshilikning bo‘lmasligi, tangri 
suygan bandalarini azobda sinashi haqidagi va boshqa bir qator aqidalar o‘zining 
go‘zal, ta’sirli va eng muhimi hayotiy ifodasini topgan. Yusuf zindonga 
tushgach, Zulayho zindonbondan uni kaltaklashni so‘raydi va o‘zi eshik oldiga 
borib uning ovozini eshitish bilan sog‘inchi, ishtiyoqi, ishqiga taskin beradi. 
Zero Zulayho ozodlikda bo‘lsa-da Yusufdan o‘n chandon ortiq azoblanayotgan 
edi. 
Yusuf akalarining nodonligi, xiyonati, vahshiyligini kechiradi. Chunki 
uning talqini bo‘yicha qavmini qahatchilikda qirilib ketishdan saqlab qolishi 
12
Uch bulbul gulshani. 


29 
uchun uning Misrga borishi shart edi. Demak uning Misrga sotilishi ilohiy 
taqdir. Asarninng sujet boshida ko‘rilgan tush ijobati bilan yakun topishi ham 
ramziylikning o‘ziga xos namunasidir. 
Asarda bir qator ikkinchi darajali va epizodik obrazlar ham mavjud bo‘lib, 
ular ham doston badiiyatida munosib o‘ringa ega. Bo‘rilar sardori, Yusufning 
onasi (qabri ustida Yusuf onasining ruhi bilan so‘zlashadi) kabi to‘qima 
timsollar shular jumlasidan bo‘lib, an’anaviy sujetning badiiy takomili, 
ta’sirchanligi oshishiga xizmat qilgan. Bu esa shoir Durbekning mahorati 
qirralaridandir. Dostonningning yetakchi qahramonlari Hazrati Ya’qub; Yusuf 
va Zulayholar hisoblanadi. Shu bilan birga asar tarkibida to‘qsonga yaqin 
nomlar uchraydiki, ular ham dostondagi muayyan g‘oya va maqsadni ravshan 
ko‘rsatishda hissa qo‘shadi. dostondagi bu timsollarning voqealar rivajidagi 
o‘rni birday emas, albatta. Ulardan ayrimlari voqealar rivojida bir necha marta 
tilga olinsa; ba’zilari muayyan lavhalardagina ishtirok etishadi. Shunday
bo‘lishiga qaramay, ularni nazardan chetda qoldirish also mumkin emas. 
Chunki o‘sha nazarga ilinmaydigan qahramonlarsiz ham asarning yaxlitligini 
tasavvur qilish qiyin. Shu qahramonlar tufayli Ya’qub, Yusuf , Zulayho va 
boshqa faol timsollar sarguzashti, qiyofasi, ruhiy – ma’naviy olami, felu 
atvori,tabiati mukammallik kasb etadi.
“Yusuf va Zulayho”da xalq og‘zaki ijodining kuchli ta'siri sеziladi. Tush 
ko‘rish, tushni ta'birlash, bеhad go‘zallik, hayvonlarning gapirishi, bir zarb bilan 
toshni ko‘tarib otish, yig‘laganda giyohlarning unishi, yig‘lay-yig‘lay ko‘zning 
ko‘r bo‘lishi, farzandining ko‘ylagini ko‘ziga surtishi bilan ko‘r ko‘zning 
ochilishi kabilarda bularni kuzatamiz. 
Shoir Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostoni: 
1.
O‘zbek mumtoz dostonchiligi taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. 
2.
Yusuf (a.s.) qissalarining diniy qissadan badiiy sujet darajasiga 
ko‘tarilishida munosib o‘ringa ega bo‘ldi. 


30 
3.
Mazkur sujetning turkiy xalqlar orasida shuhrat qozonishi, xalq 
kitoblari, qissalarining yuzaga kelishida turtki bo‘ldi. 
Dostonda o‘z ifodasini topgan diniy, milliy va umuminsoniy axloqiy 
qadriyatlar barcha davrlar uchun tarbiya vositasi bo‘la oladi. 
Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonida Yusufning akalari tomonidan 
chohga tashlanishi “Qur’oni karim”dagi singaridir: Yusufning o‘gay og‘alari
biz ko‘pchilik bo‘lsak-da, shak-shubhasiz, Yusuf va uning birodari Binyamin 
otamizga bizdan ko‘ra suyukliroqdir. Yusufni o‘ldiramiz yoki biron yerga olib 
borib tashlaymiz shundagina otamiz faqat bizlarga boqadi. Shunda ulardan biri 
Yusufni o‘ldirmanglar, undan qutulish uchun uni quduq qa’riga tashlab 
yuboringlar, yo‘lovchi karvonlar olib ketadi. Ular shunday qarorga 
kelganlaridan so‘ng, Ya’qub alayhis-salomning oldiga kelib, ota nima sababdan 
Yusufni bizga ishonmaysan? Axir biz uni xolis yaxshi ko‘ruvchilarmiz-ku. 
Uni ertaga biz bilan aylanishga yuborgin, o‘ynab-yozilib kelsin.
Ya’qub uni olib ketishlaringiz meni mahzun qiladi. Men, sizlar g‘aflatda qolib, 
uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqaman deya
 
o‘zi sezmagan holda, ularning shum 
niyatlariga bahona topib berdi. Endi bu tasvirning “Tavrot”da kelishiga qarasak 
Yusufning akalari otalarining padalarini boqish uchun Shakamga ketishgan 
edi.Shu vaqt Isroil ( “Tavrot”daYa’qubning ismi shunday berilgan ) Yusufga
 
sen akalaring oldiga borib, podalarning ahvolidan menga xabar keltir deb, 
Yusufni akalari oldiga Ya’qubning o‘zi yuboradi

Ular kechqurun otalari oldiga 
yig‘lagan hollarida kelishib, ota bizlar Yusufni narsalarimiz oldida qoldirib 
quvlashib ketgan edik, uni bo‘ri yeb ketibdi. Endi rost gapirsak ham sen bizlarga 
aslo ishonmaysan dedilar va Yusufning ko‘ylagini yolg‘on qonga, ya’ni bir 
qo‘yni so‘yishib o‘shaning qoniga bo‘yab keltirdilar. Shunda Ya’qub yo‘q 
sizlarga havoyi-nafslaring biron yomon ishni chiroyli qilib ko‘rsatgan. Endi 
mening ishim chiroyli sabr qilmoqdir deydi
13

13
Qur’oni karim. 


31 
Odamzod shunday yaratilganki, boshiga kelgan balo-musibatdan yig‘lab-
siqtab besabrlik qiladi. Lekin har qanday odam ham asta-sekin kelgan 
ko‘rgulikka ko‘nikib, endi sabr qilish lozimligini anglab yetadi. Allohga va 
barcha yaxshi-yomon ishlar yolg‘iz Uning amri bilan bo‘lishiga sidqidildan 
iymon keltirgan kishilar esa musibat tushgan birinchi lahzadanoq dod-voysiz 
“chiroyli sabr” qila olar ekanlar. Bu xususida o‘zining yeru ko‘kka 
ishonmaydigan farzandi-dilbandidan ajralib qolgani haqidagi xabarni eshitgan 
zahoti “chiroyli sabr” qilishga rozi bo‘lgan Ya’qub alayhis-salom to qiyomat 
iymon-e’tiqod egalari uchun ibratdir. Sabr nima ekanligi haqida payg‘ambarimiz 
Muhammad alayhis-salom esa shunday marhamat qilganlar: “Baloning birinchi 
zarbasi paytidagi sabrgina chin sabrdir” Ko‘rinib turibdiki, “Qur’on”dagi qissa 
ishq-muhabbat talqinida emas, balki sabr-toqatli bo‘lishdadir. 
Durbek dostonda bo‘ri tasviriga alohida e’tibor qaratib, uni Ya’qub bilan 
suhbatini tasvirlaydi. Ya’qub bo‘ridan nima sababdan o‘g‘lini yeganini so‘raydi. 
Bo‘ri bu ishni qilmaganligini Ya’qubga aytadi. Yusufning quduqqa tashlanishi, 
Misrda sotilishi tasviri diniy kitoblar va Durbekning dostonida deyarli farq 
kuzatilmaydi. Yusufning Misr azizi sotib olishi uni o‘ziga o‘g‘il sifatida ko‘rib, 
barcha ishlarini ishonib topshirgani, so‘ngra Zulayhoni unga intilishi 
“Qur’on”da Durbekning dostonida bir xillik ko‘zga tashlanadi. Faqat Durbek 
bunda badiiy g‘oyalar bilan dostonni boyitishga harakat qiladi. Zuloyho tush 
ko‘radiva Yusufning kimligini qayerdan ekanligini so‘roydi. Yusuf o‘zini Misr 
yurtida shahriyor ekanligini aytgach, Taymus shoh Misrga elchi yuborib, bizga 
o‘g‘il bo‘lsin deya noma yo‘llaydi. Mag‘rib padshohining qizi Zulayxo hazrati 
Yusufni tushida ko‘rgani. 
Bir kecha Yusufni magar ko‘rdi xob. 
Kirdi oning qo‘ynina chun oftob. 
Shamsu qamardek topibon ittisol, 
Bir-biridin ayladi sebi visol. 


32 
Dedi Zulayxoki: — Ayo gulbadan, 
Menga de otingni — nedur? Qaydasan? 
Qayda tilay yo‘qlasam oxir seni? 
Munda toparsan chu tilasang meni. 
Dediki: — “Yusufdur otim, gul uzor, 
Men eruram Misr elida shahriyor. 
Mehnatu dardu alamu ranju g‘am, 
Yetgusidur muncha balo dambadam. 
Oqibat ul tengri inoyat qilib, 
Seni menga, men senga bo‘lg‘um nasib”. 
Ushbu so‘z ustinda Zulayxo ravon 
Seskanib uyg‘ondi magar ul zamon. 
Erdi aning og‘zida Yusuf oti, 
O‘rtadi boshdin-oyog‘i ishq o‘ti. 
Oqibatul-qissa, chu Taymus shoh, 
Dedi erur Misr chu shash moha roh. 
Yig‘di ulug‘ beklarini ul zamon, 
Dedi qiling Misrg‘a elchi razon. 
“Nomau tahsin bitingiz bu dam, 


33 
Misr Azizi ul emish muhtaram, 
Ya’ni o‘g‘ulluqqa qilurbiz qabul, 
Bizning oramizda yurursun rasul. 
Misrda uldur chu shahi komgor, 
Anga erur yaxshi-yomon ixtiyor” 
Butkarib elchiga berib ul zamon, 
Misr sari qildilar elchi ravon. 
Bu tasvir Jomiyning “Yusuf va Zulayho” dostonida ham xuddi shunday 
berilgan bo‘lib, Zulayho uch marta tush ko‘radi. Birinchi va ikkinchi tushlarida 
ishq dardiga mubtolo bo‘lgan Zulayho o‘z tanasiga jarohat yetkazayotganini 
ko‘rgan Taymus shoh qizini kishanlashni buyuradi. Uchinchi bor tush ko‘rganda
Yusuf unga Misrda shaxriyor ekanligini aytadi. Misrga kelgan Zulayho Misr 
azizi tushida ko‘rgan Yusuf emasligidan qattiq istirobga tushadi. Shunga 
qaramay or-nomus, deb unga turmushga chiqishga rozi bo‘ladi. Bunda to‘qima 
obrazlardan Zulayhoning enagasi muhim rol o‘ynaydi va ikkala dostonda Jomiy, 
Durbek asarlarida keltiriladi.Yusufni sotib olgan Misr azizi uni uyiga olib kelib, 
Zulayhoga topshiradi va o‘g‘il qilib olishini aytadi. Zulayho tushida ko‘rib sevib 
qolgan yigitni taniydi. Jomiyning dostonida Yusufni Zulayhoning o‘zi sotib 
oladi. Bir kuni Zulayho Yusufning visoliga intildi. Agar Yusuf Parvardigorining 
ochiq hujjat-alomatini ko‘rmaganida, u ham Zulayhoga moyil bo‘lar edi. 
Yusufdan yomonlik va buzuqlikni chetlatish uchun mana shunday qildik . Zero, 
u pokiza bandalarimizdandir
14

Durbek va Jomiyning dostonlarida esa, Yusufning ko‘z o‘ngida otasi 
Ya’qub gavdalanadi.
 
Ikkalasi ham eshik tomonga chopishdi va Zulayho Yusufga 
yetib olib uning ko‘ylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida esa 
14
Qur’on 


34 
Zulayhoning hojasi — eriga yo‘liqib qolishdi. Shunda Zulayho eriga 
qarab,Yusufga tuhmat qilishga majbur bo‘ladi. “Sening oilangga yomonlik 
qilmoqchi bo‘lgan kimsaning jazosi yo zindon, yoki alamli azobdir”, dedi.
 
Yusuf uning o‘zi meni yo‘ldan urmoqchi bo‘ldi deb aytadi. Shu payt 
Zulayhoning urug‘laridan biri guvohlik berib, agar uning ko‘ylagi old tomondan 
yirtilgan bo‘lsa, u holda Zulayhoning gapi rostdir va Yusuf yolg‘onchilardandir.
Agar ko‘ylagi orqa tomondan yirtilgan bo‘lsa, u holda Zulayhoning gapi 
yolg‘ondir. 
Rivoyat 
qilishlaricha, 
mazkur 
guvohlik 
beruvchi 
Zulayhoning 
amakivachchasi bo‘lib, beshikdagi chaqaloq edi. Ne tongki, Tangri taolo 
O‘zining payg‘ambari Yusufni ma’sum bir go‘dak tili bilan oqlaydi. Ushbu 
voqea birgina “Tavrot”da uchramaydi. “Qur’on”da, Durbekda va Jomiyda
xuddi shu holat kuzatiladi. Zulayho malomatga qoladi. Shahardagi ayollar 
hokimning xotini o‘z xizmatkorini yo‘ldan urmoqchi bo‘libdi. Rosa yuragidan 
uribdi-da! dedilar. Zulayho ularning ig‘volarini eshitgach, ularga odam yubordi 
va kelganlaridan keyin anvoyi mevalar bilan dasturxonni to‘ldirib, ulardan har 
biriga bittadan pichoq berib qo‘ydi. Keyin Yusufni ularning oldiga chiqardi.
Ular o‘zlari sezmagan hollarida, qo‘llaridagi pichoqlari bilan o‘z qo‘llarini 
kesa boshladilar.

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə