Yusuf va zulayho


II BOB. ABDURAHMON JOMIYNING “YUSUF VA ZULAYHO”



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

II BOB. ABDURAHMON JOMIYNING “YUSUF VA ZULAYHO” 
DOSTONIDA AN’ANA VA O‘ZIGA XOSLIGI
 
2.1. Jomiy va Durbekning “Yusuf va Zulayho” dostonlarida Yusuf komil 
inson sifatida 
Mualliflar Yusuf obrazini nafsi-notiqa, ya’ni jilovlangan va orif 
odamlarning nafsi timsoli sifatida ko‘rsatishga erishadi. Dostondagi aksariyat 
talqinlar majoziy mohiyatga ega. Yusuf va Ya’qub payg‘ambarning nafsi –
jonning moddiy tomonidir. Yusufning birodarlari sa’yi – harakatlari insondagi 
badaniy quvvatlar –ichki sezgilarning ramzidir. Xotin timsolida esa insonni istak 
va g‘azabga tortadigan hislarning badiiy ifodasi berilgan. Zulayhoning Yusufga 
intilishi va unga sevgi – muhabbat izhor qilishi insonda istak – xohishning 
ma’naviy tomonidir. Yusufning xotindan o‘zini olib qochishi va uning xohish – 
irodasiga ko‘nmasligi aqlning o‘z olamiga ustuvor turishi, hissiyot quli 
bo‘lmasligining ramzidir. Yusufning vazirlik va taxtga o‘tirishi, oliy kamolotga 
erishishi va o‘sha kamolotga aql, sabr – toqat sabab bo‘lganligini aniq 
tasvirlaydi.
Abdurahmon Jomiyning uchinchi dostoni bo‘lmish “Yusuf va Zulayho” 
1483 yilda yozilgan. Sharqda bu dostonning juda ko‘p variantlari mavjud bo‘lib, 
uni qalamga olgan har bir ijodkor asarga biror o‘zgarish va yangilik kiritishga 
harakat qilgan. Jomiyning ushbu asari adabiyotshunoslar talqinicha, taqdirga tan 
berishga chaqiruvchi asar bo‘lmay, aksincha insonni yuksak tuyg‘ular yo‘lida 
har qanday kuchlarga qarshi bosib o‘tgan musaffo muhabbat g‘alabasini madh 
etuvchi jo‘shqin asardir. Ogahiy tarjimasi uchun asos qilib olingan Jomiyning 
“Yusuf va Zulayho” dostoni fors-tojik va turkiy tillarda bu mavzuda yozilgan 
asarlarning eng mukammali, ayni zamonda, badiiy jihatidan eng kuchlisi 
hisoblanadi. Shuning uchun ham bu doston yaqin va o‘rta sharq xalqlari orasida 
keng tarqalgan va katta shuhrat qozongan. Bu asarning xalq o‘rtasida bunday 


41 
shuhrat qozonishining sababi shunda ediki, Jomiy bu sujet orqali hayot va inson 
haqida, insonning turmushdagi o‘rni va burchi haqida o‘zining ajoyib orzu-
umidlarini yorqin obrazlarda zo‘r mahorat bilan so‘zlagan edi. Jomiy yaratgan 
“Yusuf va Zulayho” dostoni insonni ulug‘lash, inson his-tuyg‘ularini tarannum 
etish, undagi aziz va muqaddas bo‘lgan muhabbat kechinmalarini madh etishga 
qaratilgan. 
Bu doston, ayniqsa, o‘zining otash muhabbat tarannumi bilan ajralib 
turadi. 
Katta-katta 
boblar 
Zulayhoning 
otashin 
muhabbat 
tasviriga 
bag‘ishlangan: 
Berib bir sarkash ilgiga inonim, 
Jafosi birla qilding qasdi jonim. 
Solib boshimg‘a zulmoti shabi g‘am, 
Manga ko‘rguzmas o‘zni uyquda ham. 
Shu sabab ham u asrlar osha xalqimizning eng sevimli dostoni bo‘lib 
kelmoqda. O‘tmishda Jomiyning “Yusuf va Zulayho”sidan ilhomlangan o‘nlab 
ijodkorlar bu asarga katta hurmat bilan yondoshdilar. Ayrim ijodkorlar esa 
Jomiyning “Yusuf va Zulayho”sini o‘zbek tiliga tarjima qilib, xalqimiz orasida 
kengroq yoyilishiga harakat qildilar. Shoir bosh qahramon Yusufning taqdiri va 
uning hayotga bo‘lgan munosabatini turli vaziyatlarda tasvirlaydi. Yusufning 
insoniy fazilatlari uning zehni va zakovati odamlarga, o‘z eliga muhabbatida 
ko‘zga yaqqol tashlanadi. 
U behuda qon to‘kmasdan, aql-idrok bilan mamlakatni boshqaruvchi odil 
shoh darajasiga ko‘tariladi. Misr shohi Yusufni ozod qilishni buyurganda Yusuf 
elchiga shohingdan o‘z qo‘llarini kesgan ayollar nima bo‘lganini so‘ra deb 
aytadi. Yusufni nafsini yengib, komil inson darajasiga ko‘tarilgani uning 
naqadar pokiza qalbli inson ekanligini ko‘rsatib turgan uch nukta bordir. 


42 
Birinchidan, podshoh tushining ta’biri haqida so‘ralganda: “Agar meni bu 
zindondan ozod qilsa, aytaman”, demay, batafsil ta’bir qilib berishi; 
ikkinchidan, podshoh uni ozod qilishga amr qilganida ham, u zindonni darhol 
tark etmasdan, o‘zining begunohligini isbotlab berishlarini talab qilishi; 
uchinchidan, o‘zining begunohligini isbotlashda ham o‘zi tuz ichgan yerning 
hurmatini saqlab, “Borib meni shunday azobga duchor qilgan Zulayho nima 
bo‘lganini bilib kelgin”, demay, “Qo‘llarini kesgan ayollar nima bo‘lganini 
so‘rab kel”, deyishidir. 
Dostonning qahramonlari, ayniqsa, Yusuf va Zulayho har qanday og‘ir 
qiyinchilikka duchor bo‘lganda ham o‘z orzularining amalga oshishiga aniq 
umid bog‘laydilar va bu muqarar tantana qiladi. 
Shuningdek, Durbek o‘z asarida Yusuf taqdiri va uning hayotiga bo‘lgan 
munosabatini turli bosqichlarda hikoya qiladi. Shoir o‘z qahramoni Yusuf 
faoliyatini berishda tobora dunyoviy hayotga yaqinlasib boradi. 
Aytish joizki, unda insoniy fazilat ustunlik darajasiga kutariladi. 
Yusufdagi insonga xos bo‘lgan ijobiy fazilatlar uning donoligida, 
xalqparvarligida, xushmuomalaligida, vatanparvarligida hamda otasiga bo‘lgan 
farzandlik muhabbati kabilarda ochiq seziladi.
Shuningdek, Yusuf Misrda yashab turgan paytda o‘zi tug‘ilib o‘sgan 
vatanidan ajralganidan shikoyat qilish holatlari xususida Durbekda ajoyib 
tasvirlangan. Xususan, Yusufdagi bu hislatlar xalq uchun qayg‘uruvchi, insoniy 
fazilatlarga ega bo‘lgan kishilardagina mavjud.Shunday bo‘lishiga qaramay, 
dostonda tashqi muhitning – ilohiy kuchning aralashuvi ma’lum darajada sezilib 
turadi.
Ayniqsa, bu holni asar qahramonlari Yusuf va Zulayho faoliyatining 
rivojlanishida ularning orzu-umidlarining amalga oshuvida Xudoning vakili 
sifatida ishtirok etgan Jabroil obrazida ochiq ko‘rish mumkin. 
Albatta, o‘sha sharoitda shoir buni chetlab o‘ta olmas edi. Chunki, 
Durbek islom dini hukm surib turgan davrning vakili sifatida diniy e’tiqodlardan 


43 
holi emas edi. Shuning uchun ham dostonda diniy ruhni ifodalovchi epizodlar 
uchraydi. Ammo shoirning diniy e’tiqodi dostonning umumiy qimmatiga putur 
etkazmaydi. Chunki dostonda ilgari surilgan dunyoviy muhabbat motivlari va 
hayotiy masalalar ustunlik qiladi. Shuningdek, dunyoviy motivlarning Durbek 
tomonidan zo‘r shoirona mahorat bilan kuylanishi o‘zbek dunyoviy 
adabiyotining yangi bir etapga kutarilishida katta rol o‘ynaydi.
Xususan, muhabbat bobida qalam surgan shoir ishqni Yusuf va Zulayho 
timsolida hayotiylashtiradi. Durbekning ishq bobida shoh va gadoning teng 
ekanligini tasdiqlab o‘tishi juda e’tiborga loyiqdir.
Oh, ajab dard erur dardi ishq, 
Har kishi bo‘lmas dag‘i bil mardi ishq. 
Ishq, o‘ti har yerdakim ursa alam, 
Bilki, qilur jumla vujudin adam. 
Ishqi jon mulkida sulton erur, 
Shohu gado anga chu yakson erur
16

Dostonning ba’zi o‘rinlarida qahramonlar faoliyatiga aralashayotgan 
farishtalar, Jabroil, afsonaviy obrazlar uchraydi. Ammo shoir dostonning 
markaziy doirasiga hayotda ko‘proq uchraydigan maishiy detallarni singdirishga 
uringan va buni muvaffaqiyatli bajara olgan. Durbek dostonda baxtsizlikdan 
qutilmoq uchun chidash, sabr-toqat qilish kerakligini aytadi. 
Sabr bila tengri berur komi dil 
Sabr qilu sabr qilu sabr qil
17

Tengri berur, sabr yo‘lida murod, 
Sabr qil ey poki ruh, noki zod
18

16
Дурбек

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə