Yusuf va zulayho



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

 
 
 


54 
 
XULOSA
Abduraxmon Jomiyning “Yusuf va Zulayho” dostonida ishqi ilohiy 
masalalari etakchilik qilsa, Durbek qalamiga mansub “Yusuf va Zulayho” 
dostonida esa xaloskorlik, sabr-u matonat masalalari e’tiborga olinganligi 
ko‘rinadi. Xullas har bir davr hamda ijodkorning o‘z “Yusuf va Zulayho”si bor.
“Yusufnoma”lar badiiy adabiyot uchun o‘lmas mavzular xazinasidir. U haqda 
qancha mulohaza yuritilsa, mavzuning shuncha qirralari namoyon bo‘laveradi. 
Mavzu talqinida epik va lirik tasvirlar o‘ziga xos jozibador olam yaratganligi 
ko‘rinadi. Epik tasvirda ko‘lamdor voqelik aks etgan bo‘lsa, lirik talqinda 
voqealar ramziyligiga e’tibor berilgan. Yana bir xulosa shundaki, lirik 
talqinlarda Yusuf obrazi bilan yonma-yon ravishda Zulayho nomi deyarli 
uchramaydi. Demak, she’riyatda “Yusufnoma” mavzusi o‘zgacha ruhda talqin 
etilgan. Xulosa qilinganda hamma davr va adabiyotlarda bu mavzu madadkor 
ruh, maftunkor badiiyat olami sifatida o‘quvchilar qalbini o‘ziga rom etgan 
dilbar mavzudir.
O‘zbek xalqi qadimiy tarixga, boy o‘tmish merosga ega. Ko‘p asrlik 
xalqning tarixi yozma yodgorliklar va og‘zaki ijod namunalari orqali avloddan-
avlodga o‘tib kelmoqda. Yurtimizda istiqlolning dastlabki yillaridanoq milliy- 
ma'naviy merosga bo‘lgan e'tibor kuchaydi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi 
adabiyotshunoslik ilmida qatag‘onga uchragan an'analarimiz, diniy va 
tasavvufiy adabiyot hamda uning badiiy adabiyotga ta'siri masalalari xususida 
ochiq-oydin mushohada yuritish imkoniyati tug‘ildi. Adabiyot tariximizda 
mustaqil va sobit o‘rniga ega bo‘lgan bir qator durdonalarimizni talaba 
yoshlarimizga yetkazish imkoni ham ana shu milliy mustaqilligimiz sharofatidir. 
Jomiy va Durbekning “Yusuf va Zulayho” asari nazmiy dostonlar 
sifatida o‘zbek mumtoz badiiy nazmining shakllanishi va taraqqiyotida ayricha 
ahamiyatga molik.


55 
Unda insonning komilligi, avvalo, o‘z hatti-harakati, o‘z so‘zi oldidagi 
mas’ullikdan iborat bo‘lib, bu Olloh, uning rasuli oldidagi mas’ullikdir, - deya 
qat’iy qarorga kelinadi. Ya’qub alayxis-salom Yusufni har qancha sevmasin, 
Mubashsharaning ham shu qadar sevimli farzandi Bashirni sottirib, unga 
ko‘rgazgan shafqatsizligi ajri sifatida o‘g‘lidan ajralish jazosiga giriftor bo‘lishi 
zamirida ham o‘sha mas’ullik yotadi.
Bunday maylni Yusuf qismatida sodir bo‘lgan ziddiyatli voqealar. 
jarayonida ham ko‘zatish mumkin. Asarda Yusuf tavbasi sabr-toqat asosida 
kechadi va uning o‘zi ham kechirimli qalb sohibiga aylanadi. Zulayxoning 
tavbasi esa uning butdan kechishi orqali Yusuf vasliga erishuvi lavhalarida 
namoyon bo‘ladi. Adib o‘zining Komil Inson haqidagi g‘oyalarini shu xilda 
ilohiy-tasavvufiy qarashlar asosida ilgari surib, haqiqiy "Ahsan ul-qisas" yarata 
oldi.
Durbek doston davomida badiiy asarning shakl va mazmun butunligiga 
alohida e’tibor beradi. Doston tarkibida rivoyat, hadis, bashorat, she’r, bayt, 
g‘azal, oyat va tush namunalarini berib, uning o‘qishliligini, kitobxonga katta 
zavq berish orqali o‘zining insonsevarlik ruhidagi qarashlarini ta’sirchan 
yetkazishga muvaffaq bo‘lgan. 
Durbek “Yusuf va Zulayxo” qissasini o‘ziga xos 
va maromiga etkazib yozgan. Ya’ni Durbek o‘z asarini zamon ruhi bilan 
to‘yintiradi. Bu esa asarning ishonchli va jonli chiqishida katta rol o‘ynagan. . 
Demak, Durbek ilgari surgan g‘oya ahillikda totuv hayot kechirishdir. 
Durbekning “Yusuf va Zulayxo” dostoni va Jomiyning “Yusuf va Zulayxo”si 
bilan qiyosiy o‘rganilib, umumlashma xulosalar chiqarildi. Tadqiqotdan shu 
narsa ayon bo‘ldiki, yuqoridagi dostonlar mavzu jihatidan, sujet tomonidan 
o‘xshash bo‘lishi mumkin, ammo ulardagi ilgari surilayotgan g‘oya tomoman 
o‘zgacha mazmun kasb etadi. Durbek dostonining pafosi tinch-totuv yashashga 
chaqirishdan iborat. Jomiyning dostoni esa real insoniy sevgini tarannum 
etuvchi ishqiy-sarguzasht asardir. Shu o‘rinda Prezidentimiz Islom Karimov 
“Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” kitobida ta’kidlanganidek “…o‘tmishdagi 


56 
allomalarning bebaho merosi yosh avlod ongini va turmush tarzini 
shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko‘rsatmoqda”
22
. Jomiy asarlarining bir 
qismi diniy va falsafiy mazmunga ega bo`lib, ularda shoir islom dini va sharq 
falsafasining bir qator masalalarini o`z qarashicha talqin etadi, tasavvufning XV 
asrdagi yirik arbobi sifatida o`z fikr-mulohazalarini bayon etadi. 
Demak, mazkur doston yosh avlodning ma’naviyatini shakllanishida katta 
hissa qo‘shadi. Jumladan, asardagi Yusufning sabr-toqatliligi, vatanparvarligi va 
barcha jamiki fazilatlari yoshlar uchun o‘rnak hisoblanadi. Yusuf (a.s) haqida 
yaratilgan asarlar shaklan o‘zgarmasligi, barqaror sujetga egaligi bilan 
xarakterlanadi. Bu sujet asosida yaratilgan asarlar esa nihoyatda rang-barang 
motivlar kasb etadi. Unda inson va hayot uchun zarur bo‘lgan barcha masalalar 
talqini mavjud. E’tiborlisi bunday hodisa faqat sharq adabiyotigagina xos bo‘lib 
qolmasdan, balki dunyo xalqlari adabiyoti tajribasida ham muhim ahamiyat kasb 
etgan. Uni jahonning daho ijodkorlari ham badiiy adabiyot qonuniyatlari 
orasidagi eng maqbul uslub va ijobiy hodisa ekanligini ta’kidlaganlar. Qur’on va 
uning qissalari hidoyatdan iborat bo‘lmay, asosiy maqsad kishilarni saodat yo‘li- 
iymon-islom yo‘liga targ‘ib qilish, payg‘ambarlarning o‘z hayotlarida ahli 
basharni ezgulikka da’vat etib kelganlarini ifodalashdir. Bu ezgu fazilatlarning 
barchasi hazrat Yusuf alayhis-salom siymosida gavdalanadi.
Alohida bir sujetning muayyan badiiy adabiyotdagi tarixiy tadrijini 
o‘rganish g‘oyat qiziqarli ilmiy xulosalarga kelish imkoniyatini beradi. Shu 
jihatdan qaraganda, Yusuf va Zulayxo nomlari bilan bog‘liq ishqiy-maishiy 
sarguzasht o‘zgacha mohiyat kasb etadi. Yusuf va Zulayho sarguzashti ilohiy 
kitoblarda ifodalangani sababli tabarruklashtirildi va nodir diniy sujet sifatida 
ham og‘zaki, ham yozma badiiy adabiyotda qayta – qayta ishlanib, sayyor 
mavzu maqomini oldi. Shundan Yusuf va Zulayho nomi ular bilan bog‘liq 
lavhalar barcha diniy e’tiqoddagi xalqlar badiiy adabiyotida ko‘zga tashlanadi. 
22
Karimоv . I. A. Yuksak ma’naviyat-еngilmas kuch.T.: Ma’naviyat, 2008.- 12- bеt. 


57 
Ilmiy kuzatishlardan ayonlashuvicha, bu sayyor sujet asosida hozirgacha 
yahudiy, arab, fors-tojik, turk, o‘zbek, ozarbayjon, tatar, turkman, kurd, panjob, 
kajorat, hind, urdu, afg‘on, gurji, latish va olmon tillarida bir yuz ellikdan ortiq 
she’riy va nasriy asarlar yaratilgan. 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə