Yusuf va zulayho


Bitiruv malakaviy ishining



Yüklə 446 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/18
tarix24.12.2023
ölçüsü446 Kb.
#160483
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
yusuf va zulayho dostonida anana va oziga xoslik

Bitiruv malakaviy ishining
 
maqsad va vazifalari. 
“Yusuf va Zulayho” 
asarining yaratilish va o‘rganilish tarixini yoritish, uning badiiy qimmatini 
aniqlashni maqsad qilib olgan holda, quyidagilarni yoritish ishning asosiy
vazifasi hisoblanadi. “Yusuf va Zulayho” mavzusining g‘oyaviy-ma’naviy, 
ilohiy-adabiy sarchashmalari, badiyatini o‘rganish va shu mavzuda ungacha 
yaratilgan ayrim asarlar bilan qiyosiy-tipologik tahlil qilish mazkur bitituv 
malakaviy ishining asosiy maqsadidir. Ayni maqsadni yuzaga chiqarmoq uchun 
quyidagi vazifalarni hal qilish lozim topildi: 
-
“Yusuf va Zulayho” asarining yaratilishi; 
-
“Yusuf va Zulayho” asarining o‘rganilish tarixi; 
-
Durbekning “Yusuf va Zulayho” asari mohiyati
-
“Yusuf va Zulayho” asarining tarixiy, ilmiy, didaktik ahamiyati; 
-
Jomiyning “Yusuf va Zulayho” asari badiiyati; 
-
Asarning badiiy qimmati va o‘ziga xos uslubi; 
-
Yusuf va Zulayho sarguzashtining diniy manbalardagi talqinlarini 
qiyosiy o‘rganish 
-
“Yusuf va Zulayho”ning Jomiy asarlari bilan uyg‘un hamda farqli 
jihatlarini imkon qadar batafsil tahlil qilish va tegishli xulosalar chiqarish; 


10 
-
dostonning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari, timsollar olamini imkon 
qadar kengroq o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish; 
-
shu asosda dostonning nafaqat “Yusuf va Zulayho” tarkibida, balki 
o‘zbek mumtoz adabiyotining taraqqiyotidagi o‘rnini
 
belgilashdan iboratdir. 
Bitiruv malakaviy ishining
 
nazariy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot 
Yusuf va Zulayho mavzusining badiiy ishlanish jarayonini kuzatish asosida 
sayyor sujet tadrijiga xos qiyosiy-tipologik xususiyatlarni oydinlashtirish hamda 
umumlashtirish zamirida ma’lum nazariy xulosalarga kelish imkoniyatini 
kengaytiradi. Shuningdek, undan o‘zbek mumtoz adabiyotining ilmiy tarixini 
yaratishda, badiiy adabiyot ta’limi mazmunini yanada teranlashtirishda, oliy va 
o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari uchun 
o‘zbek adabiyoti tarixi fani bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratish, 
tavsiyanomalar ishlab chiqishda, maxsus kurslar o‘qitishda g‘oyaviy-axloqiy, 
mafkuraviy tashviqot va targ‘ibot ishlarida foydalanish mumkin. 

Yüklə 446 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə