Yusupova Z. X



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/149
tarix28.11.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#134207
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149
Ichki va tashqi kuchlar
. Ayrim tizimning qismlari o‗rtasidagi o‗zaro ta‘sir 
kuchlari – 
ichki kuchlar
deb ataladi. Odam tanasida, bu – mushak kuchanishlari. 
Anatomik jihatdan mushaklar shunday joylashadiki, qoidaga ko‗ra, tananing biron-
bir ikkita zvenosini birlashtiradi. Mushakning qisqarishi paytida, mos ravishdagi 
zvenolarga ta‘sir ko‗rsatuvchi kuchlar yuzaga keladi. 
Mazkur jismga boshqa jismlarning ta‘siri paytida yuzaga keladigan kuchlar – 
tashqi kuchlar
deb ataladi. Odamga nisbatan tashqi kuchlar quyidagilar 
hisoblanadi: Yerning tortish kuchi, tayanch yuza bilan oyoq kafti o‗rtasidagi 
ishqalanish kuchi, muhitning qarshilik kuchi (aerodinamik va gidroaerodinamik). 
Nyutoning uchinchi qonunining oqibati bo‗lib, ichki kuchlar odam gavdasining 
MUM holatini o‗zgartira olmasligi hisoblanadi: ularning ta‘siri faqatgina gavda 
zvenolarini o‗zaro joylashuvini o‗zgarishiga olib keladi. Odam faqatgina tashqi 
muxit bilan o‗zaro ta‘siri hisobiga harakatlanadi, ya‘ni tashqi kuchlar hisobiga. 
Harakat parametrlaridagi barcha o‗zgarishlar atrof-muxit bilan kuch orqali o‗zaro 
ta‘sir qilishi va u bilan uyg‗un bo‗lgan, odam gavdasining barcha zvenolarida ichki 
kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Bunday uyg‗unlik qanchalik ratsional 
bo‗lsa, u yoki bu harakat amalining samaradorligi ham shunchalik yaxshi bo‗ladi. 
Tashqi kuchlarning ta‘siriga misol tariqasida gidroaerodinamik qarshilikni 
ko‗rib chiqamiz. Odam, bir qator lokomotsiyalarda tashqi muhitning: havoning 
(yugurishda, velosipedda yurishda, tramplindan chang‗ida sakrashda) va suvning 
(suzishda, turli qayiqlarda eshkak eshishda) qarshiligiga uchraydi. Sportning 
ko‗pchilik turlari tezlanish va sport snaryadini uloqtirib yuborish bilan bog‗liq, u, 
muxitda harakat qilishini davom ettirib, u tomondan qarshilikka uchraydi – bu, 


161 
gardishni uloqtirish, nayzani uloqtirish, voleybolda, tennisda va futbolda to‗pning 
uchishi. 
Odam yoki snaryad gazli yoki suvli mhxitda harakatlanishi paytida, 
qarshilikning ikkita turiga uchraydi: ishqalanish va bosimga. Suvli muhitda 
to‗lqinli qarshilik ham qo‗shiladi. Ular birgalikda, umumiy tormozlovchi kuchni 
hosil qiladi, uni jismning to‗g‗ridan qarshiligi deb atashadi. Ishqalanishning 
qarshiligi birinchi darajadagi harakat tezligiga proporsional va ob‘ektni muhitda 
kichkina tezlik bilan harakat qilishida ahamiyatli bo‗ladi. Bosimning qarshiligi 
ob‘ekt harakatining nisbiy (harakatsiz muhitga nisbatan) tezligini kvadratiga 
proporsional bo‗ladi. Ushbu qarshilik – suyuqlik oqimini harakat qilayotgan 
ob‘ektning orqasida turbulizatsiya (girdobli oqimni hosil bo‗lishi) oqibati 
hisoblanadi, u, muhit zarralarini harakatlanish tezligini oshirilishiga va 
harakatlanayotgan jism ortida bosimning pasayishiga olib keladi. Jismning 
oldidadgi va ortidagi bosimning farq qilishi bosimning qarshiligini yuzaga 
kelishiga olib keladi. 
Ma‘lum bir ob‘ektni gazli yoki suvli muhitda harakatlanishiga qarshilik 
ko‗rsatishning fizik mazmuni – uni muhit zarrachalarini harakatga jalb qilishi va 
buning oqibatida, o‗z energiyasining bir qismini ularga berishi bilan, ularni isyon 
qilishini yuzaga keltirishidan iborat. Masalan, agarda sportchi o‗rtacha distansiyani 
sekundiga 6 metr tezlik bilan yugurayotgan bo‗lsa, u sarflaydigan energiyaning 8 
foizigacha havoning qarshiligini engishga sarflanadi. Sprinterlarda ushbu kattalik 
umumiy energiya sarfining 16 foizigacha bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə