74
moment-
ti (kinetik moment)
kg • m
2
/s
Energetik
Gavdani
harakatlan-
tirish bo‗yicha ish, Dj
Ilgarilanma harakat
energiyasi, Dj
Ilgarilanma harakat
quvvati, Vt
Tanani
aylantirish
bo‗yicha ish, Dj
Aylanma
harakat
energiyasi, Dj
Aylanma
harakat
quvvati, Vt
3.4. Texnik vositalar va o‘lchash metodikalari
Biomexanik kinematografiya
. Mazkur o‗lchov metodikasi o‗lchashning
kontaktsiz vositalari tarkibiga mansub. Bu,
ayniqsa muxim, chunki texnik
vositalarning yagona tizimi bilan trenirovka ishi hamda musobaqa vaqtidagi
harakat amallarini qayd qilish mumkin. Biomexanik kinematografiyaning texnik
vositalari tezkor kinokameralarni, testt-ob‘ektni, analizatorni, kompyuterni o‗z
ichiga oladi.
Odam gavdasini fazoda harakatlanishiga bog‗liq ravishda tasvirga olishlarning
har xil usullarini amalga oshirish mumkin:
1. Yassi usuli, harakat bir yassilikdagi harakatlanishga yaqin bo‗lganda
(yugurish yo‗lakchasida
yugurish, uzunlikka sakrash va uchxatlab sakrash
paytidagi yugurish, krol usulida suzish). Albatta, ushbu holatda, biomexanik
axborotning bir qismi yo‗qotiladi, lekin harakatning
umumiy qonuniyatlarini
ilg‗ash mumkin. Tasvirga olishning ushbu turida kamera statsionar ravishda
o‗rnatiladi;
2. Panoramali, kamera odamning harakati ortidan burilganda, bunda operator
odamni taxminan kadrning markazida ushlab turishga intiladi. Tasvirga olishning
75
ushbu turini balandlikka
sakrashda paytidagi yugurishni, konkida yuguruvchining
burilishni o‗tishida, butun distansiya bo‗yicha yugurishda qo‗llash mumkin;
3. Fazoli, kameralar optik o‗qlari o‗rtasidagi burchak 90 gardus ostida
joylashgan ikkita kameralar bilan tasvirga olish amalga oshiriladi. Tenglamalar
tizimi ishlab chiqilgan (R.Shapiro, 1978) bo‗lib, uni yechish paytida,
kameralarning har birini kadri yassiligida tanlangan
nuqtalar koordinatalari
bo‗yicha sportchi tanasida tadqiqotchini qiziqtirgan har qanday nuqtaning uchta
fazoviy koordinatalari tiklanadi. Fazoviy tasvirga olish yordamida laboratoriya va
natural sharoitlarida, chegaralangan fazoda (og‗ir atletika, gardish, dubulg‗a, yadro
uloqtirish, sportning o‗yin turlarida to‗pni uzatish va h.k.) bajariladigan harakat
turlarini o‗rganish mumkin.
Biomexanik tasvirga olishning har qanday turi oddiy tasvirga olishdan shunisi
bilan farq qiladiki, unda, keyinchalik qayta ishlov berishda miqdoriy ma‘lumotlarni
olish uchun tasvir fazosini masshtablashtirish zarur; film kanalida tasma harakatini
yuqori darajada stabillashtiruvchi va tasvirga olishning katta tezligiga ega
(sekundiga 100 ta kadr va undan yuqori) bo‗lgan kinokameralardan foydalanish
kerak.
Masshtablashtirishni
tasvirga olishdan oldin, kadr maydonida tasvirga olish
ob‘ektining asosiy harakatlanishlari joyida joylashgan testt-ob‘ektni tasvirga olish
vaqtida amalga oshiriladi. Yassi tasvirga olish pyatida testt-ob‘ekt bo‗lib bir metrli
bo‗lak, fazoviy tasvirga olish pyatida esa – qobirg‗alari birlashtirilgan joyida
ajralib turadigan belgilari bilan uch o‗lchovli kub xizmat qilishi mumkin. Kadrdagi
nuqtalarning barcha koordinatalari ko‗paytiriladigan masshtabli koeffitsient testt-
ob‘ektning uzunligini tasma kadridagi xuddi shu bo‗lakning uzunligiga nisbatiga
teng.
Odam tanasidagi nuqtalarning koordinatalarini (qoidaga ko‗ra,
odam tanasi
bo‗g‗imlarining koordinatalarini) olish uchun tasma proyavka qilinganidan keyin
filmlar analizatoriga o‗rnatiladi, unda, kadrlar taxminan 30 marta kattalashtiriladi.
Operator, tanlangan nuqtalarning belgilangan ketma-ketligini kadrlarni birma-bir
kuzatish orqali, kompyuterga koordinatalar to‗g‗risida ma‘lumotlar massivini
76
kiritadi. Ularni olgandan keyin, har qanday biomexanik tavsiflarni hisoblab topish
mumkin. Lekin, undan oldin, birlamchi
massivlarni silliqlash zarur, chunki
operatorning qayta ishlov berishi natijasida noaniqliklar, bexosdan otilib chiqishlar
yuzaga kelishi mumkin. Silliqlash kompyuterda quyidagi maxsus dastur-
operatsiyalar yordamida amalga oshiriladi: sirpanuchvi o‗rtacha, sirpanuchvi
ko‗phad, ikkinchi tartibli Battervort filtri, splayn-funksiya.
Biomexanik kinematografiyaning kamchiligi – tasmani proyavka qilish zarurati
hisoblanadi, bu, ma‘lumotlarni olishni cho‗zib yuboradi.
Dostları ilə paylaş: