‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
Logistika asoslari

Nazorat savollari:
1. Analitik usul necha turga bo‘linadi?
2. Stoxastik usullar qay paytda qo‘llaniladi?
3. Sintetik usulda ehtiyojlar qanday aniqlanadi?
4. Imitatsion modellashtirish usulining afzalliklari nimalardan 
iborat ?
71


5.4. Materiallar bilan ta’minlovchilarni tanlash
Korxona ishlab chiqaruvchimi yoki savdotni qat'iy nazar uni 
katta foyda olishining garovlaridan biri u materiallami qanchalik 
arzon, va o ‘z vaqtida belgilangan vaqtda va miqdorda olishi hamda 
sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa korxonaga materiallami qaysi 
ta’minlochidan olinishiga bog‘liq bo‘ladi.
Optimal ta ’minlovchilami tanlash uchun ularning ishi to ‘g ‘- 
risida m a’lumotlar bankini tashkil etish kerak bo‘ladi. M a’lumotlar 
banki iste’molchi korxonaga qo‘ygan talablariga (baholash m e’zon- 
lariga) ta ’minlovchi qay darajada javob bera olishini baholash 
imkonini beradi. Ko‘p hollarda iste’molchi korxonalar baholash 
m e’zoni sifatida mahsulot sifatini, yetkazib berish shartlarini va 
ishonchliligini tanlaydilar. Agar bir paytning o ‘zida qo‘yilgan 
talablarga bir nechta korxona teng javob beradigan bo‘lsa, ulardan 
eng yaxshisini tanlab olish uchun q o ‘shimcha m e’zonlardan 
foydalanish mumkin:
- potensial ta ’minotchini tanlash;
- ta ’minotchining moliyaviy holati;
- ta ’minotchini qo‘shimcha zaxira quvvatga ega ekanligi;
- shoshilinch buyurtmalarni bajara olish muddati;
- ta ’minotchini iste’molchiga nisbatan joylashgan manzilining 
uzoqligi va boshqalar.
Potensial ta’minotchini tanlash. Potensial ta ’minotchilarni 
quyidagi tartibda tanlash mumkin: tenderlarni o ‘tkazish, reklama 
materiallarini tahlil qilish, matbuotda chop etilgan yoki teleradio 
vositalirida berilib borayotgan e’lonlarni o ‘rganish, ko‘rgazmalarda 
qatnashish va yana shaxsiy uchrashuvlar natijalariga qarab.
Tenderlarni tashkil etish va ularni o ‘tkazish potensial 
ta ’minotchilarni aniqlashda juda yaxshi natijalar beradi. Bunga 
yoMovchi tashuvchi transportda y o ‘nalishlami joylashtirish uchun 
o ‘tkazib kelinayotgan ochiq tenderlar (tenderlarga taalluqli barcha 
m a’lumotlar «Avtomobillarda yo‘lovchilar tashishni tashkil etish va 
boshqarish» fanida chuqur o‘rganiladi) yaxshi misol bo‘la oladi.
T a’minotchilami 
tekshirish. 
T a’minotchining 
moliyaviy 
holatining ishonchliligi ular bilan uzoq muddat hamkorlik qilish 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. T a’minotchining moliyaviy ahvoli
72


yomon bo‘lsa yoki u halol bo‘lmasa, undan materiallar oluvchi 
korxonada har xil muammolar vujudga kelishi, ayniqsa kerakli 
materiallami o ‘z vaqtida yetkazib bermasligi oqibatida korxona 
kerak mahsulotlarni vaqtida ishlab chiqara olmagani uchun katta 
zarar ko‘rishi hamda u bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarni ham qiyin 
ahvolga solib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun har bir korxona 
ta ’minotchi bilan shartnoma tuzishidan avval uning ishonchililigini 
baholashi kerak. Buning uchun korxonaning xarid logistikasi bilan 
shug‘ullanuvchi mutaxassislari barcha imkoniyatlardan ta ’miotchi- 
ning moliyaviy hisobotlarining tahlili, u bilan hamkorlik qilayotgan 
boshqa korxonalardan olgan m a’lumotlar, bank ma’lumotlari va 
boshqa olinishi mumkin bo‘lgan m a’lumotlardan foydalanishi 
kerak.
Materiallar ta ’minotining ishonchliligini baholash. Materiallar 
ta ’minotining ishonchliligi amal qilayotgan shartnomalar asosida 
baholanadi. Buning uchun maxsus reyting shkalasi ishlab chiqiladi. 
Reyting shkalasida har bitta ko‘rsatkichga m a’lum miqdorda ball 
beriladi. Ballning miqdori har bir ko‘rsatkichning ta ’minotdagi 
ahamiyatiga qarab ekspertlar yordamida yoki m a’lum bir hisob- 
kitoblar orqali amalga oshirilishi mumkin.
M ateriallar ta’minotining ishonchliligi eng asosiy mezon qilib 
olinganida uni aniqlash tartibini ko‘rib chiqaylik.
1. Reja va amaldagi ta ’minot sanasi solishtiriladi.
2. Material resurslarni yetkazib berishdagi kechikish vaqti 
aniqlanadi.
3. Yetkazib berilgan va yetkazib berilishi kerak boMgan mate­
rial resurslarning miqdoriga qarab ulaming qancha qismi yetkazib 
berilmagani aniqlanadi. T a’minotdagi uzilishlar soni aniqlanadi.
4. M ahsulotning yetkazib berilmagan miqdori quyidagicha 
aniqlanadi:
Л 

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə