‘z b e k is t n r e spu b L ik a si o L iy va ‘r t a maxsus



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/71
tarix26.10.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#131872
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71
Logistika asoslari

Nazorat savollari:
1. N avoiy xalqaro intermodal logistik markazi nimaning 
bazasida tashkil etilgan?
2. EIIX so‘zi nima m a’noni beradi?
3. N avoiy aeroportining yonginasida qanday temir yo‘l koridori 
mavjud?
4. N avoiy aeroporti hududida avtomobillar uchun y o ‘llar 
mavjudmi?
5. EUXning faoliyati necha-yilga m o‘ljallangan?
120


9.5. Logistik markazlarda transport xizmatlarini
amalga oshirish
Logistik markazlarda tashishlar (transport xizmatlari) unda 
tashkil etilgan yoki alohida faoliyat ko‘rsatuvchi terminallar orqali 
amalga oshirilishi.
Terminal tushunchasi xalqaro tashishlarning rivojlanishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, u rivojlangani sari terminallar ham rivojlanib ketdi. 
«Terminal» atamasi inglizcha so‘z bo‘lib «oxirgi bekat» m a’nosini 
anglatadi.
Terminal yoki terminal kompleksi injener-texnik inshootlari, 
m a’muriy binolar, qo'riqlanadigan transport vositalarining to‘xtash 
joylari, kompleks mexanizatsiyalashgan yoki to ‘liq avtomat- 
lashtirilgan omborlardan tashkil topadi. Terminal hududida kontey- 
ner maydonlari, tarozi qurilmalari, mehmonxona komplekslari 
bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Tashish turiga qarab terminal turi, uning tashkiliy tarkibi, 
transport tarmog‘idagi o ‘m i va vazifasi aniqlanadi.
Terminallarining asosiy tavsiflari quyidagi omillarga ko‘p 
jihatdan bog‘liq:
- multimodal tashishlar doirasida yuk jo ‘natuvchilar ta’sirining 
o ‘sishi;
- bozordagi murosasozlik va milliy chegaralardan chiqish.
Xalqaro multimodal tashishlarda boshqarish hal qiluvchi omil
bo‘lganligi uchun terminal xizmat ko'rsatishning ahamiyati oshib 
bormoqda. Terminallar kimlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab, ochiq 
yoki yopiq turlarga ajratilishi mumkin.
Terminallarning yana bir eng katta xususiyati, ular har xil 
turdagi transport turlarining o ‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlaydi.
Terminallarda ko‘rsatiladigan xizmatlami turlarga bo‘lish 
mumkin va ular terminallarning ixtisoslashganligini ko‘rsatadi:
- bojxona qayta ishlovi;
- qayta ortib berish xizmatlarini ko‘rsatish;
- yuklar joyi xizmati (ijara, omborga joylash, ta’mirlash);
- avtotransport vositalariga xizmat ko‘rsatish (ijaraga qo‘yish 
joyi, ta ’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish, yuvish);
121


- tarmoq xizmati (boshlang‘ich-oxirgi operatsiyalar, bojxona 
xizmatini ko‘rsatish, harakat vaqtida nazorat qilish);
- yuk bilan bog‘liq xizmatlar (ortish, tushirish);
- sug‘urta va boshqa hisob ishlarini bajarish;
- axborot xizmatlari.
Terminallar tarm og‘i ulam ing to ‘la ta ’minlanganligi, yuklarni 
yetkazib berish jarayonining murakkabligi, xizmat ko‘rsatish 
darajasining pastligi kabi kamchiliklarga ega.
Terminallar tizimining yangi mohiyati alohida multimodal 
terminaldan yagona yuk taqsimoti markaziga o ‘tishni taqozo etadi, 
bunda terminal mahsulot ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar 
o ‘rtasida bog‘lovchi zveno vazifasini bajaradi.
Yangi turdagi terminallarda yuqorida ko‘rsatib o ‘tilgan xizmat- 
lardan tashqari yuklarni navlarga ajratish, yig‘ish, yiriklashtirish, 
bo‘lish, o ‘rab-bog‘lash, omborlarga joylashtirish, saqlash, yukka 
qayta ishlov berish, paketlash, konteynerlarga joylash va tashib 
berish ishlari ham bajariladi. Bu jarayonlam i avtomatlashtirish dara­
jasi oxirgi fan, texnika va texnologiya yutuqlariga mos keladi. 
Firma-mijozlar, buyurtmalar, tovarlar, muddatlar, transport vositala- 
ri haqidagi hamma m a’lumotlar kompyuter xotirasida saqlanadi.
Terminal tizimlari davlatlar transport infrastrukturasining rivoj- 
lanishida muhim o ‘rin tutadi va shuning uchun ko‘pgina davlatlarda 
terminallar orqali tashishni tashkil etish tartiblarini belgilab 
beruvchi qonunlar qabul qilingan.
Bugunda Yaponiyada 150 dan ortiq terminallar faoliyat ko‘rsat- 
moqda. 0 ‘zbekiston Respublikasida ham terminal tashish tizimi 
davlat dasturlari asosida rivojlanib bormoqda. Bunga Toshkent 
shahridagi, Sirdaryo viloyatining Oq oltin posyolkasidagi, Buxoro- 
dagi va boshqa paxta tolasi bilan xalqaro savdoni tashkil etishga 
xizmat ko‘rsatuvchi term inallam i misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Konteyner terminallari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlami 
«Osiyo trans terminal» (OTT) mas'uliyati cheklangan jam iyat 
qo‘shma korxonasi ishini k o ‘rib chiqaylik (42-rasm). « 0 ‘ztemir- 
y o ‘lkonteyner» ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati va «Uzoq Sharq 
transport guruhi» nomli Rossiya transport kompaniyasi OTT ning 
ta ’sischilari hisoblanadi. OTT terminal-logistik va transport- 
ekspeditsiya ishlarining barchasini bajaradi. Maydoni 39000 kv.m.ni
122


tashkil etib, 20 va 40 futli konteynerlarni ortish va tushirish 
mexanizmlari bilan jihozlangan. Yuzasi 1000 kv.m. bo‘lgan ochiq 
turdagi bojxona maydonchasiga ega bo‘lib, jam i maydoni 47000 
kv.m. maydonni egallaydi. OTT bir paytda 40 ta vagonga xizmat 
ko‘rsata oladi. Terminalning ko‘rinishlari quyidagi rasmlarda aks 
ettirilgan (42-rasm).

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə