Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə11/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi qanday ?

  2. Ijtimoiy pedagogika chet elda qachon paydo bo’ldi?

  3. Ijtmoiy pedagogika" termini qachon fanga kiritildi.

4.Ijtmoiy pedagogikaning turli talqini va uning o’ziga xos xususiyatlari.


O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanish tarixi.

Ijtimoiy pedagogika o’quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O’quv fani- bu umumta’lim yoki maxsus talim muassasalalarida o’rganiladigan predmetdir. O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o’ziga xos xususiyatga ega- fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o’quv fani sifatida. Qadimgi antik davrlaridayoq bolani himoya qilish maqsadida o’z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar.


Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar markaziy osiyo hududida jahon dinlari orasida eng qadimgi din zardushtiylik dini shukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta tasir qildi, yani insonni birinchi o’ringa olib chiqdi. Zardushtilar muqaddas kitobi "Avesto" (olovga siginish) o’z erasining o’ziga xos qomusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardushti dinda axloqiy meyorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. "Avesto"da-inson yaxshi fikrlarga ega bo’lishi, faqat yaxshi so’zlar va sabovli ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulq atvor).

Avesto”dagi ta’limiy-axloqiy g’oyalar


The Avesta /əˈvɛstə/ is the primary collection of sacred texts of the ancient Aryan religion known as Zoroastrianism, composed in the otherwise unrecorded Avestan language.The Avesta texts fall into several different categories, arranged either by dialect, or by usage.The principal text in the liturgical group is the Yasna, which takes its name from the Yasna ceremony, Zoroastrianism's primary act of worship, and at which the Yasna text is recited. The most important portion of the Yasna texts are the five Gathas, consisting of seventeen hymns attributed to Zoroaster himself. These hymns, together with five other short Old Avestan texts that are also part of the Yasna, are in the Old (or 'Gathic') Avestan language. The remainder of the Yasna's texts are in Younger Avestan, which is not only from a later stage of the language, but also from a different geographic region.1
Avesta o’zida dastlabki Zardushtiylik dini nomi bilan mashhur bo’lgan muqaddas matnlar toplami iborat.Kitob o’sha davr lahchasida yozilgan. “Avesto” matnlari ma’lum tartibda joylashgan bo’lib, umurojaat mazmuniga ega.Avestoning asosiy qismi Yasna deb yuritiladi, Yasna atamasi marosim nomidan olingan. Zardushtiylikka bag‘ishlangan madhiyalardan iborat.Yasnaning asosiy 5 bo’limdan iborat bo’lib, ularning 17 bobi Gotlar deb yuritiladi.Yasnaning tarkibiy qismi bolgan eng qadimgi Avesto Avesto tilida yozilgan. Yasnaning matni parchalarida Kichik Avesto bayon qilingan ma’lumotlar orqali nafaqat til haqida, balki o’sha hududga doir muhim geografik ma’lumotlar aks etgan "Avesto"ning katta qismi bo’lgan "Yasna'larda inson kamolini ko’rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda shumata (gumata)-yaxshi fikr, shukta (gukta) - yaxshi so’z va havarsha (gvarshta)-yaxshi ishlarda ifodalanadi.
"Men yaxshi fikr, yaxshi so’z, yaxshi ishga shon shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat qonunga shon shavkat baxsh etaman" ("yasna", 14), deyiladi. "Avesto" tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so’zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voshu Mana ("Ezgu fikr") va Apo Mana ("Yovuz fikr") tasr korsatadi deydi. Barcha fikrlar, so’zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovo’zlik yotadi. "Yaxshi fikr" deganda ilohiy-qonun ruhidagi kishisiga muhribon bo’lish, maqsadlarga ko’maklashishga, yovuzlikka qarshi kurashishga tayyor turish, kishilarni baxt- saodati uchun harakat qilish, ahillik va dostlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o’z fikri hayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim.
Yaxshi niyatli kishi darg’azab bo’lmaydi va boshqa jihatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatni yo’qotadi, burch va adolat haqida unitadi va nojiya harakatlar qiladi.
Pedagogika fani tarixi qadimgi davrlariga borib taqaladi. Ko’p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi.
Qadimgi zamonlardan buyon olamda insonning orni va roli, shaxsning axloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar. Harq uygonish davri (9 -11asrlar) qomusiy olimlari Abu Nasr al Farobiy (873 -1037) shunday ijtimoiy pedagogik g’oyalarni aytib itganlarki, bolani ayni godaklik chogidanoq tarbiyalay boshlashning zarurati, shuningdek, bolaning tarbiyasiga tabiat atro`l muhitning tasiri va boshqa fikrlar kabidir. 15 -16 asrlarda Markaziy Osiyoda tabiatshunos-faylasuflari, tarixchi, shoir va rassom-musavvirlari o’z ijodlarida ijtimoiy fanlarga alohida etibor bilan harab, tabiat sirlarini o’rganishga intilganlar.
Bular qatorida Nuriddin Abduraxmon Jomiy (1414 -1492), Jaloliddin Davoniy( 1427 -1502), Alisher Navoiy (1441 -1501), Husayn Voiz Koshifiy (1440 -1505) o’z asarlarida inson aqli tafakkuri, uning qobilyati, insonning alohida axloqiy xislatlari, insoniylik g’oyalari, bolalar tarbiyasida umuminsoniy qadriyat hisoblanadi.
Shu jumladan, o’zbek tilini asoschisi buyuk alloma, musiqachi, davlat arbobi, Alisher Navoiyning ijtimoiy pedagogik goyalari, yuksak darajada insonparvarligi bilan ajralib turadi. U insonni butun koinotda, bu olamda eng oliy mavjudod deb hisoblagan. Bolani esa oilaga quvonch ham baxt keltiruvchi muqaddas inom sifatida uyni yoritib yuboradi deb hisoblaydi. Inson o’z farzandigina emas, balki kelajak avlod bo’lgan barcha bolalarni sevmog’i hart deb yozadi shoir. Ijtimoiy pedagogikaga oid fikrlarni bizning olim va allomalarimiz, marifatparvarlarimiz, jadidchilik harakati yetakchilari, 20 asr boshlarida yashab, ijod qilgan allomalar Maxmudxo’ja Behbudiy (1874 -1919), Munavvar qori Abdurashidov (1878 -19q1), Abdulla Avloniy (1878 - 19q4), Abduqodir Shakuriy (1875 -194q), X.X.Niyo’ziy (18q9 -1929) va boshqalarning asarlarida ham ko’plab keltirish mumkin. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida vujudga kelishi 20 asr 20- 30 yillari alohida orin tutadi. Bu davrda A.Avloniy, A.Shakuriy, M.Qori Abdurashidov, X.X.Niyo’ziy, V.F.Lubensov, N.P. Arxangeliskiy, O.Harofiddinov kabi pedagoglarning faoliyati muhim ahamiyatga molik. Ular avvalo ijtimoiy o’zdan chiqib ketayotgan bolalarga yordam korsatish, yani bu allomalar ijtimoiy pedagoglar bo’lib, ular tashkil etgan maktablar shuningdek, boshqa pedagoglar tajribalariga tayanganlar.
A.Avloniy nomidagi X.G.Chernishevskiy nomidagi bolalar tajriba maktablari va boshqa muassasalar ijtimoiy pedagogikaning amaliy manbai bo’lib hisoblanadilar. Biroq O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivoji amalga oshmadi. Bunda avvalgi yangi ittifoq sovet pedagogikasi va osha davr pedagogikasi ortasida ajralish yo’zaga keldi.
Uzoq yillar mobaynida O’zbek marifatparvarlari-pedagoglari tomonidan to’plangan barcha bilimlar inkor etilgandi. Pedagogikada shunday shior tarqalgandi "Olam zo’ravonlikdir, biz uni ildo’zi bilan qo’poramiz".
Marksist pedagoglar tomonidan, shu vaqtgacha bo’lgan pedagogika sohasidagi oktyabr to’ntarilishigacha bo’lgan asarlarni unutish talab etildi. 30 yillar oxirida sotsializm g’alaba qilganligi e’lon qilindi. Shu vaqtdan boshlab ijtimoiy muammolar haqida sukut saqlash harti mustashkamlandi. Bu muammolar alohida engil hal etiladigan, "eskilik sarqiti"deb baholandi. Bu esa o’z ornida ijtimoiy pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga yo’l bermadi.
1991-yil O’zbekiston Respublikasi e’lon qilinishi bilan pedagogikaning ko’pgina sohalarini, shu jumladan ijtimoiy pedagogikani ham rivojlantirish vazifasi qiyildi. 1997-yil "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta’lim to’g’risida”gi Qonun 91997yil) qabul qilinishi bilan ma’naviy-axloqiy tarbiyaning samarali yo’llarini topish, ma`naviy madaniyatni rivojlantirish, shaxsni fuqoro sifatida, erkin tafakkurli shaxsni shakllantirishning eng samarali yo’llarini yaratish maqsadida pedagogik fan oldiga ta’lim tizimini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish kabi vazifalari qo’yildi.
Respublikamizda ijtimoiy pedagogikaning ilmiy va amaliy sohasi endigina shakllanmoqda. Mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlari shunchalik dolzarb-ki, bu fan bo’yicha mamlakatimizda: "Ma’naviyat va marifat markazi", "Oila" markazi, nodavlat shukumatga harashli bo’lmagan hayriya jamg’armasi "Sog’lom avlod uchun" O’zbekiston Respublikasi Xalq talimi qoshidagi TDPU (mafkura) g’oyaviy-siyosiy kafedralar va boshqalar Respublikamizning har bir navbatdagi yilni ijtimoiy muammolardan biriga bag’ishlashi anana tusiga kirgan. Masalan: yil nomlarining har yili o’ziga xos munosib tanlanib prezidentimiz tomonidan 8-dekabrda e’lon qilinmoqda.
Shu munosabati bilan "O’smir va sog’lom turmush tarzi" deb nomlangan Respublika metogik seminari o’tkazilib, maktablarda "Sog’lom avlod tarzi" predmeti kiritilib, sog’lom turmush tarzini shakllantiruvchi ijtimoiy muammolar masalalari ko’rib chiqildi.Ularni tola anglamoq va tizimlashtirishni talab etadi. O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani kelgusi rivojlanishi yyetarli darajada emas.
O’tmish allomalarimiz, olim-pedagoglarimiz asarlarni yangi nuqtai nazardan turib o’rganish, chet el tajribalarini o’zlashtirib, Respublikamizga moslashtirilgan holda maqsadga muvofiq qillash lozim.
Chet el ijtimoiy pedagogikasi esa ko’p yillardan buyon rivojlanib kelmoqda, hozirgi vaqtda bu sohoda juda ko’p ilmiy salohiyatli bilimlar jamlangan. Shu sababali ham O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning vujudga kelishi va rivojlanishida boshqa mamlakatlarning tajribalari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi pivojlanish jarayonida vujudga kelgan muammolarni tahlili, ilmiy bilimlar va chet eldagi amaliy faoliyatni o’rganishning o’rni beqiyos.
Fuqarolar o’z konstitustiyaviy huquqlariga, konkret tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy-tarixiy, milliy ma`naviy-madaniy haroitlarga asoslangan axloq me’yorlariga tula rioya etgan holdagina rivojlana oladi. Ijtimoiy talim va tarbiya tizimidan o’tgan har bir odam-shaxs sifatida shakllanadi.
Ijtimoiy vazifalarni bajarish layoqatiga ega bo’lgan, o’zining qiziqishi, qobiliyatini ijodiy namoyish eta oladigan, jamiyatning boshqa a’zolari bilan mustaqil munosabatga kiro’sha oladigan odam shaxs sifatida ijtimoiy mavqega ero’shadi.
Ayni vaqtda ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar amaliy faoliyati bir- biriga juda yaqin, bu yaqinlik vazifasiga ko’ra, mazmuniga ko’ra va ish metodiga ko’ra yo’z beradi, ular hech qachon biri ikkinchisini kesib otmaydi.
Prezidentimiz Islom Karimov «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobining kirish qismida ta’kidlaganidek, milliy davlatchilikka doimo xavf bo’lgan, bor va bo’ladi. Bu xavf-xatarini bartaraf etish uchun ma`naviy- ma’rifiy faoliyatni yangi bosqichga ko’tarish, milliy istiqlol g’oyasini joriy etish masalasida ijtimoiy pedagogik yondashuvidan keng foydalanish: differenstiastiyalashgan psixologik-pedagogik dasturini, yangi darslik va qo’llanmalarni yaratish zarur.
Jamiyat dunyo hamjamiyatining dinamik o’zgarishi munosabati bilan oqitish, tarbiyalash, targ’ibot va tashviqot ishlarini uzviy ravishda ko’rish, ya’ni ma’naviy-mafko’raviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur haroit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini yo’lga kuyishda haqiqiy jo’shqinlik kasb etadi. Ijtimoiy pedagogika pedagogika sohasining pedagog faoliyati bilan bog’liqdir. Shuning uchun ijtimoiy pedagoglar pedagogika universitstlarida yetishib chiqadilar. Ijtimoiy pedagog pedagoglik sohasida asosiy bog’liqliklaridan biri-soha ob’ekti bolalardir. Ijtimoiy pedagog faoliyatining markazida esa me’yorl ijtimoiy faoliyatdan chetlashgan-bolalarni jamiyatdagi tengdoshlari qatoriga qaytarish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining obekti ijtimoiylashtirishga maqsad bo’lgan bolalar, ularga aqliy, pedagogik psixologik, sotsial axloqiy me’yorlardan chetlashgan ijtimoiy tarbiya ola olmagan va jismoniy, aqliy,psixik tomondan bizulilishga yo’l quyiladigan bolalar ular hammasi jamiyatining alohida yordamiga maqsaddir.
Ijtimoiy pedagog faqat oqituvchi emas, bola qanday o’qiyotganini va rivojlanayotganini tushunadigan va xis etadigan shaxsdir. U bola hayotini, kechinmalarini shuddi o’zinikidagidek tushunadigan va uning ma’naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishida yo’llanmalar bera oladigan mo’taxassis bulmogi kerak. Shuning uchun haqiqiy pedagog faqat o’z fanini bo’libgina qolmay, ayni vaqtda bolalar va kattalar bilan ijodiy muloqat qila oladigan, o’z ustida ishlaydigan inson bo’lish muhim ahamiyatga ega.
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. Osib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o’zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan kechiradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga bo’yinning o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a’zolari va asab tizimining o’zgarib borishi kiradi. Ruhiy o’zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi-bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamo’sha bir xil bo’lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini togri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda ko’zatib kirish lozim. Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli olaroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo’lishi, munosabat irnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hakazo), hayotda o’z ornini topa olishi, uning Vatan, xalqningt ravnaqi yo’lida og’ishsmay, e’tiqot bilan xizmat qilish, imonli bo’lishi, insonni shaxs darajasiga ko’taradi. Bunday sifatlarning ro’yobga chiqishi tarbiyaga bog’liq bo’ladi. Fan faoliyatinipg bir sohasi u yangi obektiv bilim va ko’nikmalarni yaratadi. Inson rivojlanishi juda qiyin jarayon. Rivojlanishi har qanday tirik organizmga shu jumladan insonga ham xosdir.
Rivojlanish tashqi va ichki faktorlar ta’siri ostida bo’ladi. Tashqi faktorlarga: Insonni o’rab turgan tabbiiy va ijtimoiy muhit kiradi.
Bolalarda ma’lum shaxsiy jihatlarni shakllashtirishga haratilgan maqsadli yo’naltirilgan faoliyat ko’radi. Ichki faktorlar:biologik faktorlar kiradi. Inson rivojlanishga tasir qiladigan faktorlar boshhariladigan va boshharilmaydigan bo’ladi. Bolaning rivojlanishi jarayonida turli faoliyatlarga duch keladi: o’yin o’qish, mehnat, sport va boshqalar, turli kishilar bilan muloqotda bo’ladi ota-onasi, aka ukasi, qarindoshlari do’stlari va boshqalar bilan.
Turli faoliyatlarda turli insonlar bilan muloqatga kirishish natijasida turli ijtimoiy ko’nikmalar hosil bo’la boshlaydi. Bolaning me’yorl rivojlanishi uchun muloqotning ahamiyati juda kattadir. Bolaga global, ekologik faktorlar: suv, havo ifloslanishi hozirgi kunga kelib ko’r, soqov yani nuqsonli bolalarning ko’payishi ko’zatilmoqda.
Ekologik faktorlar natijasida tayanch apparat bizilishini, shshzofreniya qon kasalliklari kabi kasalliklarga olib kelmoqda. Lekin bolani ijtimoiylashtirishda jarayonida bularni hammasini hisobga olish kerak ijtimoiy faktorlarga: Mikro faktorlar makro faktorlar, mezon faktorlar kiradi. Bolaning rivojlanishida sotsiumning ahamiyati juda kattadir. Bolaga eng yaqin bo’lgan sotsiumlar bular-oila turli xil guruhlar turli xil to’garaklardir.
Bola bir sotsiumdan ikkinchisiga o’tib yurishi mumkin.U faqatgina bu sotsiumdan o’ziga mos keladigan qulay haroitni qidiradi va shu qidirish natijasida o’ziga ijtimoiy malaka yetishtirib boradi, bu orttirgan malaka salbiy yoki ijobiy bo’lish mumkin. Bolaning sotsiumda rivojlanishiga ijtimoiy maqom shaxsining ta’siri juda katta bo’ladi. Ijtimoiy maqom tug’ma,orttirilgan bo’ladi. Tarbiya tarixiy vujudga kelgan ijtimoiy hodisa bo’lib, keyin xulqni boshharish va belgilash bir-birini talab etadigan va belgilaydigan tarkibiy qismlar-axloqiy ong axloqiy faoliyat va axloqiy munosabatlarning murakkab yigindisidir.
Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofiq; takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo’lib, tarbiyalanuvchilarning shaxsiga muntazam va sistemali ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya kishilik jamiyatning paydo bo’lish bilan vujudga keldi, taraqqiy etdi, jamiyatning o’zgarishi bilan tarbiya ham o’zgarib bordi. A.Avloniy tarbiya haqida gapirar ekan shunday degan edi: tarbiya bizlar uchun, yo hayot, yo momot, yo najot, yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir. Rasuli akrom Nabiyi muxtaram sallolohu alayhu vasallam afandimiz: «Insonlarning karami dinidadir, muruvvati aqlidandir, nasabi axloqdandir, -demishlar».
Malumki inson butun umri mobaynida o’zgarib, rivojlanib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davridagi o’sish nixoyatda kuchli kechadi. Bola mana shu yillar mobaynida ham jismoniy ham ruxiy jihatdan o’sishi va o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda ular harakteriga singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofik ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o’ziga munosib orin egallaydi. Shuning uchun ham L.I.Bojovich odam shaxs bo’lish uchun u psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini bir butun inson deb his qilmogi o’z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak degan edi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi.
Bir odam boshqasidan o’zini mijo’zi fe’l- atvori, qobiliyati, aqliy rivojlashga darajasi, yoshtiyoj va ko’rsatishlari bilan farq, qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruhiy xususiyatlari bo’lib, ana shu xususiyatlarining rivojlanishi talim-tarbiya chuqqisiga erishtandan sung, inson shaxs sifatida o’zini namoyon qila olishi mumkin. Ayni vaqtda odam atro`l muhitda run berayotgan voqea va xodisalarga nisbatan o’z nuqtai nazarga ham ega bulmogi kerak. Bu ham shaxsni birini ikkinchisidan farqlantiradigan belgilardir.
Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo’ladi. Aniqrogi har bir xodamning mehnatga kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham turlicha ifodalanadi. Shaxsning axloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni boshqlardan ajratib turadi. Shaxs haqida gapirilganda tabiiy holatda shunday savol tugiladi.
Har qanday odam shaxs bula oladimi Shaxs bo’lish uchun nimalar qilish kerak. Bu savolga shunday javob berish mumkin. Insonning Sotsial mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun eng avvalo, ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo’ladi. Ana shunday omillar ta’siri ostida inson rivojlanadi va shaxsga aylanadi. Pedagogika sohasida tadqiqot olib boruvchi olimlarning ko’p yillik o’zlanish natijalari asosida insonning rivojlanishiga kuyidagicha ta’rif bero’shadi: Oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yaxshi holatga utish, yangilanish yangining paydo bo’lish va eskining ulib borishi, miqdor o’zgarishning sifat o’zgarishga olib keluvchi murakkab harakat jarayoni deb qaraydilar.
Hayot qonunlarining korsatishicha ham rivojlanishning asosiy manbai harama-qarshiliklar ortasidagi kurashdan iboratdir. Insonning munosabatlar doirasiga nafaqat o’zga kishilar bilan aloqasi, balki tabiatga, jamiyatga , hayotga, mehnatta bo’lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shunday munosabatlar asnosida inson o’zining qobiliyatlarini, aqlini, farosatini namoyon qila boshlaydi. Bu bilan u o’z haqidagi Vataniga, umuman butun borliqdagi munosabatini ifodalaydi. Tabiiyki, bu fazilatlar faqat tarbiyaning maxsuli bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun ham inson rivojlanishini unga singdirilgan tarbiyaning natijasi deb harash mumkin.
Shaxsini rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun avvalo uning xalqiga ta’sir etuvchi omillarning tabiatini, shaxsning shaxsiy xususiyatini yaxshi o’rganmoq lozim. Buning uchun turli munosabatlar doirasiga qo’yib kuzatish darkor. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma`naviy qiyofasi, insoniy fazilatlar ruyobga chiqadi. «har bir inson, degan edi Forobiy; o’z tabiati bilan shunday tuzilganki. u yashash va yuksak yetuklikka erishmoq, uchun ko’p narsalarga maqsad bo’ladi, u bir o’zi bunday narsalarni qo’lga kirita olmaydi va ularga ega bo’lish uchun insonlar jamoasiga yoshtiyoj tug’iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo’lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o’zaro yordamlashuvchi ko’p insonlarning birlashuvi orqaligina o’z tabiati bo’yicha intilgan yetuklikka erishuv mumkin.
Tarbiyachining bolaga singdirishi lozim bo’lgan tarbiya samarali ta’sir etishi uchun uning o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish, shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi muhim hartlardan biridir. Bolalarga shaxsiy farqni ularning ruhiy holatining turlicha namoyon bo’lishni, xulqi va harashlaridagi farqni qaysi omil belgilaydi degan tabiiy savol tug’iladi.
Demak, inson rivojlanishda biologik omilmi, ijtimoiy omilmi yoki tarbiya omilimi qaysi, biri yetakchi ro’l o’ynaydi? degan savolga javob berish lozimday korinadi. Bu; savolga turli tarixiy davrlarda turlicha yondoshib, javoblar berilgan. hozirgi kunda ham bu masalaga turli nuqtayi nazarlar bildirilmoqda. Ochiqrog’i, fanda odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va Sotsial omillarning tax siri ortasidagi munosabatni belgilash borasiga muno’zara Ko’p asrlardan beri davom etib kelmoqda.
Ko’p asrlik mazkur munozara zamirila ikki bir-biriga harama qarshi nuqtai nazar vujudga kelgan. Ulardan biri odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy-biologik omillar hal qiluvchi ro’l o’ynaydi desa, ikkinchi toifa olimlar esa ijtimoiy voqealar tarbiyaning muhim omil ekanligini ta’kidlaydilar. Birinchi guruh olimlarining fikricha odam bolasining rivojlanishi tug’ma imkoniyatlarga bog’liq bo’lib, rivojlanish esa o’sish va tabiiy tug’ma xususiyatlarning mikdoriy o’zgarishlaridan iborat ekan.
Demak, bolaga onadan avlod-ajdodlaridan tug’ma o’tgan xususiyatlargina rivojlanadi, degan tushuncha kelib chiqadi. Bu nuqtai nazar namoyondalari tarbiyaning ro’lini cheklab rivojlanishning inkor etadilar. Bunday ilmiy faraz fanda biologik yo’nalish deb atatadi.
Bu yo’nalishning dastlabki namoyondalari qadimgi yunon olim va faylasuflari Aristotel, Platon, Suqrot va Demokratlarning pedagogik harashlarida o’z aksini topib, ular odamlar azaldan biri ikkinchisi ustidan shukmron bo’lishga. biri kambag’al, biri boy bo’lib yashashga va bunda itoat etib, bu olloxning irodasi deb sabr-toqat qilishga da’vat etilgan. Taqdir. tole har kimning hayotdagi ornini belgilab bergan. Rizq-ro’zini, umrini o’lchab bergan. Shu jumladan insonning kelajakda qanday inson bo’lish ham ularning nasliy sifatlariga ko’p jihatdan bog’liq, deb ko’rsatganlar.
Aytish joizki, shuddi shunga yaqin nuqtayi-nazari XVI asr falsafasida vujudga kelgan «preforizm» oqimi namoyondalarining fikrlarida ham uchratish mumkin. Ular odam bolasiga ona pushtidan qanday sifatlar o’tgan bo’lsa, faqat shu sifatlargina shakllanadi deb ijtimoiy muhit va tarbiyaning ro’lini chegaralab qo’yo’shadi.
Inson shaxsi va uning. xulq-atvorning rivojlanishiga naslning ro’lini yuksak basholagan yana bir oqim «bixeviorizm» bo’lib, u XX asr’ning boshlarida keng tarqaldi. Bu oqimning ko’zga ko’ringan yirik namoyondalari Eduard Trondayk bixeviorizm talimotiga asoslanib, odamning xulq-atvori mexanik stimullari organizmda bevosita tug’diradigan ko’plab qilinadigan mexanik mashqlar bilan mustahkamlanadigan sof tashqi reaktsiyalardan iboratdir, deydi.
Uning fikricha, shaxsning barcha xususiyatlari. shu jumladan ong va aqliy qobiliyat ham nasldan naslga o’tadi, go’yo odamning «ko’zi, tishlari va barmoqlari kabi aqliy qobiliyati tabiatan berilgandir. Inson «genlar batareyasi» bo’lib, ular nasldan-naslga tug’ma utib boradi va shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi.
Amerikaning «progmatik» pelagogikasining atoqdi vakili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb o’zohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o’zgarishdan iborat deb kursatadilar. Odam nima bilan tugilgan bulsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar osib boradi.
Tarbiya tashharidan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o’zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishini o'ta murakkab va harama-qarshi jarayon deb bilali. Uning shaxs sifatida shakllanishida nasl ham (biologik omil), ijtimoiy muhit ham (bola yashaydigan haroit), tarbiya ham o’z holi va o’z orni bilan muhim ro’l o’ynaydi. Bu har uchala omilning qaysi biri yetakchi ekanligini pedagogika fani asrlar mobaynila avlod-ajdodlarimiz to’plagan tajribalarga suyangan holda ilmiy nuqtai nazardan isbotlab berishga harakat qiladi. Shaxs ma’lum ijimoiy to’zilgana maxsuli.
Uning mohiyatini ijimoiy muosabatlarning tashkil etadi u yahayotgan jamiyatdagi konkret tarixiy haroit belgilaydi, shaxsning hayotiy faoliyatida sodir bo’ladigan ijtimoiy muhit unga ham ijobiy ham salbiy korsatishi mumkin. Odam ota-bobolar tajribasini o’rganadi, shaxs sifatida rivojlanib boradi, urgangan tajribalarni takomillashtiradi. Natijada ularni o’z faoliyatida qo’llaydilar.. Ana shu yahayotgan haroit va mehnat qilayotgan haroit unga bulayotgan tarbiyaviy ta’sir va faoliyat jarayonidagi aktivlik tufayli shaxsiy xususiyatlar vujudga keladi.
Demak, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit va insoning o’zi ortasidagi murakkab aloqa tax siri ostida ruy beradi, inson ularga aktiv ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayotini o’z tabatini o’zgartiradi. Pedagogik va psixologik oqimlar shaxsning rivojlanishida irsiyatning ro’liga katta ahamiyat berish bilan birga muhit va tarbiyaning ro’liga ham yuksak baho bero’shadi.
Zotan shaxsning kamolga yetishida irsiyat va biologik omillarning ro’lini inkor etish aslo mumkin emas, lekin bolalarga o’zgarmas xususiyatlargina o’tadi deb tushunmaslik o’zgaruvchan xususiyatlar ham unutmaslik kerak. Tarixiy taraqqiyot jarayonid odamning anatomik belgilari. o’zgarishlari avloddan-avlodga mustashkamlanib borishi nasldan-naslga otishi mumkin. Ayni vaqtda, odam bolasiga xos xususiyatlar ham irsiyat bilan o’tadi, ammo bu xususiyatlarning rivojlanishi uchun ular insonlar orasida yashashi, aloqa qilishi muhim ro’l o’ynashini unutmaslik lozim.
Agar bolada tug’ma layoqatlar bo’lsayu, lekin, uni o’stirishga yordam beradigan ijtimoiy, oilaviy va tarbiya muhiti bulmas ekan inson bo’lib tugilishning xojati ham yo’qdir. Madomiki shunday ekan, demak, bola o’z layoqatiga mos haroitlarda osib zarur faoliyat bilan shug’ullansa, layoqat erga korinib, rivojlanishi, aksincha, zarur haroig bo’lmasa bor qobiliyat ham yuk bo’lib ketishi mumkin. Mana shunday nuqtai nazar inson layoqatining namoyon bo’lish va koobiliyat sifatida rivojlanishi to’la-to’kis hayot haroitiga bog’liq ekanligini kursatadi. Odam bolasidagi qobiliyat kurtaklarining rivojlanishi. avvalo ijtimoiy muhitga bog’liq ekan. Yana shu narsani ham aytib utish kerakki. haroit qulay va noqulay bo’lish ham mumkin.
Butun jahonga malum va mashshur Orta Osiyoning buyuk allomalari onalaridan biri tabib, biri shoir, biri xandasa, biri muhandis, biri faylasuf bo’lib tug’ilmagan, balki, ularning yashab turgan davri, ijtimoiy muhiti qolaversa oila muhiti ularning mana shunday insonlar bo’lib etishishlarida asosiy turtki bo’lgan, ular yashab turgan hayotning ma’nosi, ideal va voqelik, axloqiy haqiqat burch va borliq, axloqiy hayotda obektivlik va subyektivlikning o’zaro munosabati, bilish va qadr qimmat singari axloqiy sifatlarning o’ta shakllanganligi ham bu kabi insonlarni yetishib chiqishida asosiy turtki bo’ladi.
O’sha davrda insonparvarlik g’oyalari qadr-qimmati. insoniylik yangi va yuksak bosqichga ko’tarilgan edi. Shuning uchun ham Mirzo Bedil haqli ravishda tarbiyada inson qadr-qimmatining buyukligi haqida gapirib shunday deydi; - «Hazrati insonnnng shurmat-extiromga sazovor ekanligini tan olmagan har kim mal'undir».
Bunday insonlar qadriyatlarimiz darsi bo’lish inom Buxoriy, Farobiy, Axmad Yassaviy, Yusuf Xos xojib, Sufi Olloyor, Abu Rayhon Beruniy, Abu ali ibn Sino, Umar Hayyom, Sa’diy Sheroziy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur. Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bedil, Ahmad Donish va boshqa ko’pgina mutafakkirlarning talim-tarbiya va ma’rifat haqidagi g’oyalaridan keng foydalanish va ularning didaktik harashlarini pedagogika fanining rivolanishida metodik asos qilib olish bugungi kun talabidagi yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo’lib hisoblanadi.
Individning sotsiumga kirishi murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar azosi sifatida faoliyat ko’rsatish imkonini beradigan muayyan hardiyatlar tizimini (me’yorlar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarni) o’zlashtirib olishni o’z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, shaxsning o’z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o’zini faol haror toptirishini o’z ichiga oladi.
Ijtimoiylashuvning samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga tula - tukis kushilganligini) bildiruvchi eng muhim ko’rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik-shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta’sir ko’rsatish imkoniyatining muvjuldigidir. Totalitar tizim haroitida ijtimoiy tizimning har qanday joyida odam ijtimoiy jarayonlarga ta’sir kursata olmas, ularni o’zgartirish yo’lida ijtimoiy faollik kursata olmas edi. Bu hol odamning jamiyatdagi o’z ornini belgilab olishi jarayoni ko’pincha uning real istaklari va intelektual qobiliyatlariga bog’liq bo’lmasliligiga bog’liq bo’lmasliligiga olib borar edi.
Shaxsning sotsial ro’li uning ijtimoiy jarayonlar hamda ularni o’zgartirish imkoniyatlari haqidagi tasavvurlariga adekvat emas edi.
Individning sotsiumga kirishishi iborat murakkab jarayon hisoblanadi. Bir tomondan, individga hamjamiyatlar a’zosi sifatida faoliyat ko’rsatish imkonini beradigan muayyan hardiyatlar tizimini (me’yorlar, namunalar, bilimlar, tasavvurlarrni) o’z lashtirib olishni o’z ichiga oladi. Ikkinchi tomandan, - shaxsning o’z ijtimoiy tajribasini orttirishi va o’zini faol haror toptirishini o’z ichiga oladi.
Jamiyat hayoti markazlashtirilgan bir haroitda shaxsning ijtimoiy harakatchanligi ham, ya’ni jamiyatdagi o’z mavqeini istaklari va qobiliyatlariga muvofiq o’zgartirish imkoniyati juda kam edi. Odamning hayotdagi o’z o’rni haqidagi tasavvuri bilan real mavqei ortasida farq bo’lgan bir haroitda ijtimoiy maqomni shaxsiy talablar, qobiliyatlar va qadriyat yo’nalishlariga muvofiq o’zgartirish mumkin emas edi.
Ijtimoiylashuvining samaradorligini (odamning ijtimoiy jarayonlarga to’la-to’kis qo’shilganligini) bildiruvchi eng muhim ko’rsatkichlar ijtimoiy faollik va harakatchanlikdir. Ijtimoiy faollik-shaxsning ijtimoiy jarayonlarda ongli ravishda qatnashishi, ularga ta sir ko’rsatish imkoniyatining muvjuldigidir.
Mamlakatimizda har tomonlama rivojlangan komil shaxsni tarbiyalash muammosi jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy–madaniy rivojlanishi sohasidagi eng muhim masalalarning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash jamiyat va davlat oldida doimo muhim masala bo‘lib kelgan. Barqaror rivojlanish bosqichiga yotgan iqtisodiyotimiz muammolari bilan birga yoshlarni ma’naviy tarbiyalash masalasiga davlatimiz tamonidan alohida etibor berib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ittifoqini qo‘llab quvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimizda barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifa ekanligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risidagi” farmonida belgilangan ustivor vazifalardan kelib chiqib, yetakchi yoshlar bilan o‘zaro munosabatni yo‘lga qo’yishni rejali tashkil etilmoqda, ya’ni: -yoshlar uchun o‘zlashtirishi qiyin bo‘lgan ba’zi mavjud tushunchalarni barqaror dasturlar orqali tushuntirishni amalga oshirish; -ko‘rgazmali tajribalar, laboratoriya ishlari, amaliy mashg‘ulotlar, hozirgi zamon ishlab chiqarish yutuqlari negizida ta’sir etish;-ilmiy texnika yutuqlaridan keng foydalanish;-yoshlarni o‘ylashga, fikrlashga undab, ko‘proq munozaraga tortish;-yoshlarni vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga o‘rgatish; -jihozlar, ko‘rsatmalar, texnik vositalardan samarali foydalanishlarga e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi “Yoshlar muammolarini o’rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tomonidan bir qator tadqiqotlar bevosita yoshlar muammolariga qaratilmoqda.
Ma’lumki, yoshlarning shakllanishida tevarak-atrof, tashqi muhitning ta’siri kuchli bo‘ladi. Tashqi muhitning yoshlarga ta’siri rejalashtirilmagan, tartibsiz norasmiy ta’sir sifatida namoyon bo‘lsa, yetakchilarning yoshlarga ta’siri albatta ongli va rejalashtirilgan rasmiy munosabat tarzida amalga oshiriladi.
Yaqinda “Fermer xo’jaligini yuritish uchun er uchastkalarini berishda tanlov g’olibini aniqlash tartibi to’g’risida”gi nizomga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Unga ko’ra, fermer bo’lish istagidagi yoshlar tender tanlovlarida ishtirok etish jarayonida Yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan qo’shimcha 10 ballga ega boladilar.
Yoshlar ittifoqitizimida “Yoshlar qabulxonasi” tashkil etilib fuqarolarning 38904 ta murojaati 9752ta yozma, 29152ta og’zaki ko’rib chiqildi. “Yosh vatandoshlar festivali” o’tkazilib 18ta davlatda istiqomat qilayotgan 56 nafar yosh vatandoshlar tashrif buyurdi.Xududlarda 281334 nafar yoshlar shuningdek 1480“Fidoiy yoshlar otryadi” tashkil etilib ishlarga jalb qilinib mehnat daftarchasiga ega bo’ldilar.
Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan yoshlarga 84,2mld so’mlik ist’emol va 313,9mld so’mlik ippoteka kreditlari ajratildi.
Yoshlar press klubi” tashkil qilindi 30 yaqin sessiyada yoshlar muammolari bilan bog’liq 100 ortiq masalalar muhokama qilindi.
Hozirgi pedagogika-psixologiya fanida yoshlarga ta’sir etadigan bevosita omillar bilan birgalikda yoshlarga ta’sir etishning jamoa guruhlari asosida yo‘lga qo‘yilishiga katta e’tibor berilmoqda. Yoshlar hayotini o‘rganish, yoshlarning yuqorida ko‘rsatilgan ta’sirlar bilan birga turli jamoa guruhlarida bo‘lishi va bu guruhlarning uning shakllanishiga ta’sir etishi beqiyos ekanligini ko‘rsatmoqda.
Ijtimoiy hamkorlik, hamjihatlik g’oyasi shu boisdan qadimiy ildizlarga va jamiyat hayotida katta ahamiyatga ega. Ushbu g’oyalar ustun bo’lgan jamiyatda tinchlik, totuvlik, mustahkam va barqaror taraqqiyot bo’ladi.
Bugungi kunda yoshlarni qiziqtirayotgan muhum masalalrdan biri bu – Yoshlar ittifoqi a’zosi qanday maqomga ega ekanligidir. Bu masala yoshlarning Yoshlar ittifoqiga mansublik menga nima beradi?” degan savolli bilan bog’liq.
Har bir shaxs farzand sifatida o’z oilasiga, ma’lum bir manzilda istiqomat qiluvchi sifatida o’z mahallasiga, o’quvchi yoki ushchi sifatida o’z korxonasi jamoasiga mansubdir.
Ushbu holatni Xitoy donishmandi; Syun-szi shunday deydi: “Insonlar baquvvatlik borasida ho’kizdan ojizlik qilib, chopqirlikdan otdan ortda qolsa-da, bu jonivorlarning har ikkisini ham o’ziga bo’ysundirib, ishlata biladi. Buning boisi nimada? Chunki insonlar ho’kiz va otdan farqli o’laroq hamjihatlikda yashash iqtidoriga egadirlar” deb o’z fikrlarini ifodalaydi.
Yoshlar qanday ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullanishlaridan qat’iy nazar,o’z manfaatlarini himoya qiluvchi, xohish – istaklarini ifodalovchi jamoaga yoki tashkilotga mansub bo’lishni xohlaydilar.
Yoshlar ittifoqi ushbu maqsadlarni o’zining turli xil tadbir va tanlovlari ordali amalga oshirmoqda.Tadbirlar orqali yoshlar hamjihat bo’ladi va shakllanadilar.Yoshlar ittifoqi faoliyatining asosi bo’lgan tadbirlarni qo’yidagi turlarga yoki yo’nalishlarga ajratish mumkin;
-sport musobaqalari; -seminarlar; -ekskursiyalar; -davra suhbatlari; -mavzuviy uchrashuvlar; -sahna ko’rinishlari;-to’garaklar;-viktorinalar; - intellektual o’yinlar; -loyihalar; -ko’rik-tanlovlar; -turli xil aksiyalar;-bayram tadbirlari ,-tantanali marosimlar, sport musobaqalarni tashkil etish kabi ishlar ijtimoiylashunning asoslari bo’lib xizmat qilishi mumkin.



Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə