Z. E. Azimova adu, Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani, P. f d., dotsent



Yüklə 3,71 Mb.
səhifə5/220
tarix29.06.2022
ölçüsü3,71 Mb.
#90244
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220
2020-21 ijtimоiy majmua янги

Mustahkamlash uchun savollar.
1.Ijtimoiy pedagogikaning predmetining maqsad va vazifalari.
2.Bolaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va ijtimoiy asoslar.
4.Bola kamolotida ijtimoiy muhitning ta’siri.
5. Ijtimoiy pedagogik faoliyat kasbining o’ziga xos xusussiyatlari.
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogika va pedagogik sotsiologiya fanining paydo bo’lishining madaniy-tarixiy, ijtimoiy-huquqiy shart-sharoitlari.

Ijtimoiy pedagogika pedagogikaning mustaqil bir bulagi bo’lib u kishilar jamoasi hamda alohida shaxslarga ta’lim tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolar ularning kelib chiqish sabablari hamda bu muammolarning bartaraf etilishining nazariy va amaliy jo’shatlarini irgatadi. Ijtimoiy pedagogika fani ijtimoiy shaxsning o’ziga xos milliylik tomonlarini tarbiya jarayonida o’rgatib boradi.


Pedagogika va sotsial pedagogika bir-biriga juda bog’liq, lekin ularning farqi shundaki, Pedagogika fani ijtimoiy shaxsning faqat ta’lim va tarbiyasi bilan shug’ullanadi. Ijtimoiy pedagogika esa bola shaxsini va uning bolaligini himoya qiladi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy tarbiya muammosini o’rganadi. Bu ijtimoiy peagogika o’quv kursini tuzilishini o’zida aks ettiradi. U ijtimoiylashtirish jaryonini ijtimoiy pedagogik xodisa sifatida o’rganadi
Ijtimoiy pedagogikaning ijtimoiy mazmuni azobga tushgan insonlarga yordam berish, oilada bolaga o’z o’rnini (hayotda) topishda o’z ko’nikma va malakalari asosida rivojlanishga yordam berishdan iboratdir. Shuningdek, axloqiy munosabatlarning shakllanishiga yordam beradi.
Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin ham mavjud bo’lgan bo’lib, faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo’lgan. Pedagogik sotsiologiya faning ilk ko’rtaklari Yevropa va Osiyoda yo’zilgan Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo’lib emas. Ho’zirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya faning integrastsion tarmog’i sifatida. Har bir fan anIq bir haqiqatdan "o’sib chiqadi", uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan o’zilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo’lsa yanada samarali bo’ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Amaliy faoliyat- bu ijtimoiy pedagigikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir.
Ijtimoiy-pedagogik ish O’zbekistonda davlat va jamoat tashkilotlari faoliyatida alohida o’rinni egallaydi. «Milliy g’oya-bizning g’oya», «Istiqbolimiz-istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o’zgartirgan o’n yil» Mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo’la oladi. Jamoat tashkilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo’lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ’ibot va tashviqot ishlarining ko’lamini kengaytiradi, o’sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi.
Ma`naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo’lib ma`naviy hayot kechirishni tashkil etish ustida bormoqda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish ehtiyojini qondirish, ularning faoliyatida uchraydigan xodisalarni, mehnatini, turmushini, ro`l vaqtini chuqur mushoxada qilish bilan uzviy bog’liqdir.
Ijtimoiy pedagogika faning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.

            1. Bolani va o’smirni haqiqatgo’y qilib tarbiyalash va voyaga etkazish;

            2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o’z munosabatini bildirishi;

3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni o’rgatish; 4. hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga o’rgatish;
O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yo’zaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta rol o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida gamho’rlik va e’tibor talab etadigan madaniy- tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda rahm- shavqat, «xayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo, ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namayon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, talim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi.
Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini tildira bordi. Ishlarini uzviy ravishda kishish, ya’ni ma’naviy-mafko’raviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur haroit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishda haqiqiy jo’shqinlik kasb etadi.
Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir obektni har xil nuqtai nazardan organganda integratsiya muammosi ko’zatiladi .Masalan, pedagogikaning boshqa fanlar bilan to’qnashishi natijasida yana mustaqil fanlar yo’zaga keldi.
Falsafa bilan talim falsafasi, sotsiologiya bilan talim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o’rganiladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida bolaning ijtimoiy muhitda rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shug’ullanadi.
Ijtimoiy ta’lim (o‘qitish)- Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va o‘rinlar, ijtimoiy o‘zini tutish me’yor va qoidalari haqida ko‘pgina bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, integratsiyasi va jamiyatga kirishga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni ‘gallaydi.
Agar normal oilada normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlarga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: ‘maklash, o‘tirish, yurish, yugurish va h.k. So‘ng u ko‘chani o‘zlashtiradi. Bola yaqin kishilarni ajratadi (otani, onani, aka-ukalarini), o‘z ismiga ‘galigiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi, bolada ijtimoiy xush ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi.
Bola ijtimoiy rivojlanishida nutq katta ahamiyatga ‘ga. Xalq ruhi xazinasidagi bor narsa til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xalq tarixi, xarakteri, urf-odatlari, an’analari saqlanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy ana’analarni ham o‘zlashtiradi.
‘ng muhim bo‘lgan bola ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi, “ota-onalar”ni o‘ynaydi.
Agar bola jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug‘ilsa, unda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug‘ilsa, unda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko‘p holda bunga tayyor bo‘lmagan ota-onalar zimmasiga tushadi.
Bola o‘zi uchun zarur bo‘lgan muhitdan tashqarida, masalan, chaqaloq uyida, so‘ngra bolalar uyida tarbiyalansa boshqa gap. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtirish bo‘lmaydi; ota, ona, aka-uka, boshqa qarindoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarni shakllantirishga imkon beradigan, ular bilan ijtimoiy tajribani o‘zlashtirilishiga va jamiyatda ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodika va texnologiyalar mavjud bo‘lishi kerak.
Maktabda o‘qitish jarayonida bola avvalambor akademik bilimlarni oladi. Biroq shu bilan birga uni ijtimoiy me’yorlarni, ko‘rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni ‘gallashi lozim.
Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish va ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadga qaratilgan jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi.

Yüklə 3,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə