Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə104/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Fuqarolikni tan olish - bu fuqarolikka ega bo’lish usullaridan biri boyib, u davlatning o’z hududida doimiy yashab kelayotgan yoki tegishli qonunda belgilangan tartibda mazkur davlat fuqaroligiga qabul qilingan shaxslarning mavjud huquqiy holatini yuridik mustahkamlaydigan, o’z ixtiyoriga ko’ra amalga oshiriladigan xatti-harakati.
«O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi to’g’risida»gi Qo-nunning 4-moddasiga ko’ra, keiib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati-dan, irqi va millatidan, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashg’ulotining turi, saviyasidan qathi nazar ushbu qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston Respublikasida yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari boimagan hamda O’zbekiston Res­publikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari deb tan olinadi.
Fuqaroliksiz shaxslar — biron-bir mamlakatga huquqiy man­sub bo’lmagan shaxslardoir. Bunday shaxslar har qanday mamlakatda, jumladan, O’zbekistonda ham mavjud. Ular siyosiy huquqlardan foy-dalanmaydi, o’zlarining xohishi bilan O’zbekiston fuqaroligiga o’tishi mumkin. Fuqaroliksiz shaxslarning manfaati, huquq-erkinliklar qonun bilan himoya qilinadi.
Xalq - konstitutsiyaviy huquq fanida odatda muayyan davlatning barcha aholisi tushunilib, u yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy umu-miylikni vujudga keltiradi (garchi u bir necha milliy umumiylikka ega bo’lgan boisa-da). SHu mahnoda, zamonaviy Konstitutsiyalarda xalq to’g’risidagi «suverenitet egasi» va «hokimiyatning birdan bir manbayi» degan iboralar ko’p ishlatiladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko’ra, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir (7-modda). SHuningdek, O’zbekiston xalqini millatidan qathi nazar, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi.
O’zbekiston fuqarosi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Respublika Oliy Majlisi qabul qilgan tegishli qoidalarda belgilangan huquqlardan foydalana oladi, qonunda ko’rsatib o’tilgan burchlarni bajaradi.
Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:
• muayyan davlat ahzosi ekanligini his etish, shaxs taqdoiri davlat va jamiyat hayoti bilan uzviy chambarchas bog’liq ekanligini tushuib etish;
• xalq, davlat oldidagi fuqarolik huquq va burchlarini qonunchilik asosida bilish, ularga so’zsiz, qathiy amal qilish;
• o’z xalqi va davlatining o’tmishi va hoziriga hurmat tuyg’usini qaror toptirish, shaxsiy manfaatlaridan davlat manfaatlarini ustun qo’ya bilish, xalq farovonligi, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi istiqboli uchun kurashishga tayyor turish;
• davlat ramzlari (madhiya, gerb, bayroq)ga nisbatan cheksiz muhabbatni qaror toptirish, ular muhofazasi uchun tayyorgarlik, dav­lat ramzlarining millat, xalq or-nomusi, shahni, qadr-qimmati ekanli­gini anglash;
• ijtimoiy-siyosiy onglilik ijtimoiy faollik, davlatning ichki va xalqaro siyosati qoidalarini tushunish va idrok qilish;
• milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni tarbiyalash;
• huquq mehyorlarining buzilishiga nisbatan murosasiz kurashish kabilar kiradi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə