Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə112/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

SHaxsiy hayot daxlsizligi huquqi — insonning asosiy konstitutsiyaviy shaxsiy huquqlaridan biri bo’lib, shaxsiy va oilaviy sirlarni qonun bilan himoya qilishni anglatadi. Dunyodagi eng yaxshi konsti-tutsiyalar shaxsning shaxsiy hayoti to’g’risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz to’plash, saqlash, foydalanish va tarqatishni tahqiqlab, bu qoidani shaxsiy hayot daxlsizligining kafolati sifatida belgilaydi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25-27-moddalari shaxsiy hayot daxlsizligi huquqini mustahkamlaydi.
Qonun - mamlakat miqyosida oliy yuridik kuchga ega bo’lgan hujjat. Qonun O’zbekistonda mamlakatning oliy vakillik organi Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadi va Senat tomonidan tasdiqlana-di. Qonunlar umumxalq ovozi - referendum yo’li bilan muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar shaklida qabul qilinadi. Uning aniq jarayon va tartiblari bel-gilangan.
Huquq - ushbu so’zning bir necha mahnosi bo’lib, birinchidan, u davlat tomonidan bajarilishi majbur qilingan yurish-turish qoidala-ri, xatti-harakatlar yig’indisi. Ikkinchidan, huquq tushunchasi fuqa-rolarga berilgan imkoniyat. Huquq konstitutsiyaviy va oddiy huquq-larga boiinadi. Konstitutsiyaviy huquqlar konstitutsiyaviy normalar bilan, oddiy huquqlar oddiy qonunlar bilan belgilanadi. Uchinchidan, huquq o’z navbatida tarmoqlarga bo’linadi. Ular: konstitutsiyaviy huquq; mahmuriy huquq; fuqarolik huquqi; jinoyat huquqi va boshqa-lar. Ular alohida hujjatlar bilan mustahkamlanib qo’yiladi.
Huquqiy davlat- davlat tuzilishi va faoliyatining huquqqa asos-langanligi huquqiy davlatda quyidagi shartlar, albatta, bo’lishi shart: xalq hokimiyatining amalga oshishi; shaxsning huquq va erkinlikla-rining hech kim, shu jumladan, davlat tomonidan ham hech qanday holda buzilmasligi; konstitutsiya va qonunning ustunligi; hokimiyat-ning bo’linish tamoyiliga amal qilish; sudlarning mustaqilligi. Dav­lat faqat huquq yaratib qolmay, o’zi ham ana shu huquq normalariga amal qilishi huquqiy davlatning asosiy xususiyatidoir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə