Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə113/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Huquqiy madaniyat - fuqarolarning yetukligi va ongliligi-ni ko’rsatuvchi mezon. Huquqiy madaniyat tushunchasi huquqning rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunlar-ning ahvoli, huquqni amalga oshirish ishlarini tashkil etish darajasi, huquqning obro’yi singari unsurlardan tashkil topadi. Huquqiy madaniyatga huquq fanining rivojlanish darajasi, huquqni tashviqot qilish-ning qanday yo’lga qo’yilganligi, madaniyatning umumiy darajasi ta’sir qiladi. Huquqiy madaniyat huquqiy ongning amaliyoti, yahni huquqni qoilash, amaliyotga tadbiq etishdoir. SHaxs qanchalik huquqiy bilimga ega bo’lmasin, qonun va boshqa qoidalarga amal qilmasa, jamiyat uchun katta zarardoir.
Huquqiy madaniyat - har bir davlatning qonun asoslari, huquq mehyorlarining mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarni bilishi va o’z faoliyatida ularga rioya etishi. Huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti hamda fuqarolik jamiyatida kishilaming yetuk ma’naviyati, huquqiy burch va mashuliyatlari tushuniladi.
Huquqiy mehyor (norma)lar - huquqni belgilovchi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar. Ular turli ko’rinish va shaklda namoyon bo’ladi. Huquqiy normalar konstitutsiyada, qonun-larda va boshqa mehyoriy (normativ) hujjatlarda bayon qilinadi.
Huquqiy ong - kishilaming huquqqa, qonunga odil sudlovga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydigan qarashlar yig’indisi. U hur-matda bo’lish yoki huquqni mensimaslikka ta’sir qiladi. Kishilaming huquqiy ongi qanchalik kuchli boisa, bu huquq normalarining ixtiyo-riy bajarilishiga olib keladi.
Huquqiy tarbiya jarayonida yoshlarning huquqiy ongi shakllana-di. Yoshlarni jamiyat talablariga davlatning qonun-qoidalariga, mil-liy urf-odatlar va qadriyatlarga chuqur hurmat-ehtiromli bo’lishga o’rgatish huquqiy ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadlaridan biridir. Darhaqiqat, huquq asoslarini, konstitutsiya va qonunlar mazmun-mohiyatini, yangi qonuniy hujjatlar, huquqiy mehyorlarni kishilar-ning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi, qalbiga singdoirishda hech bir narsa o’z ahamiyatiga ko’ra huquqiy ta’lim-tarbiyaga tenglasha olmaydi.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə