Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə111/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Bilim olish huquqi — O’zbekiston fuqarolarining konstitutsiya­viy huquqlaridan hisoblanadi. Unga asosan, har kim bilim olish huqu-qiga ega. O’zbekistonda umumiy o’rta ta’lim olish bepul, yahni umu-miy ta’lim olish uchun haq to’lanmaydi. Umumiy ta’lim bo’yicha ma’lumotga ega bo’lgan har bir kishi o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish huquqiga ega. Bu ta’lim belgilan-gan sinovdan o’tganlar uchun bepul, qolgan shaxslar pul to’lash bilan bilim olishni davom ettirishlari mumkin. Bilim olish huquqi umumiy maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy o’quv yurt-laridagi faoliyatlar orqali tahminlanadi. Bundan tashqari, aspirantura va doktoranturada ham bilim olish mumkin (O’zbekiston Respublika-si Konstitutsiyasining 41-moddasi).
Konstitutsiyaviy huquq - har bir mamlakatning huquq tizimida-gi yetakchi huquq. Uning yetakchiligi shundaki, boshqa har qanday huquqlar tartibga solinadigan huquqlar tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning asosi Konstitutsiyaviy huquqda belgilanadi (masa-lan, bilim olish huquqi, mehnat huquqi, fuqarolik huquqi, mahmuriy huquq va h.k.). Konstitutsiyaviy huquq ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tuzilishning asoslarini, saylov tizimini, insonning aso-siy huquq, erkinliklarini va burchlarini o’rnatuvchi, tartibga soluvchi huquqiy normalar yig’indisidoir.
Milliy teng huquqlilik - shaxsning huquqiy holati tamoyillari-dan. Barcha fuqarolar, millatidan qathi nazar, qonun oldida, davlatni boshqarishda va barcha huquqlardan foydalanishda tengdoir. Bu masa-lalarda hech bir millatga imtiyoz berilmaydi. Ozchilikni tashkil etuv-chi millatlarning madaniyati, tili, urf-odatlari hurmat qilinadi va ular-ning rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi.
Milliy g’urur - xalqni xalq, millatni millat qilib ko’rsatadi. O’z­bekiston mustaqilligi tufayli o’zbek xalqning milliy g’urur tuyg’usi jahon bo’ylab qad ko’tardi. Jahon xalqlari mehnatkash, shon-shuhrati yuksak bo’lgan o’zbek xalqini tan oldi. O’zbekiston fuqarolarining hayoti, erki, shahni, qadr-qimmati muqaddas sanalib, ular davlat tomo-nidan himoyalanadi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə