Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə108/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Davlat gerbi — bu Davlat ramz­laridan biri, davlatning tamg’asi bo’lib, muhrlarda, turli hujjat nusxalarida, pul birligida aks ettirila-di. Uning ko’rinishi maxsus qonun bilan belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbida tog’lar, daryolar, bug’-doy boshoqlari (chap tomonda), ochilgan g’o’za shoxlarining (o’ng tomonda) gulchambar holidagi tasviri aks ettirilgan. Gerb o’rtasida serquyosh yurt ramzi bo’lgan quyosh o’zining zarrin nurlarini sochib turibdi. Gerbning yuqori qismida respublika mustaqilligining ram­zi sifatida sakkiz burchak tasvirlangan bo’lib, uning ichida yarim oy (yangi oy - yangi tuzum) va yulduzlar (abadiyat timsoli) joylashtirilgan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi bo’lgan kumush rangli Humo qlishi qanotlarini yozib turgan holda tasvirlangan. Humo qlishi insonga baxt keltiruvchi, uni turli ofatlardan himoya qiluvchi, mehribon jonzot sifatida o’zbek xalq og’zaki ijodida keng talqin eti-lib kelingan. Gerbning pastki markaziy qismida Davlat bayrog’i ranglaridagi chambar jiyak o’zagida «O’zbekiston» so’zi yozilgan. Gerbda ifoda etilgan sakkiz qirrali burchak ijtimoiy hayotning barcha jihatlarini mahlum bir g’oya, kuch birlashtiradi, degan mahnoni anglatishga xizmat qiladi. Paxta va bug’doy boshoqlarining tasviri rizqu ro’zimiz nishonasidoir.
Davlat gerbining huquqiy maqomi ham maxsus qonun bilan qo’riqlanadi. Davlat gerbidan foydalanish huquqi maxsus Davlat hoki-miyati va boshqaruvi idoralariga berilgan bo’lib, ularga O’zbekiston Birinchi Prezidenti Devoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Davlat hokimiyati va boshqaruvning mahalliy idoralari, vazirliklar, Davlat qo’mitalari, barcha toifadagi sudlar, prokuratura, diplomatik va kon-sullik vakolatxonalari kiradi.
Davlat gerbi tasviri tlishirilgan muhrlar, hujjatlarning blankalari, ulardan foydalanish va saqlash, yo’qotish tartibi Respublika Vazirlar Mahkamasining maxsus hujjati asosida tartibga solinadi.
Davlat gerbi, shuningdek, fuqarolik pasportida, korxona, tashkilot, muassasalarning ish qog’ozlarda o’z ifodasini topgan. Inson shaxs sifatida o’z shahni, or-nomusini qanchalik muqaddas bilsa, fuqaro sifatida Davlat ramzlarini shu qadar muqaddas bilishi, muhofaza qilish uchun o’zida mashullik tuyg’usini qaror toptirishi lozim. Fuqarolik tarbiyasini yo’lga qo’yish jarayonida Davlat ramzlaridan noqonuniy hamda axloqsiz ravishda foydalanayotgan kimsalarga nisbatan murosasiz bo’lish maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə