Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Xuquqiy tarbiya. Yosh avlodning xuquqiy madaniyati va ongini shakllantirish



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə109/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Xuquqiy tarbiya. Yosh avlodning xuquqiy madaniyati va ongini shakllantirish.
Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish va mustahkamlash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, uning qonuniy zaminlari, huquqiy asoslarini takomiliashtirish fuqarolarning siyosiyhuquqiy faolligiga, onglilik, bilimdonlik darajasiga uzviy aloqadorlikdadoir.
Buning uchun O’zbekistonning har bir fuqarosi, eng avvalo, hayotimizning asosiy qonuni - O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning har bir moddasini puxta o’rganishi lozim.
Boy o’tmish merosimizga murojaat qilganimizda milliy-ma’naviy qadriyatlarga asoslanish zarur. Bunga sabab, talaba-yoshlarda bu orqali milliy g’ururni yuksaltirish samarali kechadi va bu yoshlar fuqarolik madaniyatining yuksalishiga olib keladi. Talaba-yoshlar fuqarolik ma’naviyatini yuksaltirish bo’yicha milliy-ma’naviy qadriyatlardan foydalanishni quyidagi ketma-ketlikda olib borgan mahqul:
• Qomusiy olimlar hayoti va ijodi milliy g’ururni yuksaltirishda muhim asos boyib, yoshlarning fuqarolik burchiga sadoqatni yuk-saltiradi. Bunda ko’proq al-Beruniy, al-Farg’oniy, al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Ismoil Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi kabi buyuk siymolar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish maqsadga muvofiq;
Fuqarolik tarbiyasinegizidaxalqo’tmishi,tarixinio’rganish, milliy qadriyatlar mohiyatini anglashga yo’naltirilgan faoliyatga talaba-yoshlarni jalb etish pedagogika fani, tarbiyada ko’zlangan maqsadga eltuvchi yo’l sanaladi.
Talaba-yoshlarni haqiqiy fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqaro­lik tuyg’usini qaror toptirish, fidoyi fuqaro sifatida shakllantirish bilan yakunlanadi. Talaba-yoshlarda fuqarolik hissi va e’tiqodini tarbiya-lamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlarni, malakalarni hosil qilib bo’lmaydi.
Fuqarolik tuyg’usini qaror toptirish murakkab jarayon. SHu sababli, ushbu sohadagi tarbiyaviy ishlarimizda talaba-yoshlar ongiga fuqarolik tuyg’usini shakllantirishga mos milliy-ma’naviy qadriyat-larni singdoirish lozim bo’ladi.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun mahlum shart-sharoitlar taqozo etiladi. Bular:
1. Oliy ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;
2. Fuqarolik tarbiyasi jarayonining muvaffaqiyati talabalar va o’qituvchilar jamoasining saviyasiga va undagi fuqarolik tuyg’usining nechog’liq yuksakligiga bog’liq bo’ladi;
3. Oila, maktab va mahallalarda o’zaro hamkorlik va hamjihatlik-ning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasi muvaffaqiyatini tahminlaydi;
4. Talaba-yoshlarning axloqiy va huquqiy mehyorlarga hamda umumiy tartibga rioya qilishga o’rgatish va boshqalardoir.
Fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o’zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:
- fuqarolik burch va mashuliyatiga egalik (o’z vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi qarzini his eta olishi);
- milliy g’urur, Vatanga sodiqlik, ma’naviy yetuklik va ma’rifatparvarlik tuyg’usiga ega bo’lish;
- davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Birinchi Prezidenti hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisba-tan hurmatda bo’lish;
- fidoyilik, yahni Vatan tuyg’usi, yurt tinchligi, xalq farovonli-gi, mamlakat taqdoiri va istiqboli uchun javobgarlik, mashullik hissi-ni shakllanganligi;
- ijtimoiy-huquqiy hamda axloqiy mehyorlarga nisbatan hurmat va itoatda bo’lish;
- mamlakat milliy va ma’naviy boyliklariga nisbatan hurmat bilan qarash va ularni asrash borasidagi fuqarolik burchi nimalardan iborat ekanligini anglash;
- milliy davlat tili, madaniyati va anhanalariga nisbatan ijobiy munosabatda bo’lish va ularni asrab, boyitib takomillashtirib borish-da jonbozlik ko’rsatish;
- ijtimoiy faollik, mamlakat taqdoiri, taraqqiyotiga bog’liq har qan-day xatti-harakatda jonbozlik ko’rsatish;
- demokratik tamoyillarga amal qilish va fuqarolar tengligi hamda ularning o’zaro munosabatlari mazmundorligiga e’tiborli bo’lish;
- fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish va bu boradagi davlat hujjatlarini chuqur o’rganishga erishish;
- huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo’lishda huquqiy ong hamda burchlar to’g’risida mukammal bilimga ega bo’lish;
- o’z faoliyati va xatti-harakati borasida to’g’riso’z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo’lish va boshqalar.
Milliy mafkuraning mazmun-mohiyatida «asosiy maqsad - demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyat qurish», deb bel-gilangan. Mustaqil O’zbekistonda fuqarolarning huquqiy bilimi va madaniyati hamda ma’naviyatini yuksaltirish g’oyat muhim va dol-zarb muammodoir.
Fuqarolarning huquqiy bilimi, madaniyati va ma’naviyati qancha yuksak bo’lsa, huquqiy davlat shuncha kuchli bo’ladi, mustaqilligimiz mustahkamlanib, barqarorlashib boraveradi. Qonuniylik va huquqiy tartibot tantana qilmasa, xalq ommasi qonun-qoidalar va huquqiy mehyorlarga, qonuniy aktlarga, eng muhimi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ishonch-ixtiyor, ixlos, iymon-e’tiqodli munosabatda bo’lish va rioya qilishiga odatlanmasa, huquqiy davlatni tasav-vur etib bo’lmaydi.
Huquqiy davlat ommaning siyosiy ongliligi, uyushqoqligi, siyosiy hushyor va ziyrakligi, hayotimizda ro’y berib turadigan har bir nar-sa va hodisaga ko’r-ko’rona emas, balki aql-idrok, bilim va tafakkur, fahm-farosatli yondashganligi bilan kuchli. Huquqiy bilim va madaniyat millat o’zligi va inson barkamolligining eng muhim omillaridan biridir.
Fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo’lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo’llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlisning 1997-yil 29-avgustda tasdiqlangan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturida» belgilab berilgan.
Huquqiy madaniyat umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismidir. U umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o’zagi, negizi, asosidir.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə