Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə106/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Davlat madhiyasi - har bir davlatning bosh va asosiy qo’shig’; hisoblanadi. Unda muayyan davlat, unda yashaydigan xalqning ruhiyati, o’ziga xos tabiati, orzu-umidlari tarannum etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi - bu O’zbekiston Respublikasining Davlat suverenitetining ramzi bo’lib, Davlat madhiyasiga zo’r ehtirom bilan qarash mamlakat har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Madhiya musiqa va sher vositasida ifodalanadi hamda davlat organlari tomonidan o’tkaziladigan tantanali marosimlar va boshqa tadbirlar vaqtida ijro etiladi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasida jonajon mamlakatimiz O’zbekistonning asosiy jihatlari, ajdodlarimizning mardona ruhi, bag’ri kengligi, mustahkam imoni jo’shqin misralarda kuylanadi. Yurtimizning kelajagiga umid va ishonch uyg’otadi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi O’zbekiston xalq shoiri, O’zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ijodining gultoji, eng sara badiiyat namunasi bo’lib, O’zbekiston Oliy Majlisining 1992-yil 8-dekabrda bo’lib o’tgan XII sessiyasida O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sifatida mahqullandi. Ushbu madhiyaga taniqli bas-takor Mutal Burhonov musiqa bastalagan. «Davlat madhiyasi haqi-da»gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda qabul qilindi.
Serquyosh, hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon,
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
SHuhrating porlasin toki bor jahoni
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon.
Olamni mahliyo ay lagan diyor!
Bag’ri keng o’zbekning o’chmas imoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo’l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar-jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon.
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Davlat madhiyasi kabi uning bayrog’i, gerbi (tamg’asi) ham jahon miqyosida mavjud bo’lgan muayyan davlatning o’z xalqi, millati nomidan faoliyat yuritish imkoniyatiga ega ekanligini anglatadi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə