Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə114/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Fuqarolik tarbiyasining mazmun-mohiyati nimadan iborat?
2.Fuqarolik madaniyatini izohlab bering.
3. «Fuqarolik» deganda nimani tushunasiz?
4. Fuqarolik mas 'uliyatini tushuntirib bering.
5.Fuqarolikning asosiy tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
6.Fuqarolik tarbiyasining vazifalari nimalardan iborat?
7. Fuqarolarning burchlarini tushuntirib bering.
8.«Davlat ramzlari» deganda nimani tushunasiz?
9. Fuqarolik tarbiyasini shakllantirishda milliy qadriyatlarning rolini izohlab bering.
10.Huquqiy madaniyatning mahnosiga izoh bering.
11. «Bilim olish huquqi» deganda nimani tushunasiz?
12.Huquqiy ong tushunchasini izohlab bering.

13 – MAVZU: MA’NAVIY – AXLOQIY TARBIYA.
Reja:

  1. Axloqiy tarbiyaning mohiyati va mazmuni.

  2. O’quvchilarning axloqiy tarbiyalashning shakl, metod va vositalari.

  3. Oilada bola tarbiyalashning asosiy shartlari.

  4. Tarbiyada maktab yetakchi bo’g’in ekanligi.

  5. Oila, maktab jamoatchilik hamkorlikning zaruriyati.



Tayanch so’z va iboralar: Ma’naviyat, axloq, axloqiy tarbiya, oila tarbiyasi, maktab va jamoatchilik tarbiyasi, munosabat


1. Axloqiy tarbiyaning moxiyati va mazmuni. Axloq - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, uning mohiyati, shaxs xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. SHu bois, axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruxiy hayotida o’ziga xos muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishiliktaraqqiyotidagi o’rni belgilanayotgan jarayon-da mazkur tushuncha asosiy mezonlardan biri bo’lib xizmat qiladi.
«Axloq» tushunchasi omma fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadimdanoq ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamda ishlatilib kelingan.
Axloq (arabcha xulq-atvor demakdir) - ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy tartib-qoida bo’lib, bu tartib-qoida ijtimoy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti-harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o’quv, ishlab chiqarish, xalq anhanalari) da o’z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi. Axloq talablari barchaga taalluqli, biroq hech kim-ning ko’rsatmasi, hech qanday maxsus buyruq asosida bajarilmaydigan, ixtiyoriy amalga oshiriladigan burch shakliga kiradi. Axloq talab-larining bajarilishi faqat ma’naviy ta’sir ko’rsatish shakllari doirasida yuz beradi.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə