Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


O’quvchilar mehnat faoliyatining axloqiy



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə129/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

O’quvchilar mehnat faoliyatining axloqiy asosda, ijtimoiy-g’oyaviy mazmuniga ega bo’lishi. O’quvchilarning mehnat faoliyatiga qo’yiladigan mazkur talablar ularni vatan ravnaqi, xalq baxt-saodati yo’lida mehnat qilayotganliklari, mehnat faoliyatini tashkil etish jarayonida umumjamiyat manfaatlarini shaxsiy manfatlaridan ustun bo’lishiga harakat qilayotganliklarida namoyon bo’ladi. Meh­nat faoliyatini tashkil etish jarayonida o’quvchilarda fidoyilik, chi-damlilik, sabr-toqatga ega bo’lish, onglilik, to’g’rilik, halollik, mehnatga nisbatan vijdonan yondashish kabi xislatlar shakllanadi. Bajarilayotgan mehnat yoki shaxsning o’ziga, shuningdek, atrofdagilarga yoki ijtimoiy jamiyat uchun foyda keltirishni o’quvchilarga tushuntirib borish maqsadga muvofiqdir. SHuningdek, ularga har qanday mazmun va ko’lamdagi mehnatning besamar bo’lmasligini uqtirib o’tish joiz.
Mehnat faoliyatining jamoa xarakteriga ega bo’lishi — muhim pedagogik talab sanatadi. O’quvchilar mehnat faoliyati ularda jamo-atchilik ko’nikmalarini hosil qilish, o’zaro yordam va do’stlik aloqa-larini mustahkamlashni ko’zda tutish lozim. Jamoa asosida tashkil eti­ladigan mehnat faoliyatida har bir o’quvchining yagona maqsadi aso­sida mehnat qilish uchun sharoityaratiladi. O’quvchi mustaqil harakat qilish bilan birga o’rtoqlariga yordamlashadi. Muhimi, jamoa mehnat faoliyatining ijobiy samarasi uchun har bir o’quvchining mashulligi ortib boradi.
Mehnat topshiriqlarni berishda o’quvchilar imkoniyatini hisobga olish. Mehnat topshiriqlarihammavaqt o’quvchining kuchiva imkoniyatiga muvofiq bo’lishi kerak. Mehnat faoliyati ularni almashtirib turish, jismoniy mehnatni aqliy mehnat bilan yoki dam olish bilan qo’shib olib borish, mehnat jarayoniga yangi unsurlarni singdirish, mehnatni tashkil etish chog’ida o’quvchilarni zo’riqtirmaslik, toliqtirmaslik zarur.
Mehnat faoliyatining tizimli va rejali bo’lishiga erishish O’quvchilar mehnat faoliyati bir o’quv yili bo’yicha rejalashtiriladi va mehnat ta’limi o’quv rejasida, jadvalda qayd etiladi. Ijtimoiy foydali mehnatning tizimli bo’lishi oddiy mehnat turidan murakkabroq meh­nat turiga o’tish, shuningdek, sinfda, maktabda qilayotgan mehnatdan, maktabdan tashqari sharoitda olib boriladigan ijtimoiy foydali mehnatga o’tish tarzida olib borish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar mehnat faoliyatining tizimli bo’lishi mehnatning o’quvchi tomonidan hayotiy ehtiyoj, zarurat sifatida ehtirof etilishiga olib keladi hamda bu borada o’quvchida ko’nikma va malaka hosil bo’ladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə