Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə74/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

2. Tarbiya jarayonining mohiyati.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. SHaxsning xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o’zaro mustahkam bog’langan. Tarbiya jarayonidabolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit tarzda rivojlanadi. Bola o’sib va rivojlanib borgan sari tar­biya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan jarayonda quyidagi vazifalarnihal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o’z shaxsiy turmlishiga maqsadli yondashish, reja va amal birligi hissini uyg’otish;
b) o’quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, malakalarni tobora boyitish;
d) umuminsoniy axloq mehyorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o’zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, axloqsizlikka qarshi nafrat va h.k.), muomala odobi, yuksak madaniyatni o’quvchilarda qaror toptirishga erishish;
e) huquqiy va axloqiy mehyorlarga hurmat ruhida yondashish, o’quvchilarda fuqaroliktuyg’usini, ijtimoiy burchga mashullikni qaror toptirish;
f) tarbiyani muhofaza qilish, mexnat muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mashuliyatni tarkib toptirish;
g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg’usini shakllantirish, o’zga millat va xalqlar qarashlariga hurmatni, huquq va burchlarni kamsitmaslik tuyg’usini qaror toptirish;
h) mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to’g’ri va xolisona baho berishga o’rgatish;
j) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning shahni, or-nomusi, qadr-qimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o’rgatish va boshqalar.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə