Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogika


Rag’batlantirish va jazolash metodlaridan foydalanishga nisbatan qo’yilgan pedagogik talablar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə93/325
tarix15.06.2022
ölçüsü1,26 Mb.
#89533
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   325
Z M Bobur nomidagi andijon davlat universiteti umumiy pedagogi

Rag’batlantirish va jazolash metodlaridan foydalanishga nisbatan qo’yilgan pedagogik talablar:
1. Rag’batlantirish va jazolash biron-bir tarbiya
maqsadini mustaqil hal etib bermaydi, balki ushbu metodlar asosiy metodlar guruhining ta’sir kuchini oshirishga yordam bermog’i lozim.
2. Ushbu metodlar guruhi faqat tarbiyaviy ahamiyat kasb
etmog’i kerak.
3. Ushbu metod guruhi sodir bo’lgan holatni, motivlarni keltirib chiqargan sabablarni, yosh va o’ziga xos xususiyatlarni, shaxs obro’sini hisobga olmog’i lozim.
Ushbu metod guruhining kuchi uni qo’llayotgan tarbiyachi yoki shaxsning jamoa yoki o’sha guruhdagi obro’siga bog’liq.
Doim bitta shaxsni rag’batlantirish yoki jazolash metodning ta’sir kuchini yo’qotadi.
Ushbu metodlar guruhi shaxsni hurmat qilish, undagi eng yaxshi insoniy sifatlarga tayanish asosida qo’llanilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
Jazolashning ko’rinishlari: ogohlantirish, xayfsan ehlon qilish, muomalani o’zgartirish, turg’izib qo’yish, uyaltirish, darsdan chiqarib yuborish, maktabdan haydash va boshqalar.



  1. Tarbiyada nazorat va o’z-o’zini nazorat hamda o’z-o’zini baxolash metodlari.

Yaxlit pedagogik jarayonni boshqarish qayta aloqasiz mumkin emas, chunki bunday aloqa o’sha jarayon natijalari tavsifini ifodalaydi. Ushbu vazifani bajarishda esa nazorat, o’z-o’zini nazorat va o’z-o’zini baholash metodlari yordam beradi.
Tarbiya jarayoni samaradorligini baholash uchun tarbiyalanuvchining faoliyatini, xulqini o’rganish zarur, chunki insonni uning harakatlari, bevosita faoliyati orqali baholash mumkin. Tarbiya samaradorligi deganda, erishilgan natijalarning darajasini, qo’yilgan tarbiya maqsadlariga to’g’ri kelishini tushunamiz.
O’quvchilarning tarbiyalanganlik ko’rsatkichlarini ularning yechimga muvofiq keladigan barcha asosiy faoliyatdagi qatnashuvi darajasi bilan belgilash mumkin bo’ladi. Bu o’rinda o’quvchilarning o’yin, o’quv, mehnat, ijtimoiy va boshqa sohalardagi ishtiroki natijalari ko’zda tutiladi.
Maktab o’quvchilari tarbiyalanganligining muhim ko’rsatkichlarini ularning tengqurlari bilan, kattalar bilan jamoadagi muomalasi va munosabatlari ham belgilab beradi. O’quvchilarning muomala va xulqiy harakatlari ko’p jihatdan shaxsga tarbiyaviy ta’sir natijalarini ifodalaydi.
SHaxsning tarbiyalanganlik ko’rsatkichini uning axloqiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalardagi ma’lumoti, bilim darajasi ham ko’rsatib beradi. Yuqoridagi ko’rsatkichlarning har biri alohida olib qaralmaydi, chunki shaxs ongi, harakati, xulqi va muomalasini bir-biridan ajratgan holda aniqlab bo’lmaydi. Har qanday faoliyatni alohida qismlarga bo’lish, taqsimlashni shartli ravishda tushunmoq kerak, chunki uni bo’lish o’quvchilar tarbiyalanganlik darajasini qismlarga, elementlarga bo’lib o’rganish uchun kerakligini nazarda tutish zarur. Xuddi shu fikrni tarbiyaning mahlum metodlari va uning samaradorligini baholashni shartli ravishda ajratish to’g’risida ham aytish mumkin.
Pedagogik faoliyatni umumiy tahlil etishdan ko’zlangan maqsad tarbiya jarayonining kechish holatlarini ifodalovchi natijaviy va protsessual komponentlarni baholashdan iborat. Tarbiyachilarning o’z harakatlarini, ularning o’quvchilarga yondashuvining to’g’riligi, ular qo’llayotgan muomala stilining xarakteri, o’zaro ta’sirini, o’quvchilarning tashabbusi va mustaqilligini rivojlantirishga ularning ta’sirini baholashi zarur. Natijaviy va jarayonli ko’rsatkichlarni uzviy birlikda ko’rib chiqish tarbiya jarayonini o’rganishning obhektivligini tahminlaydi.
Nazorat metodining asosiy ko’rinishlari quyidagicha: o’quvchini pedagogik kuzatish; uning-tarbiyalanganligini aniqlashga yo’naltirilgan suhbatlar, so’rovlar, foydali faoliyat natijalarining tahlili; u yoki bu mashuliyatli topshiriqlarni bajarish, tarbiyalanuvchi xulqini o’rganish maqsadida yaratilgan holatlar va boshqalar.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   325




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə