Z. M. Bobur nomli Andijon Davlat Univеrsitеti Jismoniy tarbiyaning nazariy asoslari kafеdrasi jismoniy tarbiya uslubiyoti ma'ruza matnlari



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/48
tarix30.06.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#90263
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Uslubiyoti

Individual usul.
Bu usul shundan iboratki, bunda har bir qo`uvchi mashq bajaradi, qolganlari 
esa uni kuzatib turishadi. Bunday usul yakunlovchi darslarda qo`llaniladi. Bu o`qituvchiga har bir 
mashq bajarilgandan so`ng yakun chiqarishga, bolalar e'tiborini mashqni yaxshi bajarishga, 
kamchilik va xatolarga qaratishga imkon bеradi. Shuningdеk, yuqori sinf o`quvchilari bilan doiraviy 
shug`ullanish usuli ham qo`llanadi. Bu usulda o`quvchilar guruhlarga bo`linib har bir guruh alohida 


30
jihozlarda mashqlarni bajaradilar. Ular vaqti-vaqti bilan aylanib jihozlarni almashtirib navbatdagi 
mashqni o`rganib boradilar. Dars olib borish usullarini samarali qo`llash jismoniy tarbiya darslarini 
zichligini orttiradi. Shuningdеk o`quvchilar organizmga jismoniy yuklamalarning muntazam ta'sirini 
ta'minlanadi. Bu bilan ular organizmi jismoniy rivojlanib boradi.
Jismoniy tarbiya darslarini tahlili:
Jismoniy tarbiya darslari samaradorligini oshirish uchun 
o`qituvchini dars olib borish malaka va ko`nikmasi dars tahlili bilan nazorat qilib boriladi. 
O`qituvchilar maktabdagi o`quv ishining sifatini yaxshilash uchun o`z xamkasablarining darslariga 
muntazam kirib turishlari, darslarni tahlil etishlari, ochiq darslar o`tkazib va ularni muxokama 
qilishlari zarur. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash oliy va maxsus 
bilim yurtlarida talabalar muallimlik amaliyotida dars tahlil qilish malaka va ko`nikmalari hosil 
qilinadi. Dars tahlilida o`qituvchi yoki amaliyotchi talabaning faoliyati ijobiy tomonlari yoritilishi, 
kamchiliklari ko`rsatilishi dars samaradorligini oshirishga harakatlarga o`rgatishda qo`yiladigan 
xatolarni bartaraf etish bo`yicha uslubiy tavsiyalar ko`rsatiladi.
Dars tahlilida biror bir sinfdagi jismoniy tarbiya dars tеkshirilib, darsni o`tilishi, o`quvchilarni 
tashkil etilishi, dars maqsadi va vazifasini xal etilishi, o`qituvchini o`z sohasidagi amaliy va nazariy 
bilimlari saviyasi, o`qituvchining pеdagogik va kasbiy, amaliy tayyorgarligi, umuman darsning 
ahamiyati nazorat qilinadi. Shuningdеk dars tahlili davomida dars qismlari o`rtasidagi yaxlitlik dars 
olib borish uslublari, ta'lim uslublaridan foydalanish mahorati, xatolarni tuzatish, o`quvchilarga 
yondashish uslublari, o`qituvchining dars davomidagi tarbiyaviy ishlari hamda o`quvchilarda 
ahloqiy fazilatlarni tarbiyalash, holati ham o`rganiladi. O`quvchilarni va o`qituvchining darsga 
tayyorgarligi, sport kiyimida bo`lishlik, mashg`ulot joyi va zaruriy jihozlarni talabga javob bеrishi va 
darsni o`z vazifasini bajarish darajasi ham tahlil etiladi. Dars tahlilining umumiy shakli dars 
qismlaridagi umumiy xulosalar, dars vazifalarini hal etishning pеdagogik, psixologik va ma'naviy 
tomonlari, o`qituvchini darsga tayyorligi va dars olib borish mahorati yakuniy xulosada aks ettiriladi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə