Z. Shamsiyeva Respublika ta’lim markazi bo‘lim boshlig‘i


Qaychi bilan ishlash qoidalari



Yüklə 5,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/38
tarix28.05.2023
ölçüsü5,01 Mb.
#113678
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38
4-texnologiya

Qaychi bilan ishlash qoidalari:
1. Uchlari dumaloq bo‘lgan qaychidan foydalaning.
2. Qaychini ko‘rsatilgan joyda g‘ilofga solingan holda saq-
lang.
3. Qaychi bilan o‘ynamang, qaychini yuzingizga yaqin olib 
kelmang.
4. Ishlayotganda kesish yo‘nalishini diqqat bilan kuzatib 
boring.
5. Qaychini ochiq qoldirmang.
6. Kesish paytida do‘stingizga yaqinlashmang.
7. Qaychini do‘stingizga yopiq holda dastasi tomoni bilan 
bering.
8. Kesish paytida materialni chap qo‘lingiz bilan ushlab 
qirqing.


105
Yelim bilan ishlash qoidalari:
1. Yelim bilan ishlaganda mo‘yqalamdan foydalaning.
2. Ishni bajarish uchun yelimni zarur bo‘lgan miqdorda 
oling.
3. Qog‘ozni yelim bilan yopishtirganda uning qurishini
biroz kutishingiz kerak, aks holda, qog‘ozga tekis yopish-
may qoladi.
4. Ortiqcha yelimni yumshoq mato bilan olib tashlang,
matoni ehtiyotkorlik bilan bosing.
5. Ishdan keyin mo‘yqalam va qo‘llarni sovun bilan
yaxshilab yuving.
I
gna bilan ishlash qoidalari:
1. Ignani har qayerga tashlamang. Uni kiyimingizga qada-
mang.
2. Ignani og‘zingizga solmang va igna bilan o‘ynamang.
3. Ish paytida ignalarni maxsus yostiqchaga qadang.
Yostiqchani qutida saqlang.
4. Ish joyida ignani ipsiz qoldirmang. 
5. Igna bilan ipni bitta joyda saqlang.
6. Igna bilan ishlayotganda chalg‘imang.
7. Ishdan oldin va keyin ignalar sonini tekshiring.
Sirkuldan foydalanish qoidalari:
1. Sirkulni g‘ilofda saqlang.
2. Sirkulning oyoqlarini yuqoriga qaratib qo‘ymang.
3. Sirkul bilan ishlashda qog‘oz ostiga karton qo‘ying.
4. Sirkulni do‘stingizga yopiq holda bering.
5. Ishdan so‘ng sirkulni g‘ilofga soling.
Kanselyariya pichoqchasi bilan ishlash qoidalari:
1. Qirqishda kanselyariya pichoqchasidan foydalaning.
2. Pichoqni ishlatib bo‘lgandan so‘ng pichoq uchini
ichkariga surib qo‘ying.
3. Qog‘oz, kartonni pichoq bilan kesayotganda qatlam
chizig‘idan foydalaning.
4. Ish paytida kanselyariya pichoqchasining ustidan sir - 
g‘alib ketmasligi uchun uni mahkam ushlang.


106

Yüklə 5,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə